“Ichki yo‘llarni obodonlashtirish uchun ajratilgan mablag‘ to‘liq o‘zlashtirilmagan”, deyishmoqda andijonlik deputatlarimiz

02.05.2018, 18:16

“Ichki yo‘llarni obodonlashtirish uchun ajratilgan mablag‘ to‘liq o‘zlashtirilmagan”,  deyishmoqda andijonlik deputatlarimiz

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda deputatlar viloyat Moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shavkat Hoshimovning hisobotini tingladi.

– Prezidentimizning Davlat budjeti daromadlari tushumini ko‘paytirish, qo‘shimcha soliq zaxiralarini izlab topish orqali soliq bazasini kengaytirish yuzasidan bergan topshiriqlaridan kelib chiqib, mahalliy budjetga 7 yo‘nalish va 14 qo‘shimcha manbalari kesimida hisob-kitoblar ishlab chiqilib, viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan, – deydi Sh.Hoshimov. – Joriy yilda ushbu yo‘nalishlar asosida viloyat mahalliy budjetiga jami 221 milliard so‘m qo‘shimcha daromadlar tushirilishi rejalashtirilgan. Viloyat mahalliy budjetining 1-choragi daromadlari reja ko‘rsatkichi 275,5 milliard so‘mni tashkil etib, chorak yakunida 331,9 milliard so‘m miqdorida mablag‘ tushirildi. Bundan ko‘rish mumkinki, reja ko‘rsatkichi ortig‘i bilan bajarilgan.

– Yig‘ilishda o‘zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik, – deydi partiya deputatlik guruhi a’zosi Bahodir Ahmedov. – Masalan, hujjatlarda viloyatdagi obodonlashtirish ishlariga ajratilgan mablag‘lar 96,4 foizga o‘zlashtirilgan, deb ko‘rsatilgan. Ammo ichki yo‘llarni obodonlashtirish ishlari qoniqarsiz ahvolda ekanini aytdik. Bu esa ichki yo‘llarni obodonlashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar to‘liq o‘zlashtirilmaganini angladi.  

Yig‘ilishda viloyat mahalliy budjetining xarajatlari Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan qabul qilingan parametrlar doirasida ijro etilayotgani alohida ta’kidlandi.

Risolatxon NIYaZOVA,

Xalq deputatlari  Andijon viloyat Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1211
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Маликахон Жалолова2018-05-04 17:12:37

Депутат тамонидан чиқарилган депутатлик сўровлари мутасадди ташкилотлар 10 кун ичида сўровга жабоб бериши керак . жавобини олган депутат янада депутат назоратини кучайтириб охирига етказгандагина депутат халк олдидаги ишончини оқлайди деб ўйлайман.


Муяссархон Умурзақова Андижон вилоят Кенгаши мафкуравий ташвиқот тарғибот бўлими мудири2018-05-04 10:38:02

Партия депутатлик гуруҳи ишига омад! мансабдор шахсларнинг депутатлар олдидаги масъулияти айнан уларнинг ахборотларида намоён бўлади. Демак, депутат ишласа, мансабдорларни ҳам ишлашга "мажбур қилади" . Бу эса депутат ва давлат ўртасидаги алоқани янада мустаҳкамлайди.


Гулматова Мухаррам2018-05-03 16:25:47

Партия туман Кенгашидаги бошланғич партия ташкилотлари томонидан жойлардаги ижтимоий иқтисодий муаммолар ўрганиб борилмоқда


Одинахон Тургунова Андижон туман Кенгаши аппарат рахбари 2018-05-03 15:03:42

Партия туман кенгашларида шакллантирилган депутатлик гуруҳлар фаолияти натижасида жойлардаги ижтимоий иқтисодий муаммолар ўз ечимини топмоқда.


Зухра Хайдарова Ижрочи котиб Избоскан тумани 2018-05-03 10:09:43

Партия Депутатлик гурухлари томонидан туманларда хам Молия бўлими рахбарларининг ахборотлари тинглаб бориляпти. Депутатлик гуруҳлари йиғилишларида кўрилган масалалар бўйича Доимий комиссияларга таклифлар берилиб бориляпти


Сергели туман Қўчқарова Ҳаётхон2018-05-03 09:12:12

Мамлакатимиздаги кўчаларни ободонлаштириш биз каби Халқ депутатларининг олдимизга қўйган мақсадларимиздан биридир.


Fikringizni qoldiring

+