O‘zLiDeP: aholining kitobxonlik ko‘nikmasini yanada yuksaltirish muhim vazifa

26.12.2016, 17:23

O‘zLiDeP: aholining kitobxonlik ko‘nikmasini yanada yuksaltirish muhim vazifa

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasining mazmun-mohiyatini jamoatchilikka keng targ‘ib etish, shuningdek, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni kitobga bo‘lgan mehr-muhabbatini yanada kuchaytirish maqsadida “Mutolaa san’ati – ma’naviyat sarchashmasi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. 

Unda partiya Siyosiy  Kengashi Ijroiya qo‘mitasi a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Toshkent shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, teatr va san’at vakillari, partiya faollari, xotin-qizlar, yoshlar, tadbirkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida mamlakatimizda yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rliklar yanada kuchaytirish alohida e’tirof etilganligi, shuningdek, dasturda yuksak ma’naviyatli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bosh ustuvor vazifa etib belgilangan.

Bu borada O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham davlatimiz rahbarining mazkur belgilab bergan ustuvor vazifalarni sidqidildan amalga oshirish maqsadida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, barcha ta’lim muassasalarida kitobxonlik kechalari, turli seminar va tanlovlar tashkil etishni rejalashtirgan.

Barchamizga ma’lumki, xalqimizda “Ko‘p o‘qigan – ko‘p biladi” degan gap bor. Ayniqsa, bu bilim yoshlikda egallansa, toshga o‘yilgan naqsh kabi ongu qalbga muhrlanadi. Shu bois mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida yoshlarga puxta bilim berish, ularning ma’naviyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida navqiron avlodning kitobga bo‘lgan mehrini, mutolaa madaniyatini oshirish borasida davlatimiz tomonidan izchil siyosat yuritildi.

Ma’naviyat maskanlari, axborot-resurs markazlari barpo etilayotgani, maktablar qoshidagi kutubxonalarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan boyitib borilayotgani soha ravnaqi yo‘lida ko‘rsatilayotgan ulkan e’tiborning yorqin ifodasidir.

– Shu bois yurtimizda chop etilayotgan turli nomdagi adabiyotlarni o‘quvchilar ommasiga yetkazishda kitob bayramlari muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbasari Muxlisa Akramova. —Barcha ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan muloqotlarda badiiy adabiyot, kitobxonlik madaniyati asosiy mavzularga aylanmoqda. Bu jarayonda O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tomonidan xalqimizning o‘ziga xos ezgu qadriyatlari va ma’naviy qiyofasini shakllanishiga xizmat qilgan nodir adabiyotlarni mamlakatimiz xotin-qizlari, ayniqsa yosh yigit-qizlar orasida ushbu belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish muhim ahamiyatga.

Tadbirda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingan 2017 yilda aholi bilan muloqot qilishning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish, xususan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali aholining keng ommasini jalb etish maqsadida adabiy musiqiy kecha uyushtirildi. Unda O‘zbek milliy teatri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar tomonidan xalqimiz sevgan shoirlarning ijod namunalari hamda sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Shuningdek tadbir davomida kitoblar savdosi va “Salomat bo‘ling!” jurnalining ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Milliy adabiyotimizning rivoji, kitobxonlikka bo‘lgan e’tibor va aholini ma’naviy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan mazkur ma’naviy ma’rifiy tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi 

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!