O‘zLiDeP faollari Baliqchidagi “Chin Golden Valley” MChJ faoliyatini kengaytirishda ko‘maklashdi

18.05.2018, 14:58

O‘zLiDeP faollari Baliqchidagi “Chin Golden Valley” MChJ faoliyatini kengaytirishda ko‘maklashdi

Baliqchi tumani, Chinobod shaharchasi, Qo‘rg‘oncha mahallasida joylashgan “Chin Golden Valley” MChJ un mahsulotlarini qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanadi. Hozirda korxonaga davlat tomonidan ajratiladigan me’yoriy fond miqdori 4 tonnani tashkil etadi. Lekin korxona rahbari I.Abdulazizov fond miqdorini oshirish orqali faoliyatini yanada kengaytirish niyatida.  

To‘g‘ri, tadbirkor shu masalada tegishli idoralarga murojaat qildi. Biroq har qadamda ishbilarmonga imtiyoz va shart-sharoitlar yaratilayotgan bir paytda uning murojaati javobsiz qolaverdi. Loqaydlik soyasida qolib ketayotgan bu muammo O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi faollari aralashgach ijobiy yechim topdi. 

–Ochig‘i, shu masalada bir nechta tashkilot eshigini qoqishga to‘g‘ri keldi. Chunki ishlab chiqarishimni rivojlantirish uchun fond orqali har oyda olinayotgan taqsimotdagi un mahsulotlarini qayta ishlashda fond miqdorini ajratish juda muhim edi, – deydi tadbirkor. – Partiya  faollaridan minnatdorman. Boisi, ular aralashgach muammoga qisqa fursatda yechim topildi. Endi partiya ko‘magi bilan ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va qo‘shimcha tseh tashkil etib, yangi ish o‘rinlari yaratmoqchiman.

Ha, ishbilarmonning muammosi O‘zLiDeP e’tiboridan chetda qolmadi. Tuman hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish va iqtisodiyot bo‘limi bilan hamkorlikda masala hal etildi. Hozirda tadbirkorning ishlab chiqarish faoliyati uchun erkin savdoda un mahsulotlari sotib olish bo‘yicha taklifi atroflicha o‘rganilmoqda.

 Dilshodbek ABDULLAYEV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1109
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-05-19 08:57:44

O'zLiDeP ko'magida tadbirkorlarning muammolari ijobiy yechim topayotganligi hammamizni quvontiradi.


Жиззах вилояти Фориш туман "WAVE OFF OCEAN" БПТ раиси Синдаров Турсунали2018-05-18 18:20:56

Тадбиркорлар O‘zLiDeP ҳимоясида


Шоира Эшбоева, Навоий вилоят Кенгаши2018-05-18 18:01:58

Жойларда тадбиркорлар муаммоларини ҳал қилишда партия фаолларининг ташаббуслари кўпайиб, партиянинг тадбиркорлар ва ишбилармонлар орасида мавқеи янада мустаҳкамланиб бормоқда.Бунинг учун жонкуярларга раҳмат.


Жиззах вилояти Дўстлик тумани ижрочи котиби Н.Исматова2018-05-18 16:26:36

Тадбиркорларимизга партия кўмаги натижадорлигидан хурсандмиз


Жиззах вилояти Дўстлик тумани ижрочи котиби2018-05-18 16:25:46

Тадбиркорларимизга партия кўмаги натижадорлигидан хурсандмиз


Жасур Рустамов (Навоий шаҳар бўлими ижрочи котиби)2018-05-18 15:20:35

И.Абдулазизовнинг ишларига омадлар тилаймиз.


Fikringizni qoldiring

+