Prezidentimiz qarorida 7 foizli kredit berilishi belgilab qo‘yilgani biz fermerlarni ko‘nglini tog‘day ko‘tardi

28.04.2018, 15:00

Prezidentimiz qarorida 7 foizli kredit berilishi belgilab qo‘yilgani biz fermerlarni ko‘nglini tog‘day ko‘tardi

Fermer xo‘jaligimiz 1999 yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda 67 gektardan iborat fermer xo‘jaligimizda 20 nafar yoshlar doimiy, 50 nafari esa mavsumiy ish bilan band. Kelgusida faoltiyamizni yanada kengaytirib, ish o‘rinlari sonini 100 taga yetkazmoqchimiz.

Davlatimiz rahbarining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori butun xalqimiz, ayniqsa, fermerlar tomonidan qizg‘in kutib olindi. Chunki hujjatda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini himoya qilish, ularga yangi imkoniyat va sharoitlar yaratish, aholining yerdan unumli va samarali foydalanishi uchun yanada qulaylik yaratishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab qo‘yilgan.   Ayniqsa, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishda amaliy yordam ko‘rsatish hisoblangan “Tomorqa xizmati” MChJlar hamda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tashkil etilishi, 7 foiz stavkada kreditlar berilishini o‘qib fermer sifatida ko‘nglim tog‘day ko‘tarildi. Endi yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, yetishtirayotgan mahsulotlarimizni tashqi bozorga eksport qilmoqchimiz. Biz fermerlarni o‘ylab qabul qilingan bu hujjat qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi barobarida, faoliyatimizni yanada kengaytirib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

Amanjan XOLMUROTOVA,

Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi

“Dostonbek” fermer xo‘jaligi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3295
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Dilafruz2019-04-13 10:06:08

Bu qarordan juda xursandman men ham shy kridit ni olmoqchiman lekin Kafl topolmayapman prizidentimizga rahmat xalqimizga shun aqa imkoniyatlar yaratganlari uchun minnatdorman


Sharof Hasanov 2019-01-14 13:38:15

Assalomaleykum.Men Instutda öqiyman shu boisdan talim kredeti olmoqchiman oilaviy sharoitimiz yetarli bölmaganligi sababli iltimos menga qanday imkonyatlar bor,necha foiz.Yordam berishingizni sörayman.


Abror2018-08-21 20:58:06

issiqxona uchun kreditni qay yol bilan olish kerak


Менгқобилова Дилшода2018-05-01 15:03:48

Денов тумани Фермерлар Кенгаши БПТ си раисиман. Мен Мухтарам Президентимизнинг жорий йил 26-апрелдаги "Фермер, дехқон хўжаликлари ва томорқа эгалари фаолиятини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида"ги ПҚ 3680 сонли қарори да айнан фермер ва дехқон хўжаликларининг Кенгашга аъзолик тўловларининг мажбурийлиги хамда миқдори белгиланганлиги айни хақиқатдир деб хисоблайман.


Шухрат Рахмонов Узун туман Кенгаши аппарат рахбари2018-05-01 08:45:37

Ўйлайманки бу имкониятдан фермерларимиз, деҳқон хўжаликлари ва томорқа ер эгалари унумли фойдаланадилар.


Қ.Эшқораева-Учқудуқ тумани бўлими ижрочи котиб2018-04-30 17:12:15

Президентимизнинг “Фермер, деҳқон хўжаликлари ва томорқа ер эгалари фаолиятини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарорнинг қабул қилиниши бу фермерлар, томорқа ер эгалари, барча деҳқонлар манфаатларини ҳимоя қилиш, ҳамда уларга кенг имкониятлар яратилаётганлигининг бир далили десак асло янглишмаймиз.


Дўсмуродов Хусан Қизириқ туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-04-30 17:02:24

Қишлоқ хўжалигида яратилаётган бундай имкониятлар натижаси ўлароқ соха ривожа хамда озиқ-овқат саво-экспорт сохасида хам жадал ривожланиш рўй беради.


O'zLiDeP Томди тумани ижрочи котиби Е.Курманбаев2018-04-30 16:24:43

Давлатимиз раҳбари томонидан тадбиркорларга берилаётган имкониятлардан самарали фойдаланишларини тилаб қоламан.


Жалил Хазраткулов 2018-04-30 12:46:34

Фермерликни касб қилиб даромад олаолмаган фермерлар ҳақиқий фермер эмас


Жиззах вилояти Ғофур Ғулом МФЙ БПТ раиси2018-04-29 18:38:20

Давлатимиз раҳбарининг “Фермер, деҳқон хўжаликлари ва томорқа ер эгалари фаолиятини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Қарори бутун халқимиз, айниқса, фермерлар учун яратилган зўр имконият.


Fikringizni qoldiring

+