O‘zLiDeP deputatlari Surxondaryo viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hisobotidan qoniqdi
25.05.2018, 16:22
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Surxondaryo viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Normo‘minovning hisoboti tinglandi.
J.Normo‘minov soliqlar turini qisqartirish va soliq yukini yengillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalar ekan, birinchi navbatda, yirik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i 7,5 foiz, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlari 8 foizga qisqartirilganini ma’lum qildi. Shuningdek, o‘simlik yog‘i bo‘yicha aksiz solig‘ini 50 foizga qisqartirish hisobiga fermerlar daromadini ko‘paytirish maqsadida paxta tolasi va chigit narxi oshirilganini aytdi.
– Viloyatning 2018 yilgi mahalliy budjet xarajatlari 1 trln. 879.9 milliard so‘m bo‘lib, shundan iqtisodiyot xarajatlariga qariyb 79.2 milliard so‘m ajratildi, – deydi J.Normo‘minov. – Bu o‘tgan yilga nisbatan 32 foizga oshgan. Shuningdek, viloyatning tuman, shaharlarini obodonlashtirish, xalqimiz turmush tarzini yaxshilash maqsadida mahalliy budjetdan 52.9 milliard so‘m ajratilgan.
Yig‘ilishda shuningdek, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jismoniy shaxslarning daromad solig‘i pasaytirilib, shaxsiy jamg‘arib boriladigan hisob raqamlariga ajratma miqdori amaldagi 1 foizdan 2 foizga oshirilgani, ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning umumiy qiymati 3,5 foizdan 3,2 foizga kamaytirilgani ta’kidlandi.
Muhammadali MAMADALIYEV,
O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat
kengashi bo‘lim mudiri
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
-
Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
26.01.2024, 11:58
-
Boshqarma boshlig‘ining hisoboti eshitildi
25.01.2024, 15:34
-
Zominlik deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisobotini eshitdilar
23.01.2024, 15:15
Bildirilgan fikrlar
Сарвар Бекмуродов O’zLiDeP Қашқадарё вилоят кенгаши депутатлар билан ишлаш бўлими мудири2018-05-30 16:30:58
Депутатлик гурухида мансабдор шахсларни хисоботларини эшитиш билан бир қаторда мавжуд муаммоларни хал этишда депутатларни бирдан бир вазифаси булиб нафақат хисоботини эшитиш балким амалий ёрдам берса ижобий натижага эришга бўламиз.
Тургунова Дилфуза Номоновна Учкуприк туман Кенгаши ижрочи котиби2018-05-28 12:40:46
Депутатлик гурухи эшитувларини утказиш натижасида мамлакатимизнинг иктисодий ривожланишига хам хисса кушиляпти деб уйлайман.Айникса Молия бошкапмасининг хисоботида бу яккол кузга ташланяпти.
Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-05-25 19:15:22
Бу яхши албатта. Лекин ҳамма жойда ҳам молия бўлимлари ҳисоботларидан депутатлар қониқиш ҳосил этишгани йўқ. Масалан, апрел ойининг охирида бўлиб ўтган Нуробод туман Кенгашидаги O`zLiDeP депутатлик гуруҳи йиғилишида туман ҳокимлиги молия бўлими мудири ўринбосари ҳисоботи қониқарсиз деб топилди ва келгуси йиғилишда эшитиш тавсия этилди. Бу ҳолат ҳали ижроия ҳокимият органлари раҳбарлари сиёсий савиясининг пастлигини кўрсатади.
Тоштемир Сафаров Хатирчи туман Кенгаши депутати2018-05-25 18:01:18
Мансабдор шахсларни депутатлик гурухида хисоботларини эшитиш билан бир қаторда тумандаги мавжуд муаммоларни хал этишда биз депутатларни бирдан бир вазифамиз булиб нафақат хисоботини эшитиш балким амалий кумак берсак нақадар юртмизни ривожланишига қушган хиссамиз билан фахрланган булардик
Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-25 17:52:33
O‘zLiDeP депутатлик гуруҳларининг эшитувларини янада кўпайтириб муаммоли масалалар юзасидан ечим топишимиз лозим бўлади
Н.Саимова Навоий вилояти2018-05-25 16:50:10
Барча ҳудудлардаги O‘zLiDeP депутатлик гуруҳлари фаоллиги алоҳида ажралиб туради. Депутатлик гуруҳи йиғилишида кўрилган масаллар юзасидан маълумотларни аҳолига етказиш каби масъулияти депутатларимиз зиммасидадир.