XIVA: turizm rivojida O‘zLiDePning ham ulushi bo‘lishi kerak

18.05.2018, 15:07

XIVA: turizm rivojida O‘zLiDePning ham ulushi bo‘lishi kerak

2017 yil Tailand poytaxti Bangkokka 20,2 million xorijiy sayyoh tashrif buyurganini, Dubay shahri turizm ortidan deyarli 30 milliard AQSh dollari miqdorida foyda ko‘rganini hisobga olsak, bizning bu yo‘nalishda hali juda ko‘p ishlashimiz kerakligi ayon bo‘ladi.

Xiva mamlakat turizmining tayanch nuqtalaridan bo‘lib, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Qo‘qon, Shahrisabz va boshqa qadimiy, ko‘rkam shaharlar bilan birga sayyohlik industriyamiz taraqqiyotida o‘ziga xos o‘ringa ega.

Prezidentimizning 2017 yil 18 yanvardagi “2017-2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorida mintaqaning, shu jumladan, Xorazm viloyati, Xiva shahri hamda tumanining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilgandi. Shu maqsadda Xorazm viloyati hokimligi apparatida hokimning turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi hamda tegishli kotibiyat joriy etildi. Yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyat hokimligida o‘tkazgan yig‘ilishda turizm imkoniyatidan yetarli foydalanilmayotgani, ushbu sohada ko‘plab muammolar to‘planib qolganini alohida ta’kidladi. Bu borada aniq tavsiya va topshiriqlar berdi.

Ushbu qimmatli ko‘rsatmalarni og‘ishmay amalga oshirish orqali iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, jamiyatni yangilash borasida siyosiy partiyalar, shu jumladan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolari, elektorati zimmasida mas’uliyatli vazifalar turibdi.

O‘zLiDePning Xiva tuman Kengashi 49 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti tevaragida 802 nafar faol a’zosini birlashtirgan. Ular sanoat hamda agrar sho‘‘ba salohiyatini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan birga turizm istiqbollarini kengaytirishda baholi qudrat ishtirok etmoqdalar. Partiyaning Xiva tuman Kengashi viloyatdagi eng ilg‘or turdosh bo‘g‘inlardan sanaladi. Tashkiliy-partiyaviy, yoshlar va ayollar masalalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar saviyasi yuqori. Ammo turizm sohasini rivojlantirish, tarmoqqa innovatsion g‘oyalarni tatbiq etishga bag‘ishlangan tadbirlar barmoq bilan sanarli.

Albatta, O‘zLiDeP deputatlari so‘rovlari orasida aholining og‘irini yengil qilayotgan jihatlar ko‘p. Misol uchun tuman Kengashi deputati S.Ro‘zmetovaning tashabbusi bilan “Avaz do‘nak” aholi maskaniga elektr manbai uzatadigan yangi uskuna o‘rnatildi. Yana bir faol deputat O.Ismoilovning so‘roviga ko‘ra Chinobod qish­log‘ini obod qilish, o‘nga yaqin xonadonda oilaviy biznesni bosh­lash yuzasidan muhim ishlar bajarildi. Keyingi paytda partiya faollari tumanda turizm istiqboli uchun ham jon kuydirmoqda.

– Aytaylik, Otaboy Olloberganov “Boltaboy oqsoqol” fermer xo‘jaligida vetnam texnologiyasi asosida baliqchilikni rivojlantirmoqda, – deydi O‘zLiDeP Xiva tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Sh.Otajonov. – Fermer xo‘jaligining yerlari cho‘lga tutash. Shu tufayli biz Otaboy akaga o‘z fermer xo‘jaligida ekoturizm nuqtasini yaratishni taklif etdik. U bajonidil rozi bo‘ldi. Tez orada bu yerga tashrif buyuradigan sayyohlar kiyik va tuyaqushlarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Qishloq turizmini rivojlantirishga kirishyapmiz. Tez kunlarda partiya a’zolarining sayyohlik rivojidagi ishtirokini kuchaytirishga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazmoqchimiz.

Partiya faoli haq. O‘zLiDeP o‘z a’zolari, elektorat ishtirokida ko‘plab tadbirlar, aksiya va ko‘riklar o‘tkazmoqda. Ularda partiya hayotini jonlantirish yuzasidan qimmatli takliflar o‘rtaga tashlanmoqda. Shuning barobarida, kamida ikkita yangi ish o‘rni, bitta turizm nuqtasi yaratish masalasi ham ko‘ndalang qo‘yilsa, ayni muddao bo‘lardi.

Turizmni jadal rivojlantirish borasida O‘zLiDePning o‘tgan yil 7 dekabrdan e’tiboran ta’sis etilgan Xiva shahar Kengashi e’tirofga loyiq ishlarni uddalamoqda. Shahar kengashi 53 ta BPT tevaragida 815 nafar partiya a’zosini birlashtirgan. Ular barcha sohalar qatori turizmni rivojlantirishga ham jiddiy bel bog‘lashi zarur. Chunki ushbu hudud turizmida oqsoqlanishlar ko‘p, bu hozir hal qilinmasa, ortga surilib ketaveradi. 

Davlat rahbarining sayyohlik sohasini rivojlantirishga doir farmon va qarorlari qabul qilindi. Ayniqsa, “2017-2021 yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish dasturi” doirasida “Buxoro-Miskin” zamonaviy temir yo‘l liniyasi, “Urganch-Xiva” yo‘nalishida “Afrosiyob” rusumli poyezdlarga mo‘ljallab qurilayotgan liniya, Xivadagi zamonaviy temir yo‘l shohbekati bunyod etilgani, shubhasiz, sohada yangilanishlar kechayotganini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Urganch xalqaro aeroportining ko‘p parametrlari jahon andozalari darajasiga yetkazildi. Sayyohlar uchun mo‘ljallangan o‘nlab qulay avtobuslar sotib olinib, mehmonxona xo‘jaligi tubdan yangilanmoqda. “Urganch-Xiva” trolleybus liniyasi modernizatsiya qilinishi esa shu yo‘nalishda salmoqli ishlar bajarilayotganining yana bir ifodasidir.

– Qadimiy va navqiron Xivamizda turizmni rivojlantirishda O‘zLiDePning ulushi bormi? – deydi partiya Xiva shahar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari S.Masharipova. – Bor. Lekin bu ulush bugungi shiddatli zamon talabiga mos emas. Shu yilning 3-5 oktabr kunlari poytaxtimizda o‘tadigan xalqaro sayyohlik yarmarkasiga hozirlik ko‘rarkanmiz, shunday xulosaga keldik. Biz, avvalo, eng ilg‘or kompaniyalar tajribasini o‘zlashtirib, sohada professional xodimlar sonini ko‘paytirishimiz, turizmga ko‘proq tadbirkorlarni jalb etishimiz, mavjud imkoniyatlardan to‘laroq foydalanishimiz kerak. Shundagina sayyohlikning mamlakat yalpi mahsulotidagi ulushi oshadi, minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi, g‘aznaga mo‘may foyda kelib tushadi. Ayni chog‘da qadimiy shaharning yangi qiyofasi yaratiladi. Buning uchun hamjihatlikda, shiddat bilan ishlash zarur.

Yangiboy QO‘ChQOROV,

“XXI asr” muxbiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2132
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-05-19 08:50:15

Nafaqat Xivada balki respublikamizning juda ko'b jabxalarida turistik imkoniyatlar yuqori darajada rivojlanmoqda. Bu sohani rivojlantirish .O'zbekistonni xalqaro nufuzini yanada ortishiga sabab bo'ladi.


O`zLiDeP Ҳазорасп туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари – аппарат раҳбари.М. Абдиримов2018-05-19 08:44:04

Биз бугун ички туризимга ҳам эътибор беришимиз, кўпроқ тадбиркорларни жалб этишимиз, мавжуд имкониятлардан тўлароқ фойдаланишимиз керак. Хивадаги замонавий темир йўл шоҳбекати бунёд этилгани, шубҳасиз, соҳада янгиланишлар кечаётганини кўрсатади.


Каттақўрғон шахар Кенгаши аппарат рахбари2018-05-18 22:10:47

Хива мамлакат туризмининг таянч нуқталаридан бўлиб, Тошкент, Самарқанд, Бухоро, Термиз, Қўқон, Шаҳрисабз ва бошқа қадимий, кўркам шаҳарлар билан бирга сайёҳлик индустриямиз тараққиётида ўзига хос ўринга эгадир.


Исомов Акрам Жиззах вилоят Кенгаши2018-05-18 17:37:45

Қадимий тарихий обидалар кўп бўлган давлатимизда туризм соҳасини ривожлантириш учун тадбиркорларни жалб этиш, ички имкониятлардан кўпроқ фойдаланишимиз лозим.


Абдували Холиқов-Навоий вилоят Кенгаши бўлим мудири2018-05-18 17:25:32

Республикамизнинг барча ҳудудларида туризмни ривожлантириш бўйича имкониятлар етарли. Жумладан, Навоий вилояти ҳам туризм салоҳияти юқори вилоятлардан бири ҳисобланади.


Қобил Астонов O'zLiDeP Навоий вилоят Кенгаши ташкилий-партиявий ишлар бўлими мудири2018-05-18 17:23:56

Қадимий ва навқирон Хива ўзининг ўзгача жозибаси, инсонларни тарих билан суҳбатга чорлайдиган маскан. Биз аввалом бор ўзимизда ички туризимни янада ривожлантиришимиз мана шундай тарихий шаҳарларимизга сайёҳатлар уюштириб туришимиз керак. Биз бугун ички туризимга ҳам эътибор беришимиз, кўпроқ тадбиркорларни жалб этишимиз, мавжуд имкониятлардан тўлароқ фойдаланишимиз керак. Шундагина сайёҳликнинг мамлакат ялпи маҳсулотидаги улуши ошади, минглаб янги иш ўринлари яратилади, иқтисодимиз янада барқарорлашиб боради.


O'zLiDeP Жиззах вилоят Кенгаши Дилшод Турсунбоев 2018-05-18 15:52:16

Бугунги кунда ҳудудларни барқарор ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг энг муҳим омилларидан бири сифатида ички туризмни жадал ривожланмоқда.


O'zLiDeP Жиззах вилоят Кенгаши Дилшод Турсунбоев 2018-05-18 15:52:16

Бугунги кунда ҳудудларни барқарор ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг энг муҳим омилларидан бири сифатида ички туризмни жадал ривожланмоқда.


Андижон туман "Гулсум"ХИЧК бпт раиси Ш.Хожибеков2018-05-18 15:46:38

Туризмга кўпроқ тадбиркорларни жалб этишимиз ва мавжуд имкониятлардан тўлароқ фойдаланиш учун шарт шароитлар яратилмоги даркор.


Жиззах вилояти Дўстлик туман ҳокимлиги БПТ раиси Ф.Зайиров 2018-05-18 15:40:08

O‘zLiDeP ёшлар қаноти томонидан "Ёш инновациячи" кўрик танловининг туман босқичлари ўтказилди ушбу танловда туризм соҳасини ривожлантириш йўналишида ҳам талабалар иштирок этиб “Жиззахнинг қадимий, маданий меърос объектларини дунёга тарғиб қилиш ва вилоятга туристларни жалб этиш” лойиҳаси билан иштирок этишди. Ўйлаймизки ёшларимизнинг туристларни жалб этиш лойиҳаси эътибордан четда қолмайди


Fikringizni qoldiring

+