O'zLiDeP faoli Azizullo Qodirov “Az-Germany” loyihasida ishtirok etib xorijda tajriba oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi

16.05.2018, 15:34

O'zLiDeP faoli Azizullo Qodirov “Az-Germany” loyihasida ishtirok etib xorijda tajriba oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi

Mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan katta imkoniyat va e’tibor tufayli yuksak salohiyatli, iste’dodli yigit-qizlarning safi tobora kengaymoqda. Yoshlarga berilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanayotgan yoshlar yurt ravnaqi hamda vatan taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.  

Andijon qishloq xo‘jaligi institutining qishloq xo‘jaligi menejmenti yo‘nalishida tahsil olayotgan Azizullo Qodirov ham ana shunday iste’dodli yoshlardan biri. Hozirda agrar sohaga oid  bilimlarni egallayotgan Azizullo hech qachon ilm olish, yangi-yangi  loyihalar ustida ishlashdan charchamaydi.

O‘tgan o‘quv yilida u oliygohning Germaniya bilan hamkorlikdagi “Az-Germany” loyihasida faol ishtirok etib, sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi va bir yil muddatga xorijda tajriba oshirish, nanotexnologiyalarni o‘zlashtirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Ayni chog‘da qahramonimiz Germaniyaning Hamburg shahrida “Az-Germany” loyihasi doirasida o‘z bilimlarini oshirmoqda.

–O‘qish tugagach, yurtimizga qaytib, intensiv naslchilik ko‘p tarmoqli fermasini ochmoqchiman, – deydi u. –Dunyo tajribasini o‘zbek tajribasi bilan uyg‘unlashtirib, qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion tarmoqni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqchiman. Bunda albatta, O‘zLiDeP ko‘magiga tayanaman. Shu boisdan  partiyaning “Yoshlar qanoti”ning turli loyihalarida qatnashib, fikr va mulohazalarimni berib borishga harakat qilyapman.     

O‘zLiDeP Andijon  viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1278
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O‘zlidep Кумкургон туман фаоли Gadashayeva Nigora2018-05-17 16:52:33

Azizullo Qodirovga yaxshi o‘qib kelishlarini hamda yurtimizga rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shishlarini so‘rab qolamiz


Murzaqobilova Barno Kosimovna-O"zlidep Olmazor tumani Kengashi apparat raxbari 2018-05-17 16:12:55

Men O'zLiDeP Olmazor tuman kengashi apparati raxbari sifatidagi faoliyatim davomida, Azizullo kabi g'ayratli va shijoatli yoshlarni juda ko'p taniyman. Albatta, ularning aksari O'zLiDeP a'zoligi bizni quvontiradi. Safimiz yosharib, iqtidorli yoshlar bilan kengayib boraversin. Yoshlarga omad. Mustaqil O'zbekistonimiz nomini dunyoga tanitavering aziz yoshlar.


Мелибоева Маъмура Толиповна Жиззах шаҳар Кенгаши Ижрочи котиби2018-05-17 14:50:54

Азизулло Қодиров каби ёшларимиз сафи янада кўпайишига тилакдошман.


Отамуродова Нодира Холдоровна O`zLiDeP Зарафшон шаҳар бўлими аппарат раҳбари2018-05-17 10:58:34

Ҳар бир соҳада бизнинг ёшларимиз бутун дунёга ўз қобилияти ва иқтидорини намойиш этиб, ўзбек деган номни бутун дунёга таратмоқда.Биз учун бу фаҳр.Азизуллога келажакдаги ўқишлари ва ишларига омад тилаб, янги ғоялар яратишда сира ҳам чарчамаслигини билдириб қоламан.


Абдулазиз Хасанов Избоскан туман кенгаши Аппарат рахбари 2018-05-17 09:40:55

Азизуллога ўхшаган тадбиркор ёшларимиз сони кўпайиб бораётганидан хурсандмиз.


T.Elmurodov Navoiy viloyat Uchquduq tumani KpSever BPT raisi2018-05-16 22:57:09

Tengdoshimizning loyihasiga qoyilman. Rejalari juda puxta. Ammo bir narsani sizdan iltimos qilib qolaman. Xorijga borib begona yurtda qolib ketmang. Davlatimizga aniq qayting.Siz O'zbekiston uchun keraksiz.


Zarafshon shahar boʻlimi partiya faoli Idiyev Behzod2018-05-16 22:34:43

Bugun mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga munosib javob bu. Bugun oʻzbek yoshlari har sohada dunyo yoshlari bilan boʻylashmoqda. Tengdoshim Azizulloga omad tilayman.


Кобул Неъматов Асака кўзгу БПТ2018-05-16 18:39:57

Асакалик ёшлар фаол бўлиши ҳар биримизни қувонтиради!


Xurshid Raxmonov Xalq deputatlari tuman kengashi deputati,Kubaro Diyor fermer xòjaligi raisi 2018-05-16 16:48:51

Yoshlarimiz òrtasida mana shunday nanotexnologiyalari asosida yurtimiz ravnaqiga ulkan hissalarini shòshida omadlar tilayman.


Диниева Гулистон Курбанбаевна КР Элликқалъа тумани2018-05-16 15:49:52

Мамлакатимизда Азизулло Қодиров каби истеъдодли йигит-қизларнинг сафи тобора кенгайварсин. Азизуллонинг ишларида омад тилайман.


Fikringizni qoldiring

+