Yangi tashabbus taraqqiyotga xizmat qiladi

05.08.2017, 18:30

Yangi tashabbus taraqqiyotga xizmat qiladi

Davrning shiddat bilan rivojlanishi jahon bozori kon’yunkturasini keskin o‘zgartirib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotganiga bugun barchamiz guvoh bo‘lib turibdi.

Bunday  sharoitda davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirishda  2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mutlaqo yangicha yondashuv bo‘lib,  uning O‘zbekistonda  davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirishdagi ahamiyati va uni dastlabki natijalarini butun dunyo e’tirof etmoqda.

Bu albatta har bir fuqaro qalbidan faxrlanish to‘yg‘usini paydo qilish bilan birga ushbu tarixiy jarayonga daxldorlik hisi bilan yashash va amaliy ishi bilan hissa qo‘shishiga undaydi.

Shu nuqtai nazardan “Taraqqiyot strategisi” markazi va O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan Bitim juda muhim ahamiyatga egadir.

Bitim O‘zLiDePning doimiy elektorati bo‘lgan tadbirkorlar va fermerlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, xo‘jalik boshqaruvi sohasidagi bilim va tajribalarini muntazam oshirib borish yuzasidan doimiy seminar-trening, ochiq muloqotlar, ko‘rgazma va forumlar hamda boshqa tadbirlarni tashkil etish, kichik biznes vakillariga qulay shart-sharoitlar yaratish, buning asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda kichik tadbirkorlikning rolini oshirishga hissa qo‘shishni nazarda tutadi.

Mazkur Bitimning samarali amal qilishi, shubhasiz, partiyaning  elektorati bilan ishlash, uni o‘ylantirayotgan muammolarni o‘rganish va hal etilishiga ko‘maklashish borasidagi biz, deputatlar faoliyatimizni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Matluba Maxametova,

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashidagi

partiya guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3196
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+