O‘zLiDeP sayyor qabulida Marhamat-Andijon yo‘nalishida asossiz ravishda oshirilayotgan yo‘l haqlari muammosi hal etildi

O‘zLiDeP sayyor qabulida Marhamat-Andijon yo‘nalishida asossiz ravishda oshirilayotgan yo‘l haqlari muammosi hal etildi

Marhamat tumanida yashovchi Matlubaxon Sobirova ko‘pdan beri Polvontosh shaharchasida o‘quv markazi tashkil etish niyatida yuribdi. Chunki fuqaro hudud yoshlarinng mana shu masalada oqsayotganidan xabardor. Markaz tashkil qilish uchun mablag‘ ham, hujjatlar ham tayyor, faqat faoliyatni yo‘lga qo‘yishda madadkor, suyanch kerak.

O‘zLiDeP tuman kengashi tomonidan “Marhamat” qishloq va suv xo‘jaligi kasb-hunar kollejida tashkil etilgan sayyor qabulda tuman Davlat xizmatlari agentligi markazi fuqaroga yordam qo‘lini cho‘zdi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida “Konchilar” mahallasi ahli ayrim fuqarolar o‘z tomorqalarini toza ichimlik suvi bilan sug‘orayotgani sababli hududning ba’zi xonadonlari ichimlik suvi tanqisligidan aziyat chekayotganini aytdi. Mazkur muammo tuman “Suvoqava” korxonasi  rahbari tomonidan atroflicha o‘rganilib, shu yerning o‘zida ijobiy  hal etildi.

–Bundan tashqari, Marhamat-Andijon yo‘nalishidagi ayrim yo‘lovchi mashinalar yo‘l haqlarini asossiz ravishda oshirib olayotganliklari bo‘yicha aholi vakillari tomonidan qilingan murojaat bo‘yicha o‘rganishlar olib bordik, – deydi xalq deputatlari Marhamat tuman kengashi deputati Xafizaxon Mamarizayeva. – Ayni chog‘da  fuqarolarga yengillik yaratish maqsadida ularning talab va istaklarini hisobga olgan holda mazkur yo‘nalishda yana ikkita avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilyapti.  

Shuningdek, sayyor qabul davomida aholi vakillarining imtiyozli kredit olish, ehtiyojmand oilalar uchun ajratilayotgan uy-joylar ro‘yxatiga kiritish kabi masalalarda qilgan murojaatlari atroflicha o‘rganildi.

 Olimjon TALIPOV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1329
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Xudayberdieva Mohidil Norboevna O‘zLiDeP Zarafshon shahar bo‘limi ijrochi kotibi2018-05-22 00:39:39

Andijondagi yulovchi taksilarni xizmat narxini asossiz ravishda oshirib borilishini oldi olinganligi juda xam yaxshi natija.Bunday deputatluk nazoratlarini butun respublika bo‘ylab o‘tkazilsa hamda ushbu muammo nazoratga olinsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.


Тургунова Мукаддасхон Учкуприк туман "Учкуприк МФЙ"БПТ раиси2018-05-21 14:41:46

Партиямиз депутатлари томонидан олиб борилаетган харакатлар натижасида партиямизнинг обруси янада ошаётганлигидан хурсандмиз. Омад бизларни хеч качон тарк этмасин.


Абдурахмонова Фотима Махмудовна Учкуприк туман Кегаши аппарат рахбари2018-05-21 14:25:34

Партия томонидан утказилаётган "Сайёр кабул"лар натижасида купгина муоммолари хал булмаётган ёшларимизнинг хам муоммоларига ечим топилмокда. Натижада улар бизга миннатдорчилик билдириб кетишмокда. Иложи булса режадан ташкари хам "Сайер кабул"лар утказиш керак.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-20 09:23:53

Сайёр қабуллар давомида муаммоларни бартараф этиб кўпроқ ижобий натижаларга эришсак шундагина халқ ишончини оқлаймиз


Ж.Ражабова Кармана тумани БПТ раиси2018-05-20 04:34:10

Партия томонидан ташкил этилган бундай сайёр кабул ва учрашувларда долзарб муаммолар у́рганилиб, натижада халкни мушкулини осон килиб келаётгани бизни кувонтирди.


O’zLiDeP Навоий вилояти ҳудудий партия ташкилоти ходими Чингиз Раджабов2018-05-19 16:11:48

Аҳолига оз бўлса ҳам ҳиссамиз қўшилганлигидан ҳурсандмиз.


Муяссархон Умурзақова Андижон вилоят Кенгаши мафкуравий ташвиқот тарғибот бўлими мудири2018-05-19 13:49:12

Партиямиз томонидан ўтказилаётган бундай сайёр қабулларда вилоятимизнинг чекка-чекка худудларидаги аҳоли ўз муаммоларига ечим топмоқда. Мурожаатлар бўлими фаолиятига омад!


H.Ruziyeva Navoiy viloyati apparat rahbari2018-05-19 13:17:46

O'zLiDeP tashabbusi bilan o'tkazilayotgan sayyor qabullarda xalqning muommolari ijobiy yechim topayaptimi demak biz to'g'ri yo'ldamiz.


Сайитқулов Мовлон Жиззах вилояти Зафаробод туман Хулкар ШФЙ БПТ раиси2018-05-19 13:13:28

O'zLiDePнинг сайи харакатлари билан кўпгина фуқароларнинг оғири енгил бўлмоқда бунинг учун O'zLiDeP фаолларидан жудда миннадормиз.


Fikringizni qoldiring

+