O‘zLiDeP deputatlari Turizmni rivojlantirish departamenti rahbarining hisobotini eshitdi

02.11.2017, 16:13

O‘zLiDeP deputatlari Turizmni rivojlantirish departamenti rahbarining hisobotini eshitdi

Davlatimiz rahbari joriy yil 12-iyulda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan bo‘lgan videoselektor yig‘ilishida har bir partiya o‘z dasturidagi vazifalardan kelib chiqib tegishli vazirlik va qo‘mitalar faoliyati ustidan o‘z fraksiyasi va partiya guruhlari orqali parlament hamda deputatlik nazoratini yo‘lga qo‘yishi lozimligini ta’kidlab o‘tgan edilar.  

Shundan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamda ularning hududiy boshqarma va bo‘limlari faoliyati ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi va deputatlik guruhlari parlament hamda deputatlik nazoratini tashkil etish va hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish borasida aniq vazifalar belgilab olinib, joylarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ana shu belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 27-oktabr kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining viloyatdagi boshqarmalari rahbarlarining hisobotini eshitishdi.   

Yig‘ilish ishtirokchilari dastavval xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputatlari tomonidan rejalashtirilayotgan deputatlik eshituv mavzularini atroflicha muhokama qilishdi. Shundan so‘ng Prezidentimizning 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi bo‘yicha Toshkent viloyatida olib borilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimligi huzuridagi turizmni rivojlantirish departamenti kotibi Jamshid Mashrabovning hisobotini eshitishdi.

Hisobotda qayd etilishicha, Toshkent viloyatida mahalliy va xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi jami 120 tashkilot mavjud. Ularning 15 tasi turistik firma, 45 tasi mehmonxona, 71 tasi esa sihatgoh va dam olish maskanlaridir. J.Mashrabov deputatlarga bunday muassasalar safini yanada kengaytirish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha reja-dasturlar ishlab chiqilgani haqida ham ma’lumot berdi.  

Ta’kidlash kerak, O‘zLiDePning xalq deputatlari Toshkent viloyati, tuman (shahar) Kengashlaridagi deputatlik guruhlari tomonidan 2017-yilning so‘nggi choragi va 2018 yilning birinchi yarim yilligi davomida ushbu boshqarmalar ustidan samarali deputatlik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha reja ishlab chiqilgan. Unga muvofiq, viloyat kesimida 46 ta eshituv o‘tkazish rejalashtirilgan. Shundan 25 tasi iqtisodiyot, 19 tasi moliya, 1 tasi esa investitsiya boshqarmalari hisobotidir.   

Shundan keyin deputatlar kun tartibidagi navbatdagi masala Prezidentimizning “Gaz ta’minoti tizimida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ qarorining Yangiyo‘l tumanidagi ijrosini muhokama qilishdi.

Muhokamalar yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1886
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Даврон Темиров O‘zLiDeP Бўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-09-30 13:38:53

Душанбе шаҳрида Алишер Навоий номидаги маданият ва истироҳат боғи барпо этилиб, унда икки буюк сиймонинг ҳайкали қад ростлагани халқларимиз ўртасидаги дўстона алоқалар мустаҳкамланиб бораётганининг яна бир ифодасидир. Ўриндиқлар ёнида китобхонликни тарғиб этувчи ҳайкалчалар ўрнатилганлиги. Ота ва ўғил, Она ва қиз, Бобо ва набира сиймолари акс этган ушбу санъат асарлари ҳар қандай инсонни китобга ошно бўлишга ундайди. Бу эса мамлакатимизда китобхонликни кучайтириш мақсадида олиб борилаётган ишларнинг узвий давомчиси, икки қардош халқнинг орзу-умидлари , қарашлари бирлигидан далолатдир.


Fikringizni qoldiring

+