O‘zLiDeP faoli namanganlik tadbirkor Olimjon Babaxanov 1000 ta yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirgan

11.05.2018, 14:34

O‘zLiDeP faoli namanganlik tadbirkor Olimjon Babaxanov 1000 ta yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirgan

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida olib borilayotgan izchil siyosat natijasida mazkur soha kundan-kunga rivoj topib bormoqda.

Buni O‘zLiDeP faollari boshqarib kelayotgan “ART SOFT TEX GROUP” tarkibidagi korxonalar misolida xam ko‘rish mumkin.

Jamiyatizning asosiy faoliyat turi momiq sochiq va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishdan iborat deydi, - “ART SOFT TEX GROUP” korxonasi rahbari, O‘zLiDeP faoli Olimjon Babaxanov. Bugungi kunda jamiyatimiz tarkibida Namangan viloyatida 4 ta, Farg‘ona viloyatida 1 ta ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Yillik ishlab chiqarish xajmi 90 mlrd so‘m bo‘lib, eksport xajmi 9,4 mln. AQSh dollarini tashkil etmoqda.

Kuni-kecha Prezidentimizning viloyatimizga tashriflari tadbirkorlarni yangidan-yangi loyihalar ustida ishlashga undamoqda. Hozirda 18,0ga maydonga loyiha qiymati 263,5 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan yangi momiq sochiq va sintetik matolar ishlab chiqarish kompleksini qurilish-montaj ishlari olib borilyapti. Ushbu korxonamiz joriy yilning sentabr oyida ishga tushirilishi natijasida 1000 nafarga yaqin aholi, ayniqsa, O‘zLiDePning “Sen ham faol yoshlar safidasin” loyihasida ishtirok etayotgan uyushmagan yoshlarni bandligini ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Viloyatimizdagi O‘zLiDeP faollari tomonidan joriy yilda  10 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirish va natijada 1400 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Ibrohim SATTAROV

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1764
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Абдурахмонова Фотима Махмудовна Учкуприк туман Кенгаши аппарат рахбари2018-05-15 06:56:38

Мамлакатимизда кичик бизнес ва тадбиркорликни ривожланиши натижасида ишсизлар сони камаймокда. Бу жуда катта савобли ишлардан хисобланади.Шундай савобли ишларни бажариш бизга хам насиб килсин.


"UZTEX-SHOVOT" МЧЖ ҚК2018-05-14 10:19:52

Мамлакатимиз ривожига ўз хиссасини қўшаётган, ахолини иш билан таъминлаётган тадбиркорларимизга, тадбиркорларга кенг имкониятлар яратаётган Президентимизга катта рахмат!!!!!


Машраб Казаков Пастдарғом туман Кенгаши аппарат-раҳбари2018-05-12 09:49:23

ҳаа мени ҳавасим келди. мен ҳам шундай ишларни қилишимга оз вақт қолди


O`zLiDeP Cурхондарё вилоят Кенгаши матбуот котиби Мурод ЭШНАЗАРОВ2018-05-11 18:45:25

Мамлакатимизда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик фаолиятининг ривожланишига хисса қўшаётган тадбиркорга омад ёр бўлсин.


O’zLiDeP Навоий вилояти ҳудудий партия ташкилоти ходими Чингиз Раджабов2018-05-11 18:06:34

Аҳолини бандлигини йўлаётган тадбиркор Олимжон Бабаханов 1000 та янги иш ўрни яратишни режалаштирган экан унга муваффақиятлар тилаймиз.


Mansur Elmuradov -O‘zlidep Sho‘rchi tuman Kengashi faoli2018-05-11 17:41:55

Bugungi kunda yurtimizdagi tadbirkorlarga ko‘p imkoniyatlar yaratilmoqda. Biz bu imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz kerak.


Элмуродов Фарход Бойманович-Кашкадарё вилоят Чироқчи туман кенгаши2018-05-11 17:33:23

Мамлакатимизда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик фаолиятини йўлга қуйиб, иш ўрни яратмоқчи бўлган хар бир фуқарони қуллаб-қувватлашимиз зарур.


Улуғбек Ишанходжаев - O'zLiDeP Тошкент шаҳар Кенгаши аппарати бўлим мудири2018-05-11 17:16:13

O‘zLiDeP фаоли наманганлик тадбиркор Олимжон Бабаханов 1000 та янги иш ўрни яратишни режалаштирган экан унга муваффақиятлар тилаймиз.


Зулфизар Айдарова2018-05-11 17:04:16

Юртимизда тадбиркорликни ривожлантиришга хисса қўшаётган юртдошларимиздан миннатдормиз. Улар нафақат юртимиз тараққиётига хизмат қилади балки, юртимиз номини ҳам дунёга машҳур қилади.


Мир РЎЗМЕТОВ - O`zLiDeP Хоразм вилоят Кенгаши Ташкилий-партиявий ишлар бўлими мудири.2018-05-11 17:01:03

1000 та янги иш ўрни яратишни режалаштирган тадбиркор Олимжон Бабахановнинг келгуси ишларида омад тилаймиз.


Fikringizni qoldiring

+