O‘zLiDePda “Yosh olimlar ligasi” ish boshladi (FOTO)

11.05.2018, 18:41

O‘zLiDePda “Yosh olimlar ligasi” ish boshladi (FOTO)

2018 yil 11 may kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining “Yoshlar qanoti” tomonidan mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlarida turli yo‘nalishlarda ilmiy ish olib borayotgan yosh tadqiqotchilar ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

Prezidentimizning bevosita rahnamoligida mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirishga, yoshlarning fanga kirib kelishiga keng sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida jamiyatimizda ilm-fanning nufuzi yanada oshib, o‘zini shu soha rivoji, taraqqiyotiga bag‘ishlash istagida bo‘lgan yoshlarning safi tobora kengayib bormoqda. Albatta, o‘z kelajagini yuqori intellektual, innovatsion rivojlanish bilan bog‘liq ko‘rayotgan har qanday davlat, jamiyat uchun bu ustuvor masalalar sirasiga kirishi sir emas.

Davlatimiz rahbari O‘zLiDePning VIII s’ezdida ilgari surgan muhim vazifalarni tizimli ravishda amalga oshirish barobarida “Yoshlar qanoti” tomonidan yosh olimlar va tadqiqotchilar bilan ishlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratgan edilar. Xususan, o‘tgan yillar davomida yosh olimlar va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvatlash loyihasi amalga oshirib kelindi, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlar uchun partiyaning maxsus stipendiyalari joriy qilindi.

Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning hozirgi bosqichi, qolaversa, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar Strategiyasi doirasidagi vazifalar partiyaning yosh olimlar bilan amalga oshirayotgan ishlarini ham tubdan qayta ko‘rib chiqishini taqozo qilayotgani ta’kidlandi.

Harakatlar strategiyasida ilgari surilgan g‘oyalarni ilmiy o‘rganish borasida turli universitet va institutlarda yosh tadqiqotchilarning izlanishlar olib borayotgani ularga o‘ziga xos fikr almashuv maydonini tashkil qilish zarurati mavjudligini ko‘rsatmoqda. Bunday maydonning tashkil qilinishi yosh olimlar va tadqiqotchilarga nafaqat doimiy muloqotda bo‘lish, balki kuchlarni birlashtirgan holda yurt ravnaqiga xizmat qiladigan yangi g‘oyalar ustida ishlash uchun ham imkoniyat beradi.

Muloqot maydonining mamlakatdagi yetakchi siyosiy kuch bazasida shakllantirilishi yoshlarga o‘z ilmiy izlanishlari natijalarini amaliyotga, xususan, qonunchilikka, iqtisodiyotning real sohalarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlikka, boshqa sohalarga joriy qilish uchun imkon yaratadi, qolaversa, yoshlar uchun o‘ziga xos “sotsial lift” vazifasini bajaradi.

 Maslakdoshlari safini tadbirkor yoshlar bilan bir qatorda yuksak intellektual salohiyatga ega yigit-qizlar hisobiga ham kengaytirishga alohida e’tibor qaratayotgan O‘zLiDeP uchun yosh olimlar va tadqiqotchilarning partiya ilgari surayotgan g‘oya va qadriyatlar atrofida jipslashuvi nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Shu bois ushbu yig‘ilishda O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” qoshida doimiy asosda faoliyat yurituvchi hamda bugun mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar taqdiriga befarq bo‘lmagan, Harakatlar strategiyasida ilgari surilgan g‘oyalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor yosh tadqiqotchilarni ixtiyoriy asosda birlashtiruvchi “Yosh olimlar liga”sini tuzishga qaror qilindi.

Yosh tadqiqotchilarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash,  o‘z navbatida ularning izlanishlari natijalarini amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish, ilmiy ishlanmalarini keng jamoatchilikka yetkazishda yaqindan ko‘maklashish “Yosh olimlar ligasi”ning muhim vazifalari qatorida bo‘lishi ta’kidlandi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari bilan doimiy muloqotni tashkil qilishga alohida urg‘u berilayotgani ham tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir doirasida partiya ko‘magida chop etilgan, 60 dan ortiq yosh tadqiqotchilarning iqtisodiyot, siyosat, huquq va xalqaro munosabatlar sohalariga oid ishlarini jamlagan ilmiy to‘plamning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bunday maqolalar to‘plamini “Yosh olimlar ligasi” shafeligida doimiy ravishda chop etib borish belgilab qo‘yildi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1504
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Тошкент ш.ЁШЛИК ТШ Ёш либераллар клуби аъзоси 2018-05-22 04:47:16

Бундай ишларни ташкилатчиларга ёшлар номидан уз миннатдорчилигимизни билдирамиз.Бу бизни янада билимга булган интилишимизни оширади.Уз устимизда ишлашга чорлайди.


Камолова Дилафруз Алимовна “Афруза-Дил” тикув цехи БПТ раиси2018-05-17 13:32:50

Ёш олимлар лигаси ташкил топганидан жуда хурсандман. Партиямизда ёш олимлар катламлари хам назардан четта қолиб кетмайди


Мелибоева Маъмура Толиповна Жиззах шаҳар ижрочи котиби2018-05-17 13:30:48

Бу каби тадбирлар ёшларимизга мулоқот майдонининг мамлакатдаги етакчи сиёсий куч базасида шакллантирилиши ёшларга ўз илмий изланишлари натижаларини амалиётга, хусусан, қонунчиликка, иқтисодиётнинг реал соҳаларида фаолият олиб бораётган тадбиркорликка, бошқа соҳаларга жорий қилиш учун имкон яратади


азамат уббиниязов тахиатош тумани ижрочи котиб2018-05-15 21:28:19

Еш олимлар лигасининг ташкил этилиши юртимиздаги еш олимларнинг усишига уз хиссасини кушади ва партиямиз обруси янада кутарилади албатта


Сулайман Ибрагимов - O‘zLiDeP ҚР Кенгаши Ёшлар қаноти 2018-05-15 19:24:51

O‘zLiDePда “Ёш олимлар лигаси” ташкил этилиши юртимиздаги ёшларнинг илм-фан ва изланишлари йўлида қизиқишларини янада орттиради.


Жаббаров Умрбек Ражапбаевич ЎзЛиДеП Беруний тумани Кенгаши ижрочи котиби2018-05-15 19:07:03

Мухтарам Президентимиз айтганларидан Ёшлар бизнинг келажагимиз ёшларни қўллаб қувватлайлик


O`zLiDeP Сурхондарё вилоят Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими мудири Зебинисо Сапарова Давлат қизи2018-05-15 15:20:31

"Ёш олимлар лигаси"нинг ташкил этилиши ёш олимларимизнинг илмий тадқиқотларини ҳар томонлама қўллаб-қувватлашда муҳим аҳамиятга эга.


Аслиддин Очилов Хатирчи туманидаги Очил бобо ф/х раиси O`zLiDeP фаоли2018-05-15 15:19:38

O‘zLiDeP “Ёшлар қаноти” қошида доимий асосда фаолият юритувчи ҳамда бугун мамлакатда амалга оширилаётган ислоҳотлар тақдирига бефарқ бўлмаган, Ҳаракатлар стратегиясида илгари сурилган ғояларни амалга оширишда фаол иштирок этишга тайёр ёш тадқиқотчиларни ихтиёрий асосда бирлаштирувчи “Ёш олимлар лига”сини тузишга қарор қилин


Гурлан туман Кенгаши ижрочи котиби Каримов Расулбек2018-05-15 15:11:17

Ёш олимлар лигаси" ташкил этилиши, юртимиздаги барча иқтидорли ёш олимларимиз учун янада кенгроқ имкониятлар ешигини очиб беради. Қолаверса ташаббускор тадбиркорларнинг янги погонага ўсишига имкон яратади.


Зиёвуддин Розумбетов-бошлангич партия ташкилоти раиси2018-05-15 14:38:50

Давлатимиз раҳбари ЎзЛиДеПнинг VIII съездида илгари сурган муҳим вазифаларни партия томонидан тизимли равишда амалга ошириш баробарида “Ёшлар қаноти” тузилмасида ёш олимлар ва тадқиқотчилар билан ишлашга ҳам алоҳида эътибор қаратмоқда.


Fikringizni qoldiring

+