Harakatlar strategiyasi - yurt obodligi, el farovonligi yo‘lida

09.06.2017, 18:41

Harakatlar strategiyasi - yurt obodligi, el farovonligi yo‘lida

Islohotlarning yangi bosqichini boshlab bergan 2017-2021 yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturining  ijrosi jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning birinchi choragi davomida Strategiyaning Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha avtomobil yo‘llari holatini yaxshilash va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari doirasida 102 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi. 1130,4 km ichki xo‘jalik yo‘llari, qishloq va ovullar ko‘chalari to‘liq va joriy ta’mirlandi.

Mazkur amaliy ishlar natijasi to‘g‘risida O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan “GM Uzbekistan” AJ viloyati filialida “Harakatlar strategiyasi – islohotlarning yangi bosqichi” mavzuida tashkil etilgan davra suhbatida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

—Bugungi davra suhbatida bevosita yo‘lsozlik va avtomobilsozlik faoliyatiga oid sohalarda olib borilayotgan islohotlar, yangilanishlar, qolaversa, Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan qator yangi farmon, qonun va qarorlarning mazmun-mohiyati borasida ham ishtirokchilar bilan o‘zaro fikr almashdik, - deydi Xalq deputatlari Xazorasp tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi vakili Sobir Jumaniyazov. Ayniqsa, Sh.Mirziyoyevning “2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori va unda keltirilga qator vazifalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Munozarada so‘z olgan “GM Uzbekistan” AJ Xorazm viloyati filialidagi partiyaning boshlang‘ich tashkiloti raisi Ulug‘bek Matkarimov Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizdagi har bir soha qatori yo‘lsozlikka ham qaratilayotgan e’tibor natijasida 2017 yil butun respublika miqiyosida 2700 kilometr, 2018 yilda esa 2754 kilometr xo‘jaliklararo qishloq avtomobi yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning ko‘chalarini kapital va joriy ta’mirlash rejaga kiritilganligi ulkan bunyodkorlik ekanligini hamda joriy yilning 26 may kuni Prezidentimizning “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJ ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga narxlar shakllanishini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan faoliyat yo‘nalishida yangi sahifani ochib berganligini qayd etdi. O‘z so‘zida yurtimizda ishlab chiqarayotgan avtomobilllar ravon va ko‘rkam ko‘chalarga yanada salobat bag‘ishlashini faxr bilan ta’kidladi.

Shuningdek, tadbirda Davlat dasturi doirasida viloyatdagi partiya deputatlik guruhi tomonidan olib borilgan amaliy ishlar bilan ham tanishtirib o‘tildi.

Viloyatdagi partiya deputatlik guruhi tomonidan joriy yil birinchi chorak davomida 220 ta deputatlik so‘rovi, 64 ta deputatlik guruhi tashabbuslari bilan xalq deputatlari Kengashlari majlislarida mansabdor shaxslar (organlar) hisobotlarining eshituvi hamda 20 ta Xalq deputatlari Kengashlari sessiyalari muhokamasiga kiritilgan takliflarning mazmun-mohiyatini ishtirokchilar qizg‘in muhokama etib, partiya va deputatlik guruhi faoliyatiga oid qator takliflarni o‘rtaga tashlashdi.

Durdona Qobulova,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1296
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+