Simsiz elektr energiyasi uzatish qurilmasi ixtirochisi “Yosh innovatsiyachi” tanlovining respublika bosqichida qatnashadi
25.05.2018, 15:46
Ilmga chanqoqlik, yangilikka intilish, yaratish ishtiyoqi – yangidan-yangi innovatsion g‘oyalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Mirzacho‘l agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Egamberdi Avlonberdiyev yosh bo‘lishiga qaramay, ko‘pdan beri yangi innovatsion g‘oyalar ustida ish olib boradi. Tanlovda u ishlab chiqqan loyiha hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi.
– Hozirda “Masofadan simsiz elektr energiyasi uzatish qurilmasi” loyihasi ustida ish olib borayapman, – deydi u. – Loyihani yaratishdan maqsad elektr energiyasi uzilishlarining oldini olish, elektr energiyasi sarfini kamaytirish, uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berishdan iborat. Agar ushbu loyiha hayotga tatbiq etilsa, behuda elektr energiyasi sarfi kamayadi, kelgusida aholi va barcha sanoat tarmoqlariga elektr energiya yetkazib berishdagi kamchiliklar bartaraf etiladi.
Tanlovda Egamberdi Avlonberdiyevdan tashqari, Jizzax iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Abduvohid Shodiyev hamda Zarbdor melioratsiya va suv xo‘jaligi kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Qodiriy Safarovlar tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar.
Olim NORJIGITOV,
O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
-
Maktab bitiruvchilari yoshlar kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdi
01.03.2024, 22:13
-
Yoshlarning siyosiy savodxonligi oshirilmoqda
24.02.2024, 13:44
-
Deputatlar va partiya faollari yoshlar huzurida
24.02.2024, 13:22
Bildirilgan fikrlar
Yusupov Alijon2023-06-07 17:36:12
yosh ixtirochi Egamberdi Avlonberdiyevni telefon raqami kerak
Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-05-25 19:43:14
Агар фақатгина электр энергияни бевосита истеъмолчига етиб боришда электр симлардаги йўқотиш 12% ни ташкил этишни ҳисобга олсак, бу лойиҳанинг нақадар муҳимлиги яққол намоён бўлади. Бу каби жаҳоншумул ихтироларни кашф этаётган ёшларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш ҳар биримизнинг таъбир жоиз бўлса, муқаддас бурчимиздир.
Қосимжон Шопўлатов Хатирчи тумани2018-05-25 18:04:05
Ёшларни ўз бизнесини ривожлантириш ва ихтироларини яратишда кумаклашиш эртанги кунимизни ривожланган технологиялар даври хисобланиши учун заминдир
Навоий вилояти Ч.Раджабов2018-05-25 17:56:44
Юртимизда ихтидорли ёшлар сафи кенгайсин.
Б.Юлдашев. O`zLiDeP Навоий вилояти Кенгаши 2018-05-25 17:04:23
Партиямиз томонидан ўтказилаётган “Ёш инновациячи” кўрик-танлови илмга чанқоқ, ёшларимиз орасидан янгидан-янги инновацион ғояларни яратаётган ёшларимизни ишларини юзага чиқаришга хизмат қилмоқда. Раҳмат Сизга тадбир ташкилотчилари.
Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-25 16:03:21
“Ёш инновациячи” кўрик-танлови иқтидорли ёшларни излаб топиш ва уларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлашга қаратилганлиги алоҳида аҳамиятга эга
Жиззах вилояти Зарбдор туман Кенгаши аппарат рахбари Жаҳонгир Баҳодирович2018-05-25 15:55:00
Худо хохласа бизнинг Зарбдордаги иштирокчимиз Сафаров Қодирбек танловнинг Республика босқичида ҳам фахрли ўринларни эгаллайди деган умиддамиз. Олимжон ака сизга рахмат чекка худуддаги ёшларимизни юзага чиқариётганиз учун