“Ishbilarmon ayol”ko‘rik-tanlovi ishtirokchisi “YeL Diyor” MChJ rahbari Mavjuda Ibragimova yana qo‘shimcha 10 ta ish o‘rini yaratmoqchi

18.05.2018, 15:02

“Ishbilarmon ayol”ko‘rik-tanlovi ishtirokchisi “YeL Diyor” MChJ rahbari Mavjuda Ibragimova yana qo‘shimcha 10 ta ish o‘rini yaratmoqchi

O‘zLiDePning istiqbolli loyihalaridan biri – “Ishbilarmon ayol”ko‘rik-tanlovining Jizzax shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ishbilarmon ayollarning innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mahallashtirish, eksport salohiyatini oshirish, ko‘p tarmoqli ishlab chiqarishni rivojlantirish va doimiy ish o‘rinlari yaratishdagi faolligiga alohida e’tibor qaratildi.

– Asalarichilik, baliqchilik, parrandachilik, bog‘dorchilik va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat olib boramiz, – deydi ko‘rik-tanlov g‘olibi “YeL Diyor” MChJ rahbari Mavjuda Ibragimova. – Hozirga kunda 16 nafar doimiy, 30 nafar mavsusmiy ishchi-xodimni bandligini ta’minlaganmiz. Kelgusida ham rejalarimiz ko‘p. Mahsulotlarni o‘zimizda qayta ishlash loyihasini amalga oshirib, yana qo‘shimcha 10 ta ish o‘rni yaratmoqchimiz.

Tanlovda shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Xususan, “Tashabbuskor ayol” nominatsiya bo‘yicha Nargiza To‘ychiyeva, “Bitiruvchi qizlarga eng ko‘p ish o‘rni yaratgan ishbilarmon ayol” nominatsiyasi bo‘yicha Sayyora Jo‘rayeva, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli” nominatsiyasi bo‘yicha Mapura Rizayeva, “Zamonaviy tadbirkor ayol portreti” nominatsiyasi bo‘yicha esa Dildora Karimovalar g‘olib deb topildi va partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tanlovda “Marjona Qandolat” korxonasi rahbari Dilorom Boboqulova hamda yakka tartibdagi tadbirkor Dilfuza Toshbekovalar tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax  viloyat Kengashi

matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1413
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ўрозбоев Шохрух ЎзЛиДеП Зарбдор туман Кенгаши ижрочи котиби 2018-05-22 17:54:44

Мен бир нарсага хайронаман. Ўтказилаётган тадбирларнинг савияси бор-у лекин сифати йўқ. Хўп тадбиркор 10 та ишчи ўрин яратмоқчи ниманинг эвазига ўз маблағи ва Давлат кредити хисобига .......


Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-05-19 08:54:15

“ЕL Diyor” МЧЖ раҳбари Мавжуда Ибрагимова kabi turli yunalishlarda faoliyat olib borib yurtni ravnaqiga munosib hissa qo'shayotgan tadbirkor ayollarning safi yanada kengaysin.


Шоира Эшбоева, Навоий вилоят Кенгаши2018-05-18 18:07:13

Тадбиркор аёлларни рағбатлантириш ва уларни излаб топиш бугун "Аёллар қаноти"нинг муҳим фаолият йўналиши ҳисобланади.Уларга келгусида ҳам кўплаб ишбилармон аёлларни рағбатлантирсин.


Мадина Бекматова Навоий вилоят Кенгаши ходими 2018-05-18 16:59:06

Сайёра Жураева каби ахоли бандлигида уз хиссасини кушаётган тадбиркор аёллар сафи купайсин.


Феруза Хайдарова тадбиркор2018-05-18 15:18:42

O‘zLiDePнинг Аёллар қанотига Хорманг деб қоламиз.Доимо мана шундай биз каби тадбиркорлар меҳнатини юзага чиқарадиган кўрик-танловлар ташкиллаштирилишига тилакдошмиз.


Феруза Хайдарова тадбиркор2018-05-18 15:18:39

O‘zLiDePнинг Аёллар қанотига Хорманг деб қоламиз.Доимо мана шундай биз каби тадбиркорлар меҳнатини юзага чиқарадиган кўрик-танловлар ташкиллаштирилишига тилакдошмиз.


Мафтуна Норқўзиева Етакчи қизлар клуби аъзоси2018-05-18 15:14:16

Юртимизда мана шундай тадбиркор опаларимиз кўпаяверсин. Тадбир ташкилотчиларига омадлар тилаймиз.


Fikringizni qoldiring

+