O‘zLiDeP VIII Syezdiga delegatlar saylanmoqda

06.10.2016, 17:33

O‘zLiDeP VIII Syezdiga delegatlar saylanmoqda

Ma’lumki, joriy yilning 4-dekabr kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda ushbu muhim tadbirni yuqori saviyada tashkil etish uchun joylarda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Shu kunlarda partiya hududiy kengashlarida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining joriy yil 16-sentabrdagi majlisi qarorida partiyaning navbatdagi S’ezdiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar konferensiyalari o‘tkazilmoqda. O‘zLiDeP tarafdorlari bo‘lajak Prezident saylovini mamlakatimiz hayotida eng muhim siyosiy jarayonligini hisobga olib, mazkur tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazishda faollik ko‘rsatmoqda.

Partiya konferensiyalari ishtirokchilari, avvalambor, elektorat vakillari va boshlang‘ich partiya tashkilotlari rahbarlari partiya VIII Syezdiga delegatlarni saylash masalalarini qizg‘in muhokama etmoqda.

Alohida ta’kidlash joizki, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qaroriga muvofiq dastlab, hududlarda boshlang‘ich partiya tashkilotlarining umumiy yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda o‘z safida 250 mingdan ziyod a’zoni birlashtirgan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasida 10 ming 282 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti mavjud bo‘lib, hozirda ushbu tayanch bo‘g‘inlarining barchasidaO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini uyushqoqlik bilan o‘tkazish hamda ularda tuman (shahar) konferensiyalariga delegatlar saylash masalalariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishlar o‘tkazildi. Quyi bo‘g‘inlarning yig‘ilishlaridan saylangan delegatlar partiya hududiy kengashlaridagi barcha tuman (shahar) tashkilotlarining konferensiyalarida ishtirok etib, barcha tuman va shahar kengashlarida tadbirlar samarali tashkil etildi.

2016-yil 5-oktabr kuni O‘zLiDeP Toshkent viloyat  Kengashining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazilib, unda barcha tuman Kengashlaridan 120 nafar delegatlar qatnashdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovda faol ishtirok etish hamda O‘zLiDeP VIII Syezdiga partiya viloyat tashkilotidan delegatlar saylash masalasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, bugun mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini uyushqoqlik bilan, yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish,  mazkur siyosiy jarayonga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rish borasida joylarda saylov bilan bog‘liq barcha tashkiliy ishlar, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etilmoqda.

 - Joriy yilning 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish quyi bo‘g‘inlar bilan bir qatorda tuman (shahar) va viloyat partiya tashkilotlari zimmasiga ham alohida ma’suliyat yuklaydi, - deydi O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi raisi v.b T.Fayziev – Aytish o‘rinliki, O‘zLiDeP faollarida yetarli kuch, tajriba va salohiyat bor. Bu esa tuman(shahar), viloyat partiya tashkilotimizdan yana ham faollik ko‘rsatishni talab qiladi. Demak, barcha imkoniyatlarimiz, orttirgan tajribamiz belgilangan maqsad va rejalarni ro‘yobga chiqarishga qaratilishi darkor. Shu sababli, hozirda viloyatimizda 50 ming 274 nafar a’zolarni birlashtirgan 795 ta boshlang‘ich partiya tashkilotimizdan siyosiy jarayonlarda puxta tayyorgarlik ko‘rish, partiya g‘oyalarini keng aholi orasida kuchliroq targ‘ib qilish, partiya faollarini sonini yanada ko‘paytirish, saylovga oid barcha targ‘ibot-tashviqot tadbirlarni samarali tashkil etish borasida vazifalar belgilab olinmoqda. Mazkur vazifalarni joylarda yetkazish maqsadida barcha quyi bo‘g‘inlarimizda dastlab umumiy yig‘ilishlarni o‘tkazdik, shundan so‘ng quyi bo‘g‘inlardan saylangan delegatlar tuman (shahar) kengashlari konferensiyalarida ishtirok etib, eng munosiblari bugungi viloyat konferensiyamizga tashrif buyurishgan.

Tadbir davomida, so‘zga chiqqanlar, yurtimizning mustaqillikka erishishi va milliy davlatchiligimizning tiklanishi, o‘tgan yigirma besh yilda barcha sohalarda qo‘lga kiritilgan olamshumul yutuq va muvaffaqiyatlar, shuningdek, mamlakatda xalq farovonligi yo‘lida olib borilayotgan islohotlarning aholi o‘rtasida mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish, partiyaning elektorat orasiga kirib borishida quyi bo‘g‘in a’zolari hamda tuman (shahar), viloyat partiya tashkilotlari faolligini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Qizg‘in baxs munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tgan Toshkent viloyat partiya tashkiloti Konferensiyasidan partiyaning VIII Syezdiga delegatlar saylab olindi.

O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar