O‘zbekiston – AQSH: strategik sheriklikning yangi davri

18.05.2018, 09:42

O‘zbekiston – AQSH: strategik sheriklikning yangi davri

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018-yil 15-17 may kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. 

16 may kuni Oq uy qarorgohida davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda O‘zbekiston – AQSH hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. 

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining “O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi” deb nomlangan Qo‘shma bayonoti qabul qilindi. Turli sohalardagi o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar to‘plami imzolandi. 

Jumladan, energetika, ikki tomonlama savdo munosabatlarini kengaytirish, oliy ta’lim va akademik tadqiqotlar, qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bo‘yicha ahdlashuv protokollari qabul qilindi. O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi hamda 2018 yilda Toshkentda Markaziy Osiyo savdo forumini o‘tkazishda hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumlari imzolandi. Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan AQSH Eksport-import banki o‘rtasida qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida memorandum qabul qilindi. 

Bu kelishuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarning tarixiy ahamiyatga molik yangi davrini boshlab berishi shubhasiz. 

O‘zbekiston delegatsiyasining AQSHga tashrifi munosabati bilan “Villard interkontinental” mehmonxonasida tashkil etilgan qabul marosimida Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan muloqot o‘zaro ishonch va hurmat, bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida o‘tganini alohida ta’kidladi. “Biz bu tarixiy tashrifni keyingi ikki yilda misli ko‘rilmagan sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan O‘zbekiston – AQSH hamkorligining mantiqiy davomi, deb bilamiz. Garchi mamlakatlarimiz geografik nuqtai nazardan bir-biridan olis bo‘lsa-da, mehnatsevarlik, bag‘rikenglik va vatanparvarlik kabi qadriyatlar xalqlarimizni birlashtirib turadi”, dedi davlatimiz rahbari. 

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tarixi va madaniyatini chuqur o‘rganib, butun dunyoda keng targ‘ib etayotgan Frederik Starr va boshqa amerikalik olimlarga tashakkur izhor etdi. 

Tadbirda o‘zbek maqom san’atini rivojlantirish, xalqimizning boy madaniy merosini dunyoda targ‘ib etishga qo‘shgan hissasi uchun maqom ansamblining sobiq xonandasi Izro Malakovga O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti unvoni berilgani e’lon qilindi. Izro Malakov bunday yuksak e’tibor uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi. 

Tashrifning uchinchi kuni ham uchrashuv, muzokara va tadbirlarga boy bo‘ldi. 

Davlatimiz rahbari AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidentining rasmiy tashrifi ikki mamlakat manfaatlariga xizmat qilishi qayd etildi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, tashqi siyosat mahkamalari aloqalarini faollashtirish masalalari muhokama qilindi. 

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Pentagonda AQSH mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan muzokara olib bordi. 

Prezidentimiz tashqi siyosatimizdagi ochiqlik va yaxshi qo‘shnichilik prinsiplariga asoslanib, Vatanimiz suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlash maqsadida mamlakatimizning yangi Mudofaa doktrinasi qabul qilingani, harbiy okruglarning tarkibiy tuzilishi va vazifalari tubdan qayta ko‘rib chiqilib, harbiy bilim yurtlari isloh qilinganini ta’kidladi. 

O‘zbekiston bu sohada Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan tajriba almashish, harbiy, harbiy-texnikaviy, mudofaa va xavfsizlik yo‘nalishlarida hamkorlik qilishdan manfaatdor, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

AQSH mudofaa vaziri O‘zbekiston mintaqada muhim geostrategik ahamiyatga ega davlat ekanini ta’kidladi. 

O‘zbekistonning ochiq va konstruktiv tashqi siyosati natijasida Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik muhiti yaratildi. Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani bilan muloqotlaringiz, Afg‘oniston ishlari bo‘yicha maxsus vakil tayinlaganingiz muhim ahamiyatga ega. Rasmiy tashrifingiz doirasida qabul qilingan besh yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik rejasi mintaqada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi, dedi Jeyms Mettis. 

Uchrashuvda mudofaa va xavfsizlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik sohalaridagi munosabatlarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. 

Davlatimiz rahbari Kapitoliyda AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Trent Kelli boshchiligidagi kongressmenlar bilan uchrashdi. Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro ishonch va manfaatdorlikka asoslangan munosabatlar qaror topgani qayd etildi. Parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 

Prezidentimiz parlament va hukumat darajasidagi ikki tomonlama tashriflar faollashgani siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi. 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Senati Raisi o‘rinbosari, moliya bo‘yicha qo‘mitasi raisi Orrin Xetch boshchiligidagi senatorlar bilan muloqot qildi. Suhbatda parlamentlararo aloqalar, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 

Mamlakatimiz rahbarining AQSHga rasmiy tashrifi dasturidan o‘rin olgan mazkur uchrashuv strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kuni Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim bilan uchrashdi. 

Davlatimiz rahbari uzoq yillardan buyon Jahon bankida ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan ko‘rishdi. 

Bugungi kunda O‘zbekiston bilan mazkur bank o‘rtasidagi hamkorlik energetika, irrigatsiya va kommunal tarmoqlarni modernizatsiya qilish, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini qamrab olgan. 2020 yilgacha hamkorlik bo‘yicha qo‘shma dasturga 27 ta muhim loyiha kiritilgan. Ularning umumiy qiymati 4 milliard dollardan iborat bo‘lib, uning 3 milliard dollari Jahon banki kreditlaridir. 

Davlatimiz rahbari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik iqtisodiy loyihalarda Jahon banki bilan hamkorlik yuksak samara berayotganini qayd etdi. O‘zbekiston Jahon banki bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidladi. 

Uchrashuvda istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqilib, amaliy aloqalarni yanada kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi. Bog‘dorchilikni rivojlantirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, sanoat korxonalarining energiya tejamkorligini oshirish, isitish tarmoqlarini modernizatsiya qilish, moliyaviy konsultativ xizmat ko‘rsatish kabi sohalarga oid bitimlar imzolandi. 

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSHga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi. O‘zaro munosabatlardagi tarixiy voqea bo‘lgan ushbu tashrif hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‘tarishi shubhasiz.

Abu Bakr O‘ROZOV,
 
O‘zA muxsus muxbiri.
 
Toshkent – Vashington – Toshkent
 

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Kun mavzusi
  • Ko'rildi
    1186
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Саодат Қорабоева Боёвут туман депутати2018-05-23 15:38:19

АҚШ Президенти Дональд Трамп,-"Мен учун Ўзбекистон етакчиси билан учрашиш катта шарафдир. У ўз мамалакатида ҳам, унинг ташқарисида ҳам ҳурмат эътибор қозонган",-деб таърифлади. Бу таърифлар замирида юртбошимизнинг кеча-ю-кундуз, халқ учун жон куйдириб фидокорона, керак бўлса мардлик кўрсатиб қилаётган машақатли ва изчил меҳнатлари ётибди. Ўзбекистонда ишлаб чиқилган ислоҳатлар бардавом ва муқаррар бўлишга тарақийпарвар инсоният ишонч билдирмоқда. Мухтарам юртбошимизга юртимизда у бошланган ислоҳатларнинг амалга оширилишида мустаҳкам соғлиқ, чексиз куч-қувват беришни Оллохдан сўраймиз.


Тошматова Хонимой Жиззах вилоят Зафаробод туман O'zLiDeP фаоли2018-05-19 12:49:56

Давлатларимиз ўртасидаги дўстона муносабатлар абадий бўлишига тилакдошман.


Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-05-19 09:07:16

O'zbekistonning yutuqlarini bugun dunyo e'tifof etmoqda. Buning uchun eng avvalo Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevga o'z minnaddorchiligimni bildiraman. U kishining faoliyati hammamiz uchun o'rnak.


Каттақўрғон шахар Кенгаши аппарат рахбари2018-05-18 22:12:55

Мамлакатимиз раҳбарининг АҚШга расмий ташрифи дастуридан ўрин олган мазкур учрашув стратегик шериклик муносабатларини янада ривожлантириш, икки мамлакат парламентлари ўртасидаги ҳамкорликни мустаҳкамлашга хизмат қилади.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани 2018-05-18 18:19:31

Мамлакатимиз раҳбарининг АҚШга расмий ташрифи дастуридан ўрин олган мазкур учрашув стратегик шериклик муносабатларини янада ривожлантириш, икки мамлакат парламентлари ўртасидаги ҳамкорликни мустаҳкамлашга хизмат қилиши белгиланди. Бу келгусида экки давлатни якинлаштириб, давлатимиз ривожланиши янада жадаллашади ва куплаган янгиликларга гувох буламиз деб яхши ният билан умид киламиз.


Ш.Ибрагимов Қизилтепа туман аппарат раҳбари 2018-05-18 16:02:25

Икки давлатнинг бундай шерикчилик битими давлатларнинг стратегик келажали учун жуда катта замин яратибгина қолмай уларнинг ривожланишида хизмат қилади.


Мухмддинова Сетора (Навоий шаҳар БПТ)2018-05-18 15:12:30

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Америка Қўшма Штатлари Президенти Дональд Трампнинг таклифига биноан 2018 йил 15-17 май кунлари расмий ташрифи давомида турли соҳалардаги ўзаро муносабатларни янада мустаҳкамлашга қаратилган ҳужжатлар тўплами имзоланиши ҳар икки давлат учун фойдали деб ҳисоблайман


Жасур Рустамов (Навоий шаҳар бўлими ижрочи котиби)2018-05-18 15:10:59

"Ўзбекистон ва Америка Қўшма Штатлари: стратегик шериклик янги даврининг бошланиши" деб номланган Қўшма баёнотини қабул қилиниши. Икки мамлакатнинг дўстона ҳамкорликдаги ўзаро муносабатларни мустаҳкамлайди.


Насиба-СТМ, Нукус2018-05-18 14:53:12

Ўзбекистон ва Америка қўшма штатлари: стратегик шериклик янги даврининг бошланиши бу икки давлат ўртасида яхши қўшничилик алоқалар ўрнатилиши. Икки давлат ўртасида энергетика, қишлоқ хўжалиги сохасида хамкорлик бўйича ахдлашув хужжати бу икки давлатнинг бирга ишлашиш йўлидаги мухим қадамдир. Савдо муносабатларида келишувлар бу икки давлат тадбиркорларига яратилган яна бир имконият хособланади


Жиззах вилоят Лобар фермер хўжалиги БПТ раиси Р.Исроилов2018-05-18 14:43:58

Узоқни ўйлаб босилган бу тсратегик қадам албатда юртимизни янада ривожлантириш йўлида қилинаётган ишлар омилидир бу албатда ўз самарасини беради.


Fikringizni qoldiring

+