Elchi O‘zLiDeP Xorazm viloyati Kengashi faoliyati bilan tanishdi

24.05.2018, 16:35

Elchi O‘zLiDeP Xorazm viloyati Kengashi faoliyati bilan tanishdi

Urganch shahrida Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Yermek Utemuratov O‘zLiDeP Xorazm viloyati Kengashi raisi Sh.Safarboyev bilan uchrashdi.

Unda mehmon O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan partiyaviy loyihalarni amalga oshirilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan  tanishdi, shuningdek tomonlar o‘rtasida ikki mamlakat xududlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, bu jarayonlarda siyosiy partiyalarning roli to‘g‘risida o‘zaro fikr almashildi.

Uchrashuvda Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Ye.Utemuratov so‘z olib, Qozog‘iston Respublikasida jamiyat hayotini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha to‘xtaldi hamda Xorazm viloyatiga tashrifidan ko‘zlangan maqsadlar haqida gapirdi. Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik munosabatlari, strategik sheriklik hamda mushtarak maqsadlar yangicha bosqichga ko‘tarilayotganligi ta’kidlandi.

 O‘z navbatida siyosiy partiyalar ham ikki mamlakat o‘rtasida erishilgan yuqori darajadagi kelishuvlardan ko‘zda tutilgan dolzarb vazifalarni hayotga joriy etishda faol ishtirok etishlari zarurligi alohida qayd etib o‘tildi. Xususan, Xiva va Olma-ota shaharlarini birodarlashgan shaharlar darajasiga olib chiqish, Qozog‘istonning yirik shaharlarida Xorazmning turistik va ziyorat salohiyatini targ‘ibot etuvchi burchaklar tashkil etish, o‘zbekistonlik jurnalistlar bilan mamlakatlar turistik imkoniyatlarini keng yoritishni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv do‘stona ruhda o‘tdi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1227
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

С. Машарипова УзЛиДеП Хива шахар Кенгаши аппарат рахбари2018-05-25 19:43:23

Мамлакатларимиз уртасидаги узаро дустона муносабатлар жадал ривожланишига чин дилдан ишонаман.Мавжуд улкан салохият узаро манфаатли ва самарали илмий-техник,иктисодий ва маданий алокаларни янада жадал ривожлантиришга хизмат килади.


G.Ro'ziyeva O'zLiDeP Zarafshon shahar bo'limi "Ayollar qanoti" gurux raxbari.2018-05-25 15:47:11

Xalqimiz azal-azaldan do'stlik va mehmondo'stlik kabi qadriyatlar bilan yashab kelgan. Bugungi kunda yanada rivoj topayotgan davlatlararo hamdo'stlik bardavom bo'lsin. Bunday aloqalar davlatlar o'rtasida amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichlarga olib chiqishiga ishonamiz.


Шовот туман Кенгаши аппарат рахбари2018-05-25 10:14:01

Урганч шаҳрида Қозоғистон Республикасининг Ўзбекистон Республикасидаги Фавқулодда ва мухтор элчиси Ермек Утемуратов O‘zLiDeP Хоразм вилояти Кенгаши раиси Ш.Сафарбоев билан учрашиши дўстона алоқаларни янада мустахкамласин.


O`zLiDeP Ҳазорасп туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари – аппарат раҳбари. М. Абдиримов2018-05-25 09:29:29

Қозоғистон Республикасининг Ўзбекистон Республикасидаги Фавқулодда ва мухтор элчиси Ермек Утемуратов O‘zLiDeP Хоразм вилояти Кенгаши раиси Шавкат Сафарбоев билан учрашуви, икки мамлакат ўртасидаги амалга оширилаётган ишларни янгича босқичга олиб чиқишига ишонамиз.


Дурдона Қобулова Партия фаоли 2018-05-24 19:26:12

Дўстлик, ҳамжиҳатлик, биродарлик ҳалқлар ўртасидаги азалий қадриятлардан биридир. Сиёсий майдонда Ўзбекистон ўзгача қиёфада акс этмоқда бу нафақат пойтахтимизда балки чекка ҳудудларда ҳам ўз исботини топмоқда. Ўйлайманки бундай дўстона учрашувлар бошқа қўшни давлатлар билан ҳам давом этади.


Fikringizni qoldiring

+