Namanganda 24 ta investitsiya loyihasiga 65,2 milliard so‘m kredit ajratildi

21.05.2018, 16:40

Namanganda 24 ta investitsiya loyihasiga  65,2 milliard so‘m kredit ajratildi

Bu haqda Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda “Markaziy bank” viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i 1-o‘rinbosari Ma’ruf Rahmonovning hisoboti tinglandi.

– Kichik biznes sub’ektlari tomonidan sanoat tarmoqlarida amalga oshirilgan 129 ta investitsiya loyihalarining 91 tasiga kredit ajratilishi belgilangan, – deydi M.Rahmonov. – Shu kunga qadar mazkur loyihalardan 24 tasiga 65.2 mlrd so‘m kredit ajratildi va natijada 302 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

– Keyingi paytlarda xalqimiz turmush tarzini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka keng jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi Baxtiyor Jo‘rayev. – Negaki mazkur masala bugungi kunning dolzarb va kechiktirib bo‘lmaydigan masalasi hisoblanadi. Shu bois biz deputatlar sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturidagi 486, mintaqaviy investitsiya dasturidagi 360 ta loyihani o‘rganib, vakolatimiz doirasida amaliy yordam berib kelmoqdamiz.  

Yig‘ilishda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, budjetning daromadlar bazasini oshirish, yangi ish o‘rinlari barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlarning ishlab chiqilgani va amalga oshirilgan ishlar holati yuzasidan ham fikr almashildi.

Yulduz YuLDASHEVA,

 O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

 matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1113
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Отаханов Улуғбек2018-05-22 12:50:41

хар бир хиссобот бераётган ташкилот рахбарларини маълумотларини кўпайтириш лозим.


А.Раҳбаров-O'zLiDeP Марғилон шаҳар Кенгаши аппарат раҳбари2018-05-22 08:54:09

Tadbirkor o‘z ishbilarmonligini namoyon etib, yangi ish o‘rinlarini yaratib, aholi bandligini ta‘minlashning vaqti keldi nazarimda. Barcha tadbirkorlar prezidentimiz bildirgan ishonchni oqlashi zarur va shart.


Xudayberdieva Mohidil Norboevna O‘zLiDep Zarafshon shahar bo‘limi ijrochi kotibi2018-05-21 23:43:58

Deputatlar tomonidan korxona va tashkilotlar faoliyati yuzasidan nazorat o‘rnatilishi, har bir tashkilot rahbarining o‘z ishiga bo‘lgan mas‘uliyat hissini yanada oshiradi.


Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-05-21 21:25:33

Investitsion loyihalarni amalga oshirilishi hududlarning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishida asosiy omillardan biridir.


Ўктамбек Қорабоев-ЎзЛиДеП Шўрчи туман Кенгаши ижрочи котиби2018-05-21 17:28:11

Юртимиз саноат тармоқларида инвестиция лойиҳаларининг ортиши бюджетнинг даромадлар базасини оширади хамда янги иш ўринлари яратади.


Навоий вилоят Чингиз Раджабов 2018-05-21 17:24:13

Корхона ва ташкилот раҳбарлар аҳоли олдида ҳисобот эшитувлари самарали бўлиши учун депутатлар фаол бўлиши керак.


Г.Олтинова-Навбаҳор тумани 2018-05-21 17:17:13

Ўтказиладиган ҳар бир ҳисобот эшитувлари самарали бўлиши учун биз депутатлар фаол бўлишимиз керак. Шундагина муаммолар бартараф этилади.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-21 17:01:45

Барча раҳбарлар халқ олдида ҳисобдор ҳисобланади!


Tursunali2018-05-21 16:54:17

Бу яхши албатта, лекин энг аввало ташкил этилаётган ёки ташкил этилган корхоналар махсулотларини ёки хизматларини интернет орқали юқори сифатда реклама қилиш дунёга кўрсатиш лозим. Шунингдек ташкил этилаётган иш ўринларига муносиб ишчи ва ходимларни синов йўли билан танлаб олиш зарур зеро махсулот ёки хизматлар сифати биринчи навбатда уларга боғлиқдир. Турсунали WAVE OF OCEAN хусусий корхона рахбари


Шоира Эшбоева,2018-05-21 16:52:03

Иннвкестиция лойиҳаларини ишга тушуришда кредитлар ажратилиши муҳим омил ҳисобланади.Бундай тадбирларда лойиҳа ижрочилари ва лойиҳага талабгорлар ҳам фаол иштирок этиб, ўз таклифларини билдириши керак.


Fikringizni qoldiring

+