Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv iste’moli sohasida tizimli nazorat o‘rnatiladi

18.05.2018, 15:38

Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv iste’moli sohasida tizimli nazorat o‘rnatiladi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida “Qishloq ho‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv iste’moli sohasidagi tizimli nazorat masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 7 mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda unda belgilab berilgan ustuvor vazifalarga qaratildi.

- Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash Prezidentimizning doimiy nazoratida turgan vazifalardan biri bo‘lib, bu borada qator Farmon va qarorlar qabul qilindi, - deydi Samarqand shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i Po‘lat Axmedov. - Mazkur me’yoriy xujjatlarning uzviy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatining tashkil etishilishi  sohada to‘planib qolgan qator muammolarni  bartaraf etishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Davra suhbatida ushbu qarorning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida targ‘ibotini kuchaytirish, uning ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oirilayotgan ishlarni nazorat qilish partiya oldidagi muhim vazifalardan biri ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.         

- Mazkur qaror bilan Bosh prokuratura huzurida inspeksiyaning tashkil etilishi biz fermerlarni yanada quvontirib yubordi, - deydi Bulung‘ur tumanidagi “Shohjahon” fermer xo‘jaligi rahbari Dilbar Jalilova. - Mazkur hujjatga muvofiq, endilikda Inspeksiya don ekinlari, paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari, shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlar davlat resurslarining sifati, ulardan oqilona hamda maqsadli foydalanilish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining, ularning ekspluatatsiya qilinishi, sifati samaradorligini nazorat qiladi. O‘ylaymanki, yangi inspeksiyaning tashkil etilishi biz tadbirkor va fermerlarning oldidagi qator muammolarini bataraf etishga xizmat qiladi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

 matbuot kotibi 

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1463
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Анвар Шобеков O'zLiDeP Самарқанд вилоят Каттақўрғон туман Кенгаши ижрочи котиби2018-05-25 12:44:24

Бугунги кунда суғорилмайдиган ерлар яъни даш зоналардан оқилона фойдалниш бағлар ташкил этилишини қўллаб-қувватлаш, имтиёзли кредитлар ажратишни жадаллаштириш озиқ-овқат хавсизлигини таъминлашдаги мухим ишлардан биридир.


Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-05-19 08:40:11

Агросаноат мажмуи ва озиқ-овқат хавфсизлиги таъминланиши устидан назорат қилиш инспекцияси фаолиятининг ташкил этишилиши соҳада тўпланиб қолган қатор муаммоларни бартараф этишдa депутатлар хам жонбозлик курсатиши лозим


Каттақўрғон шахар Кенгаши аппарат рахбари2018-05-18 22:04:58

Озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш Президентимизнинг доимий назоратида турган вазифалардан бири бўлиб, бу борада қатор Фармон ва қарорлар қабул қилинлиги. Давра суҳбатида ушбу қарорнинг мазмун-моҳиятини аҳоли ўртасида тарғиботини кучайтириш, унинг ижросини таъминлаш юзасидан амалга оширилаётган ишларни назорат қилиш партия олдидаги муҳим вазифадир.


И.Очилова-Навбаҳор тумани, "Очилова Инобат" БПТ2018-05-18 18:57:26

Янги инспекциянинг ташкил этилиши ва қулайликларнинг яратилиши биз фермерларни қувонтиради.


Қобил Астонов O'zLiDeP Навоий вилоят Кенгаши ташкилий-партиявий ишлар бўлими мудири2018-05-18 16:35:20

Бугунги кунда озиқ-овқат хавсизлигини таъминлаш аҳолига сифатли махсулотлар етказиб бериш, Президентимизнинг доимий назоратида турган вазифалардан бири. Ушбу қарор асосида Агросаноат мажмуи ва озиқ-овқат хавфсизлиги таъминланиши устидан назорат қилиш инспекцияси фаолиятининг ташкил этишилиши соҳадаги муаммоларни бартараф этишда сифати ва самарадорлигини назорат қилишда қўл келади.


Жиззах вилояти Дўстлик тумани "Азизбек уфқлари" фермер хўжалиги БПТ раиси Баҳрамов Азизбек2018-05-18 15:57:32

Фермерларга яратилаётган имкониятлардан самарали фойдаланиш лозим


Fikringizni qoldiring

+