O‘zLiDeP fraksiyasida dolzarb masalalar muhokama qilindi

14.09.2017, 15:57

O‘zLiDeP fraksiyasida dolzarb masalalar muhokama qilindi

2017 yilning 12 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ijtimoiy-siyosiy hayotimizda muhim ahamiyat kasb etuvchi masalalar muhokama qilindi.

Dastlab deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmonining mazmun va mohiyati hamda O‘zLiDeP fraksiyasi oldida turgan dolzarb vazifalar ko‘rib chiqildi.

Deputatlar mazkur dolzarb farmon 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda muhim qadam ekanligi hamda mohiyatiga ko‘ra O‘zbekistonning davlat va jamiyat qurilishida yangi sahifani ochib berishi bilan g‘oyat katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashdi. Xususan, unda davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishning 6 ta asosiy yo‘nalishi belgilab berilgani soha taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Oliy Majlis Qonunchilik paltasidagi O‘zLiDeP fraksiya a’zosi Shuxrat Bafoyevning fikricha, ma’muriy islohotlarning tizimli amalga oshirilishi ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etishga qodir bo‘lgan, innovatsion rivojlanishning umumjahon tendensiyalariga javob beradigan davlat boshqaruvi tizimini yaratishga olib keladi. Qolaversa, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligi ortadi.

Bir so‘z bilan aytganda, mamlkatimizda ma’muriy islohotlarning amalga oshirilishi «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak», degan ezgu tamoyilni hayotga to‘liq tatbiq etishga xizmat qiladi.

Kun tartibidagi galdagi masala ham deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi ustidan parlament va deputat nazoratini olib borishi bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar to‘g‘risidagi masalani atroflicha muhokama qilishdi.

Ta’kidlandiki, sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashishni kuchaytirish, xususiy tibbiyot muassasalarining aholiga yuqori texnologiyali sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, xususiy tibbiyot sohasiga xorijdan investitsiyalar va yuqori malakali mutaxassislar jalb etishni kengaytirish, shuningdek, tibbiy turizm va tibbiy xizmatlar eksportini rivojlantirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan qator muhim qarorlar qabul qilindi. Ularning ustidan samarali deputatlik nazoratini olib borish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan biridir. Zero, partiyamiz Saylovoldi dasturida ham mazkur masalaga alohida e’tibor qaratilib, hozirgi davr tibbiyotining yangi yutuqlariga tayanib, dunyoda ilg‘or o‘rinlarga intilayotgan O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash rivoji va xususiy kapitalni jalb qilgan holda aholiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, insonlar salomatligini ta’minlash kabi muhim vazifalar belgilab berilgan. Uni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida partiya tibbiyot sifatini davlat bilan xususiy sektor hamkorligi tamoyillari asosida tubdan yaxshilash, xususiy tibbiyotni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqish hamda aholining tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, sog‘liqni saqlash sohasida yanada samarali va zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etishni muhim, deb hisoblaydi.

Majlisda so‘z olgan deputatlar masalaning ayni shu jihatiga, ya’ni mamlakatimizdagi xususiy tibbiyot sohasini yanada isloh qilish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini o‘rnatishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kilandi. Bu borada eng chekka hududlarda olib borilayotgan ishlarga ahamiyat qaratish lozimligi aytib o‘tildi.

- Misol uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning ijrosi borasida O‘zLiDePning sa’y-harakatlari yaqqol sezilishi lozim, - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiya a’zosi Mavluda Xodjayeva. - Fraksiya a’zolarining fikricha, bugungi kunda mazkur sohada ayrim muammolar, byurokratik to‘siqlar hali hamon uchrab turibdi. Jumladan, xususiy tibbiyot muassasalari tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy texnologik usullarini keng qo‘llashi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda uzoq muddatli lizing xizmatlari, kredit ajratish va moliyaviy yordam ko‘rsatishga oid ishlarning talab darajasida emasligi, xususiy tibbiyot sohasiga xorijiy investitsiyalar va malakali mutaxassislarni keng jalb qilish, tibbiy xizmatlar eksportini kengaytirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish bozori infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish borasida samarali parlament va deputatlik nazoratini olib borishni kuchaytirish lozim. Shu bilan birga, xususiy tibbiyot sektorini rivojlantirish masalalarida davlat idoralari bilan xususiy sektorning hamkorligini mustahkamlash muhim masalalardan biridir. Zero, masalaning ushbu jihatlariga ahamiyat qaratish mamlakatimizda zamonaviy tibbiyotning yuksalishi, unga yangi tarmoqlarning kirib kelishi, xususiy tibbiyot rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan O‘zLiDeP fraksiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi.

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1476
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Саломов Ахрор 2018-09-17 10:07:11

Мамлакатимиз ва Беларуссия Республикаси ўртасидаги савдо иқтисодий алоқаларнинг ривожланиши икки мамлакатниҳам янада ривожлантиради деп ўйлайман


Хўжаназаров Шухрат Шеробод туман Кенгаши аппарат рахбари2018-09-17 10:01:24

Ўтган йиллар давомида мамлакатларимиз ўртасида хар томонлама мустаҳкам ҳамкорлик алоқаларини ўрнатилди. Ўзбекистон билан Беларусь ўртасидаги шерикчилиги хар иккала мамлакатнинг ривожига муносиб замин яратади.


У.Боймуродов O'zLiDeP Косон туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-09-17 08:35:19

Ўзбекистон ва Беларусь ўртасидаги муносабатлар қишлоқ хўжалиги машинасозлиги, металлургия, кимё саноати, маиший техника, озиқ-овқат, тўқимачилик, тиббиёт, таълим ва бошқа соҳаларни ривожланиш янада юксак босқичга олиб чиқади.


Даврон Темиров O'zLiDePБўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-09-15 12:32:07

Бугунги кунда Ўзбекистон билан Беларусь ўртасидаги муносабатлар дўстлик ва шериклик руҳида ривожланмоқда. Учрашув давомида ҳам Ўзбекистон ва Беларусь самимий дўст ва ишончли шерик эканлиги таъкидлаб ўтилди. Ўтган йиллар давомида мамлакатларимиз ўртасида кўп томонлама мустаҳкам ҳамкорлик алоқаларини ўрнатилди. Ўзбекистон ва Беларусда амалга оширилаётган ишлар , ўзаъро ишончли ҳамкорлик таҳсинга сазовор. Бу ишлар халқларимизнинг дўстлиги ва яқинлиги ўзаро муносабатларни янада ривожлантириш ва мамлакатларимизнинг турли халқаро тузилмалар доирасида бир-бирини қўллаб-қувватлашига мустаҳкам асос бўлади.


Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-09-15 11:22:45

Беларус давлати билан иқтисодий алоқаларнинг ривожлантириш иккала давлатнинг ҳам манфаатлари учун хизмат қилади.


Fikringizni qoldiring

+