Hokimliklar NNTlarni qo‘llab-quvvatlash hududiy fondlari muassisi etib belgilandi

08.05.2018, 18:04

Hokimliklar NNTlarni qo‘llab-quvvatlash  hududiy fondlari muassisi etib belgilandi

Prezidentimizning joriy yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilanish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni  fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish bo‘yicha muhim hujjat bo‘ldi.

 Farmonga muvofiq, Prezident huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat Kengashi tuzilishi va ushbu Kengash faoliyati bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan  muvofiqlashtirilishi davlatimiz rahbari tomonidan fuqarolik jamiyati institutlariga ko‘rsatilayotgan alohida e’tiborning yorqin namunasidir.

Shu bilan birga mazkur farmonga ko‘ra, NNTlar erkin faoliyat olib borishi uchun bir qator imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, NNTlarning pensioner xodimlariga pensiya ularning mazkur tashkilotlardagi faoliyati yagona ish joyi bo‘lgan taqdirda, to‘liq to‘lanishi nazarda tutilgan.

Shu vaqtga qadar me’yoriy hujjatlarimizda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzurida nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari tashkil etish ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, amalda fondni tashkil etish uchun qaysi sub’ekt muaassis bo‘lishi mavhum edi. Farmon bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy fondlarning muassisi etib belgilandi va hududlarda ushbu jamoat fondlarni tashkil etish jarayoniga oydinlik kiritildi.

NNTlarimizni qiynab kelayotgan yana bir katta muammo – bino masalasi edi. Farmonga ko‘ra, hududlarda “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari”ni tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari ijara to‘lovining “nol” stavkasini qo‘llagan holda mazkur binoga joylashtiriladi. Bu esa NNTlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi. “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etilishi esa uchinchi sektorda faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashga zamin yaratadi.

 Jamila SAYFIDINOVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi STM rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1274
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O`zLiDeP Томди туман бўлими аппарат рахбари М.Абдазимов2018-05-10 17:13:22

Нодавлат нотижорат ташкилотларининг бино билан таъминланиши жуда куб қулайликларни яратади ва самарасини беради.


"Дўстлик" МФЙ БПТ2018-05-10 10:56:54

МФЙларни Бино билан таъминлаш масаласи барчани ўйлантираётган масала эди. Ушбу фармон ННТлар учун жуда яхши имконият, шароитлар яратишиги шубхамиз йўқ


Зуввайдулло Рахмонов Кат.шахар Кенгаши раиси2018-05-10 08:55:12

Президентимизнинг жорий йил 4 майдаги “Мамлакатни демократик янгиланиш жараёнида фуқаролик жамияти институтларининг ролини тубдан ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги фармони айни вақтда ННТларимизни қийнаб келаётган яна бир катта муаммо – бино масаласи эди.


Yazdon Toshonov Kattaqurg'on tuman Kengashi apparat rahbari.2018-05-10 08:54:48

Ushbu farmon Mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik reformalarni iadallashtirishda muhim ahamiyatga ega.


Набижон Артиков Каттақўрғон шахар Кенгаши аппарат рахбари2018-05-09 22:39:56

Президентимизнинг жорий йил 4 майдаги “Мамлакатни демократик янгиланиш жараёнида фуқаролик жамияти институтларининг ролини тубдан ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги фармони айни вақтда. Ижтимоий аҳамиятга эга бўлган соҳаларда фаолият олиб бораётган нодавлат нотижорат ташкилотлари ижара тўловининг “ноль” ставкасини қўллаганлиги ННТлар учун кенг имкониятлар эшигини очиб беради.


Н.Рузиева Учкудук аппарат рахбари2018-05-09 15:01:05

Ушбу фармон ННТларнинг имкониятларини янада жадал ривожланишини таминлайди


Q.Eshqorayeva-Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-05-09 11:23:05

Ushbu farmonning qabul qilinishi nodavlat notijorat tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan xodimlarni juda xursand qiladi. Ayniqsa pensioner xodimlar manfaatlari yuqori darajada himoya qilinibdi.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-09 11:11:46

“Мамлакатни демократик янгиланиш жараёнида фуқаролик жамияти институтларининг ролини тубдан ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги фармони қабул қилиниши ННТлар эркин фаолият олиб бориши учун бир қатор имкониятлар яратилади


O’zLiDeP Навоий вилояти ҳудудий партия ташкилоти ходими Чингиз Раджабов2018-05-09 11:05:38

Президентимизнинг жорий йил 4 майдаги “Мамлакатни демократик янгиланиш жараёнида фуқаролик жамияти институтларининг ролини тубдан ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги фармони ННТлар учун кенг имкониятлар эшигини очиб беради.


Fikringizni qoldiring

+