O‘zLiDeP faoli Isroil Davranov aholi tomorqalarida kam harajat qilgan holda issiqxona tashkil etishga qaratilgan loyiha ishlab chiqdi

19.05.2018, 13:11

O‘zLiDeP faoli Isroil Davranov aholi tomorqalarida kam harajat qilgan holda issiqxona tashkil etishga qaratilgan loyiha ishlab chiqdi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Chortoq tumanida yosh tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida yurgan uyushmagan yoshlar uchun amaliy seminar tashkil etdi.

Seminarda soha mutasaddilari tomonidan mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati, biznesni yuritish yo‘l-yo‘riqlari, tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, soliq qonunchiligi va imtiyozlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

–Tadbir davomida innovatsion g‘oyalarga asoslangan issiqxona tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqqan loyiham partiya vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, – deydi Chortoq Pedagogika kolleji
2-bosqich talabasi Isroil Davranov. – Ushbu loyiham aholi tomorqalarida kam harajat qilgan holda issiqxona tashkil etishga qaratilgani bilan O‘zLiDeP vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi. Endi “Mikrokreditbank” tuman filialidan imtiyozli kredit olib, loyihani hayotga tatbiq etmoqchiman.

Tadbirda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan uyushmagan yoshlar N.Umarov va B.Turg‘unovlarga zarur ko‘rsatmalar, tavsiyalar berildi.

IBROXIM SATTAROV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1397
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Чортоқ Педагогика коллежи3-босқич талабаси Исроил Давранов2018-11-28 20:30:36

Avalam bor asalomu alekum hozirgi kunda yoshlarimizga imkoniyatlar keng ochib berilmoqda. Nafaqat Tadbirkorlik sohasi bõyicha va boshqa sohalarda ham yoshlarimizni õz loyihalarini qõlab quvatlashingizni sõrayman


Isroil Davranov2018-11-28 20:18:56

Avalam bor asalomu alekum hozirgi kunda yoshlarimizga imkoniyatlar keng ochib berilmoqda. Nafaqat Tadbirkorlik sohasi bõyicha va boshqa sohalarda ham yoshlarimizni õz loyihalarini qõlab quvatlashingizni sõrayman


Кулматов Улугбек-Шурчи туман Кенгаши аппарат рахбари2018-05-22 18:05:24

Ешларимизнинг бунаканги лойихалари тахсинга сазовор, бунаканги ешларимизни биз партиямиз ходимлари,фаоллар,депутатлар билан биргаликда жойларда купрок семинарлар утказиб, ешларимиздан чикаетган шундай инновацион лойихаларни купрок аниклаб, бу лойихаларни руебга чикаришда амалий ердам,кумак бериб боришимиз зарур деб хисоблайман


Angor tuman Kengashi Kelajak deputati Obid Ortiqov2018-05-22 16:40:43

Bunaqa loyixalar yurtimizda ko‘payaversin. Bu loyixalar albatta yurtimiz ravnaqi va rivoji uchun xizmat qiladi.


Отаханов Улуғбек2018-05-22 12:54:37

шундай ёшларни амалий ва маънавий хам жисмоний кўмак беришиммиз лоизшунда ёшлар бегона ёт ғояларга ва бошқа чет давлатларга ишлашга кетишлари камаяр еди.


Ахмедова Пайзилат Қува тумани "Сув хўжалиги" БПТ раиси2018-05-21 14:42:45

Бундай лойиҳаларни бутун оммага тарғиб қилиш керак


Бекзод БОБОМУРОТОВ O'zLiDeP Навоий вилояти Нурота туман бўлими аппарат раҳбари2018-05-21 13:22:48

иссиқхона оилавий даромад кўрсаткичларини кўтарадиган асосий йўналишларидан эканлиги сир эмас, бу тўғри албатта, камхарж иссиқхона масаласику жуда ажойиб, агар юқоридаги иссиқхона лойиҳаси кенгроқ ёритилса аниқ жадваллар асосида яна кўпроқ фикрлашардик. Рахмат


Абдусоқиев Аҳмад2018-05-21 11:25:08

Аҳоли томорқаларида бу каби иссиқхоналарнинг ташкил этилиши, дехқон бозорларимизда мўл - кўлчилик бўлишини таъминлаш билан бир қаторда, ташқи бозорларда ҳам Ўзбекистон мева - сабзавотларини экспортини кенгайтиришга катта ҳисса қўшади деб ўйлайман.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-20 09:13:02

Жойларда ёш тадбиркорлар ва тадбиркорлик фаолиятини бошлаш истагида юрган уюшмаган ёшлар учун кўпроқ амалий семинарлар ташкил этсак мақсадга мувофик бўларди


Кумкургон туман УзЛиДеП фаоли Рихсиев Камол2018-05-19 14:56:39

Шу лойиха канака эканлигини хам ёзсаларингиз биз хам урганардик


Fikringizni qoldiring

+