O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” urganchlik xotin-qizlar o‘rtasida sportning turli yo‘nalishlarida musobaqa o‘tkazdi

15.05.2018, 11:36

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” urganchlik xotin-qizlar o‘rtasida sportning turli yo‘nalishlarida musobaqa o‘tkazdi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Urganch tumanidagi 13-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida “Sport sog‘lom hayot tarzi” mavzuida ayollar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazdi.  

Unda xotin-qizlar sportning yugurish, shashka-shahmat, stol tennisi, suzish, voleybol turlari  bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

– Ayollarning ezgu tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etishga doir ishlar hajmi tobora ortmoqda, – deydi xalq deputatlari Urganch tuman kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi T.Bakiyeva. – Bu kabi tadbirlar ayollarda o‘z salomatligiga bo‘lgan mas’uliyatni oshirish, oilada, ta’lim maskanida, jamiyatda, sportga qiziqishni yanada kuchaytirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz.  

Musobaqa so‘nggida g‘olib va sovrindorlarga O‘zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Musharraf RAXIMOVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Ayollar bilan ishlash bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1699
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+