Tadbirkor O‘zLiDeP hamkorligida 4,5 milliard so‘mlik sanoat va maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksi loyihasini amalga oshirmoqchi

02.05.2018, 18:44

Tadbirkor O‘zLiDeP hamkorligida 4,5 milliard so‘mlik sanoat va maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksi loyihasini amalga oshirmoqchi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi Tolibxon Abdujalilov 20 yildan buyon yong‘oqni qayta ishlash va oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadi. Prezidentimizning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksportini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi qator qaror va farmonlari, shuningdek, mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni ko‘rib, 2017 yil aprel oyida “Pichoqchi DRY Fruits” firmasini ochdi.

Qahramonimiz hozirgi kunda  yong‘oq, mosh, loviya, no‘xat kabi dukkakli  mahsulotlarni qayta ishlab xorijga eksport qilmoqda. T.Abdujalilov Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Afg‘oniston kabi davlatlardagi tadbirkorlar bilan hamkorlik qilmoqda. Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning mamlakatimizga  tashrifi   doirasida ikki davlat o‘rtasida har tomonlama kelishuvlarning imzolanishi Tolib aka kabi tadbirkorlarni quvontirib yubordi.

– Turkiya Prezidentining O‘zbekistonga tashrifini katta hayajon bilan kuzatdik, – u. – Ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik qancha rivojlansa, biz tadbirkorlarga shuncha yaxshi. Negaki, korxonamizning asosiy hamkorlari turkiyalik tadbirkorlar hisoblanadi. Biz tadbirkorlar mamlakatimiz Prezidentining qo‘shni va qardosh davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida olib borayotgan siyosatini qo‘llab-quvvatlaymiz. Chunki bu iqtisodiyotimizni yanada gullab yashnashiga xizmat qiladi.

Tadbirkor O‘zLiDeP Samarqand viloyati va Oqdaryo tuman Kengashi hamkorligida “Pichoqchi” qishlog‘ida loyiha qiymati 4,5 milliard so‘m evaziga 3 gektar maydonda qurilishi rejalashtirilayotgan yong‘oq yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash, eksportga tayyorlash, shuningdek maishiy xizmat ko‘rsatish binolari baro etish borasidagi biznes taklifi viloyatdagi mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganilmoqda.  Agar loyiha amalga oshsa, 100 kishi mavsumiy 50 kishi doimiy ish bilan ta’minlanadi.

Baxtigul Qarshiyeva,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1377
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

AMIRQULOV MUHIDDIN2018-05-12 10:23:46

Mana shunday o'zining yetuk salohiyati bilan mamlakatimiz rivojiga katta hissa qo'shayotgan tadbirkorlarimizga omad tilab qolaman bunday tadbirkorlar yanayam kopaysa ishsizlar soni kamaygan bolardi.


Танирбергенов Байрамбай Аскербаевич2018-05-03 18:39:39

Мана шундай тадбиркорларнинг кўпайиши биринчи навбатда ишсизлик ва уни орқасидан келадиган бошқа бир қатор муаммоларнинг бартараф этилишига сабаб бўлади. Тадбиркорнинг кейинги ишларида омад тилаймиз


У.Дусчанов Шовот туман Кенгаши фаоли.2018-05-03 16:41:28

Халқимиз дастурхонига турли ноз-неъматларни етказиб бераётган миришкор дехқонларимизга, тадбиркорларимизга рахмат.


Умида Чориева Жаркургон тумани партия фаоли2018-05-03 12:32:58

Тадбиркорлар томонидан лоихаларнинг купайиши иктисодиетимиз ривожига хизмат килади.


Олтинкўл туман Кенгаши Депутати Б.Қодиров2018-05-03 11:07:47

Албатта бундай тадбиркорлар юртимизда кўпайиши республика ривожига, Хар бир худуднинг ишсизлар сонини камайишига ,халқ фаровонлиги учун хизмат қилади.


O'zLiDeP Бойсун туман Кенгаши Сайроб МФЙ БПТ раиси Султонқулов Рўзибой2018-05-03 11:01:08

Юртимизнинг хар бир туман шаҳаларида ҳудди шундай тадбиркорларди купайишини тарафдоримиз


Гулмира Амирова O'zLiDeP Сурхондарё вилоят Кенгаши СТМ рахбари.2018-05-03 11:00:40

Президентимизнинг қўшни ва қардош давлатлар билан ҳамкорлик алоқаларини кучайтираётганликлари турли сохалардаги манфаатли келишувларга эришилмокда. Келишувларнинг асосидаги биринчи галдаги масаласи давлтларнинг йирик тадбиркорлари билан узаро хамкорлик масаласидир. Зеро бу оркали иктисодиётнинг ривожалнишига янги иш уринларининг яратилишига эришилади. Шундай экан тадбиркорларимиз томонидан амалга оширилиши режалштирилаётган йирик лойхалар мамлакатимиз равнакига хизмат килади.


O'zLiDeP Бойсун туман Кенгаши Ўрмон ҳужалиги БПТ раиси2018-05-03 10:58:30

Бу каби тадбиркорларга омад ва келажакда ишларига зафарлар тилайман.


Бойсун туман Кенгаши Ижрочи котиби Каримов Журакул2018-05-03 10:56:34

Шундай тадбиркорларди қуллаб қувватлашимиз керак сабаби, бу каби лойихаси бор тадбиркорларди қуллаб қувватласак. Биринчи навбатда фуқароларимиз иш билан таъминланади.


Бойсун туман Кенгаши апарат раҳбари Жахонгир Тураев2018-05-03 10:53:12

Ахир бу каби лойиҳалар Оқдарё тумани аҳолиси орасида ишсизлар сонининг камайишига сабаб бўлади. Бу каби лойиҳаларни ҳар бир туманларда амалга ошириш керак. Тадбиркорга омад!


Fikringizni qoldiring

+