Parlament vakili aholi orasida

19.05.2018, 13:22

Parlament vakili aholi orasida

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R.Kusherbayev xalq bilan yaqindan muloqot qilish, ularni o‘ylantirib kelayotgan muammolarni hal etish maqsadida Zangiota tumanidagi “O‘rtaovul” va “Bo‘zsuv” mahallalari aholisi bilan uchrashdi.

Yuzma-yuz muloqot davomida hudud aholisi tomonidan ko‘plab murojaatlar kelib tushdi.

 Masalan, “Olmazor” MFYda yashovchi M.Rihsiboyeva tumandagi imtiyozli uy-joylardan birini olishda, M.Inagamov esa Muqumiy 1, Muqumiy 2 ko‘chalarini ta’mirlash hamda 4-avtobus korxonasiga qarashli 84-yo‘nalishli avtobusni “Obod turmush” MFY xududigacha borishida amaliy yordam so‘radi. Parlament vakili har ikki masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish orqali muammoni hal etib berishini ma’lum qildi.  

“Katta Chinor” MFYda yashovchi D.Ibragimova mahalladagi mavjud kanalizatsiya umuman ishlamasligi, yuqori kuchlanishli elektr simlari aholi harakatlanadigan yo‘llarda osilib yotgani, ko‘chalar ta’mirtalab ahvolda ekanidan shikoyat qildi. Xalqning ishonchli vakili bu muammolarni  joyiga chiqib o‘rgandi va deputatlik so‘rovi orqali bartaraf etishga va’da berdi.

– Yuzma-yuz muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan turli sohalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R.Kusherbayev. – Albatta, murojaatlarning aksariyatini shu yerning o‘zida hal etishga harakat qildik. Lekin aksar muammolarni nazoratga oldik.  Endi tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish orqali ularning yechimini topishga kirishamiz. Aslida uchrashuvdan maqsad ham odamlarni tashvishga solayotgan muammolarni o‘rganish, yechish, odamlarni hayotdan rozi qilishdan iborat edi va bunga oz bo‘lsada erishdik, deb hisoblayman.   

Uchrashuvda hudud aholisi tomonidan kelib tushgan muammolar yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

 A.TUYChIYEV,

 Toshkent viloyati Kengashi

matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1176
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

И.Сафарбоев. Шовот туман кенгаши депутати2018-05-21 13:29:08

халқ билан яқиндан мулоқот қилиш, уларни ўйлантириб келаётган муаммоларни ҳал этиш мақсадида жойларда ташкил қилинаётган учрашувлар, сайёр қабулларда оз бўлсада халқ дардини енгиллаштирадиган самарага эришилмоқда.


Б.Юлдашев. O`zLiDeP Навоий вилояти Кенгаши 2018-05-21 10:09:39

Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутатларининг халқимиз орасида бўлиб, уларнинг яшаш шароити ва муаммоларини ўрганиши халимизнинг депутатларимизга бўлган ишончларини янада оширади.


Сергели туман Турсунбоева Элеонора Баходировна2018-05-21 09:47:48

Кўпдан кўп депутатларимиз сайёр қабуллар ва очиқ мулоқотлар ўтказиб ҳалқнинг дарди ҳамда уларни ечими топилмаган ишларига ўз ёрдамлари билан кўмаклашиб келмоқда.


Қобил Астонов O'zLiDeP Навоий вилоят Кенгаши ташкилий-партиявий ишлар бўлими мудири2018-05-21 08:37:26

Ҳақиқатдан аҳоли орасида бундай муаммолар талайгина. Шуни билаб юртбошимизни халқимиз биздан рози бўлсин бунинг учун биз фақат ва фақат халқ орасида юриб ишлашимиз уларни муаммоларини ҳал қилиш чораларини кўришимиз керак демади.


O’zLiDeP Навоий вилояти ҳудудий партия ташкилоти ходими Чингиз Раджабов2018-05-19 16:05:11

Жойларда депутатларимиз аҳоли билан учрашиб, фуқароларнинг муаммо ва таклифларни бартараф этиб келинаётганлиги албатта бу кувонарли холат.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-19 15:50:17

Депутатларимиз халқ билан кўпроқ учрашиб мавжуд муаммоларни ҳал этишса мақсадга мувофиқ бўлар эди


Н.Саимова Навоий вилояти2018-05-19 14:24:01

Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутатлари томонидан ахолининг муаммоларини эшитиб ижобий хал этилишида у́з ваколати доирасида ёндошаётлиги ва барча худудни у́рганиб мавжуд муаммоларни бартараф этиб келинаётганлиги кувонарли холат.


Fikringizni qoldiring

+