“Ayollar qanoti” “To‘la” mahallasidagi kam ta'minlangan oilalar holidan xabar oldi

30.04.2018, 18:28

“Ayollar qanoti” “To‘la” mahallasidagi kam ta'minlangan oilalar holidan xabar oldi

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan Sho‘rchi tuman Kengashi hamkorligida “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmas” shiori asosida O‘zLiDeP viloyat va Sho‘rchi tuman Kengashi xodimlari, deputatlik guruhi vakillari “To‘la” mahallasidagi xonadonlarda bo‘ldi.

Tadbir davomida kam ta’minlangan va nogiron oilalar hamda urush qatnashchilari bo‘lgan nuroniylar xolidan xabar olindi. Ularning muammo va takliflari o‘rganildi.  

– Prezidentimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan ehtiromdan xursandmiz, – deydi afg‘on urushi qatnashchisi Abduraim Dobilov.  – Kuni-kecha fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish yuzasidan Yurtboshimiz  farmoni e’lon qilindi. Vatan obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni qadirlayotgan O‘zLiDeP xodimlaridan minnatdorman.

Tadbirda voyaga yetmagan nogiron farzandni tarbiyalayotgan Oybarchin Qarshiyeva, ota-onasidan erta ajralgan ikki nafar qizaloqni tarbiyalayotgan 74 yoshli Oyjamol Qarshiyeva, bir necha yillardan buyon mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolgan Muqaddas Doniyorovalar xonadonida bo‘lgan “Ayollar qanoti” faoli Zulfiya Sherova oziq-ovqat mahsulotlari va partiyaning esdalik sovg‘alarini topshirdi.   

    M.Jo‘rayeva,

Surxondaryo viloyat Kengashi

Ayollar bilan ishlash

bo‘limi  mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1628
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Исаева Умида O'zLiDeP Андижон вилоят Кенгаши Аёллар қаноти бўлим мудири 2018-05-02 15:58:43

Республика бўйича Аёллар қаноти жуда фаол иш олиб бормоқда ижтимоий, иқтисодий, сиёсий йўналишда амалий натижали ишлар олиб бормоқда. Мана шундай аёлларни борилигидан фахрланаман.


Рахимова Шерман Шермуратовна Сергели туман2018-05-02 14:31:24

“Аёллар қаноти” ташаббуси билан шаҳар ва туман миқёсида бир қатор тадбирлар ўтказилмоқда. Аёл тадбиркорлар кўпайиш тарафдориман.


Akmal Rustamovich-Sho'rchi tumani O'zlidep faoli2018-05-02 00:59:23

Bu kabi xayrli ishlarning qilinishi barchani birdek hushnud etmoqda.Tumanimizda shunday ishlarning amalga oshirilishi ko'pchilikning quvonchiga sabab bo'lmoqda.Men ham maktabimiz o'quvchi va o'qituvchilari bilan birgalikda o'zim ishlayotgan mahalladagi xonadonlarga kirib chiqdim.Yoshlari 90 dan oshib 100 ga yaqinlashgan otaxonlar bilan suhbatlashar ekanman,bugungi tinch zamonga hamd-u sanolar aytdim.Biz kabi yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan quvondim.Suhbat chog'ida otaxonlar "Front " orti qatnashchisi ekanliklarini bot-bot takrorlashdi.Bugun esa mustaqil,tinch,osuda yurtda yashayotganliklarimiz uchun shukronalar keltirishdi.Ko'zlarida yosh bilan duolar qilishdi.Barcha "Kelajak deputatlari" dan iltimos qilgan bo'lardim: " "Keling yoshlar barcha sohada o'zimizni ko'rsatib,fidoyi bo'laylik".


Музработ туман Кенгаши Ижрочи котиби Каримова Зулфия (Музработ т.)2018-05-01 17:09:22

Партиямиз томонидан жуда яхши ишлар амалга оширилмокда кам таьминланган ва уриш фахрийлари холидан хабар олинишидан фахрлансак арзийди.


Хунарманд уюшмаси кошидаги БПТ раиси Г.Солиева 2018-05-01 16:43:58

“Аёллар қаноти” ташаббуси билан хар бир вилоят.туман микиёсида бир катор ишлар олиб борилмокда шу катори бизда хам .


O`zLiDeP Сурхондарё вилоят Кенгаши ходими Зиёда Қодирова 2018-05-01 16:23:39

Партиямиз хайрли ишларни амалга оширишда ташаббускорлик кўрсатмоқда. Меҳнат фахрийларини ҳамда кам таъминланган оилалар холидан хабар олишдек савоб ишларни амалга ошириш бошқа ҳудудларда ҳам давом этмоқда.


Халқ депутатлари Олтинсой туман Кенгашидаги O’zLiDeP депутатлик гурухининг ижрочи котиби Шахноза Худайқулова 2018-05-01 15:36:13

O‘zLiDeP Сурхондарё вилоят “Аёллар қаноти” нинг олиб бораётган ибратли ишларида барчамиз фаол булишимиз лозим. Мен хам 9 май хотира ва қадирлаш куни муносабати билан Ўруш ветронлари холидан хабар олишни ният қилдим


O`zLiDeP Сурхондарё вилоят Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими мудири Зебинисо Сапарова Давлат қизи2018-05-01 14:40:12

Бу каби хайрли ишларни амалга оширилишида партиямиз ташаббускор бўлаётгани барчамизни бирдек қувонтиради.


Шухрат Рахмонов Узун туман Кенгаши аппарат рахбари2018-05-01 14:40:05

Меҳнат фахрийлари, аҳолининг ижтимоий ҳимояга муҳтож кам таъминланганлар ҳамда ногиронлиги бўлган шахслар ҳолидан ҳабар олишни нафақат Аёллар қаноти балки партиямизнинг қолган бўлимлари ҳам фаол қатнашишлари лозим.


O’zLiDeP Навоий вилояти ҳудудий партия ташкилоти ходими Чингиз Раджабов2018-05-01 14:14:58

Ўруш ветронлари ногиронлар ва беморларни холидан хабар олиб ҳар биримизнинг бўрчимиздир.


Fikringizni qoldiring

+