O‘zLiDeP tashabbusi bilan 8 nafar yoshlar “Torgovoye Oborodovaniye” MChJga ishga joylashdi

14.05.2018, 09:07

O‘zLiDeP tashabbusi bilan 8 nafar yoshlar  “Torgovoye Oborodovaniye” MChJga ishga joylashdi

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yunusobod tumandagi kichik sanoat zonasida “Yoshlarni bandligini ta’minlashda O‘zLiDePning roli va o‘rni” mavzuida amaliy muloqot o‘tkazdi.

Unda partiya faollari, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari hamda  uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab Yunusobod tumanidagi “Torgovoye Oborodovaniye” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

 Shu yerning o‘zida korxona rahbari Renata Yusupova yoshlarga korxonada yaratilgan shart-sharoitlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida so‘zlab berdi.

– Korxonamizda asosan savdo do‘konlari uchun metal vetrinalar ishlab chiqariladi, – deydi R.Yusupova. – Hozir korxonamizda 100 ortiq ishchi-xodim mehnat qilyapti. Ularning ko‘pchiligini yoshlar tashkil etadi. Joriy yilning 1-choragi davomida yana 16 nafar uyushmagan yoshni ish bilan ta’minladik. Bugungi tadbir davomida ham yangi ochilgan ishlab chiqarish sexiga 8 nafar yoshni ishga qabul qildik. Kelgusida ham rejalarimiz ko‘p. Ayni damda faoliyatimizni yanada kengaytirib, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishni rejalashtiryapmiz. 

– Uyushmagan yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga qiziqtirish, o‘z biznesini tashkil etish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoit yaratish partiyamiz oldida turgan ustuvor vazifalardan sanaladi, – deydi O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘lim mudiri Sarvarxon  Ibroximxonov. – O‘tgan davrda bu borada amalga oshirilgan ishlar tahlili yutuqlar bilan birga ayrim kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilayotganini ko‘rsatdi. Shu bois tadbir davomida ushbu kamchiliklarga alohida e’tibor qaratilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Tadbirda “kollej – korxona” hamkorligini hayotga tatbiq etish, bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar bazasini muntazam yangilab borish, yoshlarni ushbu ma’lumotlardan xabardor etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1234
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O'rol Bobomutotov. LiDeP Yunusobod tuman kengashi KDG azosi2018-05-18 23:10:55

Bunday eng avvalambor xayrli ishlar tahsinga loyiq va chinakkam xalq xizmatidagi insonga xamda deputatga xos fazilat. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev takidlaganlaridek insonlarni ayniqsa yoshlarni ishga joylashishida va xayot yolini topishida komaklashish xaqiqiy yurt taraqqiyoti yolidagi xizmatdir. Bunday deputatlar biz kabi kelajak deputatlari uchun jonli namuna bulib xizmat qiladi


Яккасарой туман Кенгаши "Авилон ФС" БПТ2018-05-18 18:26:29

Шунга ухшаган тадбирларга янада куплаб тадбиркорлар ўз хиссасини қушишса ҳамда ёшларга қушимча иш кучи ташкил қилишса хозирги замон тадбиркори дейиш учун тулоқонли аса булади.


Яккасарой туман Кенгаши Некбаев А.2018-05-18 18:23:20

Ёшларни иннорвацион тадбиркорликка ўргатиш. IT технологияни ёшларга реклама қилиб тадбиқ қилиш, хамда ёш тадбиркорларни фаолиятини йўлга қуйишга ёрдам бериш лозим


Яккасарой туман Кенгаши Миркасимов Ж.2018-05-18 18:19:41

Ёшларга эътибор - келажакка эътибордир. Ёшларни айниқса уюшмаган ёшларни иш билан бандлигини таъмиллаш мақсадга мувофиқдир. Хар бир тадбиркор бунга оълохида эътибор бериши лозим


Яккасарой туман Кенгаши Норматова Д.2018-05-18 18:18:25

Юнусобод туманидаги “Torgovoye Oborodovaniye” масъулияти чекланган жамияти томонидан уюшмаган ёшларни бандлиги таъминлаши мақтовга арзийди. Хар бир тадбиркор шунга ухшаб ишларни ташкил этиши лозим


Яккасарой туман Кенгаши А.Махмудов2018-05-18 18:11:46

Бунга ухшаган тадбирларни кўпайтириш лозим


Муҳаммадов Сундор O`zLiDeP Зарафшон шаҳар ҳузуридаги "Ёш либераллар" клуби раҳбари2018-05-15 11:11:18

Тошкент шаҳри тадбиркорлик фаолияти жадал ривожланган шаҳарларимиздан бири ҳисобланади.“Torgovoye Oborodovaniye” корхонасига биринчи чорак давомида 16 нафар уюшмаган ёшларни иш билан банд қилганлиги, O‘zLiDeP Тошкент шаҳар Кенгаши томонидан ташкил этган мулоқатдан сўнг янги очилган цеҳга 8 нафар ёшларни бандлигини таъминланганлиги юртимизда тадбиркорлар сафини ва кўламини кенгаётганлигидан далолат беради.Юртимизда ёш тадбиркорлар сафи янада кенгайиб, янги иш ўринлари яратилиши тарафдориман.


Тошкент шаҳар Кенгаши "Ёшлар қаноти" ходими Таджиева Дилноза2018-05-15 10:46:00

Юсупова Ренатага ўхшаган тадбиркор депутатларимиз қатори кенгаяверсин. Ишсиз юрган ёшларимизни иш билан банд қилиш, уларни вақтини бекорга ўтказмасликларига кўмаклашиш барчамизнинг вазифамиз. Ёшларимизга эътибор бу - келажагимизга эътибордир!


Шариф Мамарахимов, O‘zLiDeP Жиззах вилоят Кенгаши ҳузуридаги СТМ раҳбари2018-05-15 08:39:34

Ёшларда тадбиркорлик туйғусини, тадбиркорлик кўникмасини шакллантириш орқали минглаб иш ўринлари яратишимиз мумкин. Ахир мамлакатимиз аҳолисининг 60%ни ёшлар ташкил этади. Ёшлар - катта куч!


Nizomova Mavjuda Isroilovna OʻzLiDeP Zarafshon shahar boʻlimi huzuridagi "Oltin vodiy" BPT raisi2018-05-14 23:10:47

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda 20 ga yaqin fuqarolarning muammosi hal etilgan boʻlsa, bugungi tadbirda 8 nafar yoshlar partiyaning Toshkent shahar bo‘limi tomonidan ish bilan taminlanishga erishilgâni bu ham boʻlsa partiyamizning yutugʻi. Muammolarning ijobiy hal etilishi xalqimiz farovonligiga va fuqarolarning partiyamizga bo‘lgan ishonchini yanada orttirirshga xizmat qiladi.


Fikringizni qoldiring

+