Xatirchilik M. Hoshimovning o‘z tomorqasida oqava suvdan qiynalayotgani bo‘yicha qilgan murojaati O‘zLiDeP deputati ko‘magida hal etildi

17.05.2018, 17:10

Xatirchilik M. Hoshimovning o‘z tomorqasida oqava suvdan qiynalayotgani bo‘yicha qilgan murojaati O‘zLiDeP deputati ko‘magida hal etildi

Xatirchi tumanida o‘z tomorqasida ekin-tekin qilib, barakali hosil olib kelayotgan yurtdoshlarimiz talaygina. Tuman aholisi yer va iqlim sharoitidan kelib chiqib, lalmikor, suv taqchil bo‘lgan hududlarda poliz-sabzavot, bog‘dorchilik, uzumchilikda yaxshi daromad olish sirlarini o‘zlashtirmoqda.

O‘zLiDeP hududiy tashkilotlari tomonidan “O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyatini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari natijasida hududda ishbilarmonlar soni tobora ortib boryapti.

 “Bog‘chakalon” mahallasida yashovchi Mamarajab Hoshimov ham o‘z tomorqasida 1,8 sotixlik mo‘jaz issiqxonasida pomidor, yana 2 sotix yer maydonida kartoshka, piyoz va boshqa sabzavotlar yetishtirmoqda.

– O‘tgan yili tijorat bankidan 7 million so‘m imtiyozli kredit olib, shu issiqxonani qurgan edik va shu yilning o‘zida 6 million so‘m sof foyda ko‘rdik, – deydi tadbirkor. – Ayni chog‘da ham issiqxonamizda pomidor ekkanmiz. Birinchi hosilni 6-7 million so‘mga chamalab turibmiz. Ilgari yerdan shuncha foyda olish mumkinligiga ishonmasdik. Tomorqaga mehr berib, foydasini ko‘ryapmiz.

Uchrashuv davomida tadbirkor mutasaddilardan oqava suvdan biroz qiynalayotganini aytib, shu muammoni hal etishda partiya faollaridan amaliy yordam so‘radi.

Uning murojaatini xalq deputatlari tuman kengashidagi partiya  deputatlik guruhi a’zosi Toshtemir Safarov o‘z zimmasiga olib, ijobiy hal etib berdi.

Azamat SAFAROV,

O‘zLiDeP Navoiy viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    647
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Умрбек Жаббаров ЎзЛиДеП Беруний тумани Кенгаши ижрочи котиби 2018-05-18 14:20:04

Депутатларимизга куч қувват тилаймиз.


"Дўстлик" МФЙ БПТ2018-05-18 11:15:46

“O‘zLiDeP бошланғич партия ташкилотлари ўз томорқасида фаолиятини бошлаганларга кўмакдош” лойиҳаси доирасида олиб борилаётган тарғибот ишлари натижасида ҳудудлардаги аҳоли ҳам, Халқни оғирини енгил қилганимиздан биз ҳам хурсандмиз.


Саида Умаралиева Жиззах вилоят Кенгаши Матбуот котиби2018-05-18 10:14:38

Вилоятларимизда бошланғич партия ташкилотлари билан ишлаш гурухи рахбарлари жуда фаоллик билан ишлашмоқда. Уларнинг ишларига ривожлар тилаб қоламиз.


А.Хошимов2018-05-18 09:57:00

Хурматли вилоятлардаги партиядошлар Навоий вилоятини маколасига муносабатингиз йукмиди нима жимсизлар Навоийликлар фаолку


Навоий вилояти Конимех туман З.Айдарова2018-05-17 19:48:53

Юртимизда Тадбиркор ва фермерларни қўллаб-қувватлаш ва муаммоларини бартараф этиш бизнинг асосий вазифамиздир.


Қобил Астонов O'zLiDeP Навоий вилоят Кенгаши ташкилий-партиявий ишлар бўлими мудири2018-05-17 19:41:16

Томорқа оила бюджетига даромад келтирувчи манбадир. Қишлоқ аҳолисининг ҳар бир оиласи ўз томорқасида қишлоқ хўжалик махсулотларини етиртирса, ички бозорларда нарх навонинг ўсишини олди олинган бўлар эди. Аммо баъзи томорқа эгалари борки, томорқада меҳнат қилишни унитиб қўйган.


O’zLiDeP Навоий вилояти ҳудудий партия ташкилоти ходими Чингиз Раджабов2018-05-17 19:27:52

Тадбиркор ва фермерларни қўллаб-қувватлаш ва муаммоларини бартараф этиш бизнинг асосий вазифамиздир.


Жасур Рустамов (Навоий шаҳар бўлими ижрочи котиби)2018-05-17 17:29:01

ишингизга ва хирмонингизга барака берсин Мамаражаб Ҳошимов.


Fikringizni qoldiring

+