Innovatsion g‘oyalarga imtiyozli kreditlar ajratiladi

08.05.2018, 16:55

Innovatsion g‘oyalarga imtiyozli kreditlar ajratiladi

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish, aholi hayot darajasi va farovonligining barqaror o‘sishiga imkon beruvchi faol tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etish, aholi o‘rtasida innovatsion tadbirkorlikni ommalashtirish ishlarini samarali tashkil etish, fan va innovatsion faoliyatni jadal rivojlantirish maqsadida "Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish borasidagi sa’y-harakatlarning yanada kuchaytirilishi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion jarayonlar uzluksizligini ta’minlash xamda ko‘lamini oshirish bilan tavsiflanadi. Bu esa ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari samaradorligi bevosita fan yutuqlariga asoslangan ishlanmalar, ixtiro hamda loyihalar, ilm-fan yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Qaror bilan innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va o‘zlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlarini tashkil etiladi. Bu esa ishlab chiqarish va xizmatlarning yangi va zamonaviy turlarini yaratish, hududlarning salohiyati va resurs bazalarini chuqur tadqiq qilish imkonini beradi. Natijada yangi va talab yuqori bo‘lgan mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish uchun zamin yaratiladi.

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalga oshirishda markaz va boshqa tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozli kreditlarni ajratish belgilangani kashfiyotchilarni rag‘batlantirish borasida muhim qadamlaridan biri bo‘ldi.

Xulasa qilib aytgan,  innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar qo‘llab-quvvatlanishi barcha sohalarni rivojlantirishga xizmat qiladi, ichki va tashqi bozor uchun innovatsion mahsulotlar yetkazib berishga ijobiy ta’sir etadi.

Solijon Mo‘minov,

Xalq deputatlari Namangan viloyat

 Kengashi deputati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2620
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Muhiddinova umida nurota oqmachit mfy raisi 2018-05-15 19:33:38

Innovatsiya farovon kelajagimizning asoslaridan biridir.


Зебинисо Қурбонова, Сурхондарё вилояти2018-05-10 11:55:50

Юртимизда инновацион ғояларни рағбатлантириш ва уларга кўмаклашиш зарур эди. Мухтарам Президентимизнинг қарорларига кўра уларга имтиёзли кредитлар ажратилиши юртимиз ихтирочиларини янада кучлироқ инновацион ғояларни ишлаб чиқишлари учун кенг имкониятдир.


Набижон Артиков Каттақўрғон шахар Кенгаши аппарат рахбари2018-05-09 22:47:23

Мамлакатимиз ижтимоий-иқтисодий салоҳиятини ошириш, аҳоли ҳаёт даражаси ва фаровонлигининг барқарор ўсишига имкон берувчи фаол тадбиркорликни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш ва рағбатлантириш, инновацион ғоя ва технологияларни жорий этиш, ҳудудларнинг салоҳияти ва ресурс базаларини чуқур тадқиқ қилиш имконини беради


O’zLiDeP Навоий вилояти ҳудудий партия ташкилоти ходими Чингиз Раджабов2018-05-09 11:10:28

Инновацион ғояларнинг ҳаётга татбиқ этилишида кредит билан молиялаштирилиши ўйлайманки, шу каби лойҳалари мавжуд тадбиркорларимиз, ишбилармонларимиз, интеллектуал мулк эгаларининг режаларининг амалга оширилишига катта ўрин тутади деган умидамиз.


Донияров Олим -Қашқадарё вилояти Чироқчи туман Кенгаши2018-05-08 17:46:09

Туманларда ташкил этиладиган Инновацион ғоялар, ишланмалар ва технологиялар марказлари фаол тадбиркорликни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш ва рағбатлантиришга, инновацион ғоя ва технологияларни жорий этишга, фан ва инновацион фаолиятни жадал ривожлантириш учун айни мудао бўлди.


Д.Рахманова-УзЛиДеП Сурхондарё вилояти кенгаши2018-05-08 17:12:22

Мазкур қарорга асосан ишлаб чиқариш ва хизматларнинг янги ва замонавий турларининг яратилишига туртки бўлса ажаб эмас. Энг аввало, инновацион ғояларнинг ҳаётга татбиқ этилишида кредит билан молиялаштирилиши ўйлайманки, шу каби лойҳалари мавжуд тадбиркорларимиз, ишбилармонларимиз, интеллектуал мулк эгаларининг режаларининг амалга оширилишига катта ўрин тутади. Бу жуда муҳим хужжатдир, ва бундан оқилона фойдаланишимиз натижасида ҳудудларнинг салоҳияти ҳам юксалишига сабаб бўлиши ҳам мумкин.


Fikringizni qoldiring

+