O‘zLiDeP deputatlari 101 yoshni qarshilagan Jumaniyoz ota Bekmetov holidan xabar oldi

08.05.2018, 19:12

O‘zLiDeP deputatlari 101 yoshni qarshilagan Jumaniyoz ota Bekmetov holidan xabar oldi

Bugungi kunda Xorazm viloyatida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan 61 nafar otaxon va onaxonlar qo‘llarini duoga cho‘zib, xalqimiz tinchligi, farzandlari kamolini tilab niyat qiladilar. Ulardan xol-axvol so‘rab, duolarini olish esa har birimizning burchimizdir.

9 may – Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan Viloyat Kengashi mas’ul xodimlari, Xalq deputatlari Urganch tuman kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tumandagi 6 nafar urush faxriylarining xonadonlarida bo‘lib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatdilar.

–Bugungi baxtli hayotni ko‘raman deb o‘ylamasdik. Shukrki, shu kunlarning o‘tganiga 73 yil bo‘libdi, – deydi 101 yoshni qarshilagan Jumaniyoz ota Bekmetov. – Har yili Prezidentimiz bizlarni sovg‘a-salomlar bilan qutlaydilar. Umrlari uzoq bo‘lsin. Bugun esa mana deputatlar ham xolimizdan xabar oldilar. Barchasidan juda minnatdormiz.

Yetti farzand, 34 nevara, 18 chevaraning ardoqli otasi, Jannat ko‘chasida istiqomat qilayotgan 96 yoshli Otaboy ota ham partiya faollari tashrifidan quvonib, o‘zining samimiy niyatlarini bildirdi.

Bayram munosabati bilan viloyatning Xonqa tumanida ham ko‘plab hayrli ishlar amalga oshirildi. Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari va viloyat Kengashi xodimlari 6 ta mahallada bo‘lib, u yerda istiqomat qilayotgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, kam ta’minlangan va nogironligi bo‘lgan 16 ta oilalar xonadon egalari holidan xabr olishdi hamda sovg‘alar ulashildi.  

                                                  M.Raximova

Ayollarning siyosiy faolligi,

jamiyatdagi o‘rni va mavqeini

 oshirish bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1499
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

"UZTEX-SHOVOT" МЧЖ ҚК2018-05-10 11:07:28

Байрам муносабати билан ўтказилган ҳайр-саховат тадбирларига ўз хиссасини қўшган Партия аппарати ходимларига,фаолларига,депутатларга ишларида муваффаққият тилаймиз.


Исроилов Фарход "Баландчақир келажаги"БПТ2018-05-10 10:40:41

Юртимиз тинчлиги жон берган хотирасини ёд этиш, фахрийларни қадрлаш ғамхўрлик кўрсатиш барчамизни бурчимиздир.


Шукуров Ўткир Закирджанович - Тошкент шаҳри2018-05-10 09:45:08

Фахрийларимизнинг муносиб ҳаёт кечириши учун зарур шароитлар яратиб бераётган давлатимиз томонидан уларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш, эътибор ва ғамхўрлик кўрсатиш мақсадида самарали ишлар амалга оширилаётгани кўзни қувонтиради.


Q.Eshqorayeva-Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-05-09 11:09:30

9-may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barchani tabriklayman. Ilohim tinchligimiz abadiy bo'lsin. Bugungi avlodlar nomidan ikkinchi jaxon urushi qatnashchilariga cheksiz minnaddorchilik bildirib, ularga doimo ta'zimdamiz. Rahmat.


Q.2018-05-09 11:01:14

9-may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barchani tabriklayman. Ilohim tinchligimiz abadiy bo'lsin. Bugungi avlodlar nomidan ikkinchi jaxon urushi qatnashchilariga cheksiz minnaddorchilik bildirib, ularga doimo ta'zimdamiz. Rahmat.


O’zLiDeP Навоий вилояти ҳудудий партия ташкилоти ходими Чингиз Раджабов2018-05-09 10:56:46

Иккинчи жаҳон уруши қатнашчилари ва бутун халқимизни 9 май – Хотира ва Қадрлаш куни байрами билан табриклаймиз.


Қобил Астонов O'zLiDeP Навоий вилоят Кенгаши ташкилий-партиявий ишлар бўлими мудири2018-05-09 10:45:26

Илоҳим отахон ва онахонларимизни қўллари дуодан чарчамасин. Уларга ҳурмат ва эҳтиром кўрсатиш ҳар биримизни бурчимиз.


Бекзод БОБОМУРОТОВ Навоий вилояти Нурота тумани2018-05-09 10:28:47

Уруш ва қирғинбаротликларни заҳматини тотган боболаримиз бугунги кунимизда юритилаётган оқилона сиёсат натижасида чин маънодаги қадрни топмоқдалар. Юртбошимиз ва ҳукумат, вилоят ҳамда туман рахбариятларига катта раҳмат. Байрамларингиз муборак бўлсин.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-09 09:11:45

9 май – Хотира ва қадрлаш куни байрами барчамизга муборак бўлсин!


Гульнарахан КР тахтакупир тумани 2018-05-09 08:43:09

Маколани укиб хурсанд булдим, 101 ёшни қаршилаган Жуманиёз ота Бекметовнинг холидан хабар олаган партиядошларимизнинг келгуси ишларида омад тилаймиз. Барчанингизга шу отахоннинг ешини берсин олган дуоларингиз каъбул булсин. Барча юртдошларимизга зиёратларингиз каъбул булсин.


Fikringizni qoldiring

+