“Yosh innovatsiyachi” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichida g‘oliblarni aniqlash qiyin kechdi (+fotogalereya)

28.05.2018, 09:39

“Yosh innovatsiyachi” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichida g‘oliblarni aniqlash qiyin kechdi (+fotogalereya)

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda “Yosh innovatsiyachi” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.

Toshkent shahar bosqichida g‘oliblarni aniqlash qiyin kechdi. Bir-biridan muhim, bugungi talablar asosida tayyorlangan loyihalar barchada katta taassurot qoldirdi.

– Xorijda elektron tijorat tizimida dronlardan keng foydalaniladi, xaridni uchuvchisiz uchar qurilmalar manzilga zumda yetkazib beradi. Ularni qishloq xo‘jaligi sohasida ham samarali ishlatsa bo‘ladi, – deydi 1-o‘rin sovrindori Muhammadamin Umarov. – Aytaylik, qo‘lda emas, dronlar yordamida dalaga dori sepib, vaqtdan yutamiz. Salomatlik uchun ham foydali. Dron parrakchalarining ikkitasi soatga qarshi, ikkitasi soat yo‘nalishida aylanib, havoni kesib agrodinamika qonuniga ko‘ra o‘rama hosil qiladi va mikrokonteler orqali tepaga uchadi. AQSh va Xitoyda ishlab chiqarilgan dronlar narxi esa 1800 AQSh dollar. Agar o‘zimizda yig‘sak, ancha arzon tushadi.

–  Tibbiy robot qarovchisini yo‘qotgan yolg‘iz keksalar, nogironlarga mo‘ljallangan, – deydi “Eng yosh innovatsiyachi” nominatsiyasi g‘olibi Qo‘yyash Rasul. – Unga dorilarni solish uchun uchta idish, istalgan tilda xohlagan so‘zingizni yozib qo‘yish uchun dinamik o‘rnatilgan. Budilnikli soat orqali kerakli vaqt belgilanadi. Uyda yurayotganda to‘siqlardan aylanib o‘tadigan qilib dasturlangan. Qurilma sizdagi sensordan chiqayotgan signalga qarab harakatlanadi va egasini topadi. Robotni yanada takomillashtirmoqchiman.

Komiljon Ziyoviddinovning “Zamonaviy bog‘dorchilik tuvaklari” ham ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

 

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1673
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Яккасарой туман Кенгаши Аслонов М.2018-06-01 19:00:26

“Ёш инновациячи” кўрик-танловининг Тошкент шаҳар босқичида ғолибларига омад тилайман


Яккасарой туман Кенгаши Ахмаджонов И.2018-06-01 18:59:46

“Ёш инновациячи” кўрик-танловининг Тошкент шаҳар босқичида ғолиблари Республика босқичи ғолиби булишини тилайман


Яккасарой туман Кенгаши Махмудов А.2018-06-01 18:56:02

“Ёш инновациячи” кўрик-танловининг Тошкент шаҳар босқичида ғолибларига юртимиз ривожи учун қушган хиссаси учун миннатдорчилик билдираман


Яккасарой туман Кенгаши Норматова Д.2018-06-01 18:54:55

“Ёш инновациячи” кўрик-танловининг Тошкент шаҳар босқичида ғолибларига омад тилаймиз


Яккасарой туман Кенгаши МАР БПТ2018-06-01 18:54:23

“Ёш инновациячи” кўрик-танловининг Тошкент шаҳар босқичида ғолибларини таюриклаймиз


Равшанов Шерзод Тўйчиевич O‘zLiDeP Қарши туман Кенгаши ижрочи котиби2018-05-29 15:51:01

Ёш иннаватсиячи кўрик танловининг Қашқадарё вилоят босқичида 6 та янги лойихаси билан иштирок этган, Қарши туман Қовчин қишлоқ хўжалик касб-ҳунар коллежи талабаси Достонбек Холбоев фахрли биринчи ўринни эгаллаб Республика босқичида қатнашиш имкониятини қўлга киритди. Достонбекка Республика босқичида омад тилаб қоламиз.


O‘zlidep Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi Kelajak deputatlari guruhi a‘zosi G‘afforov Soatali2018-05-28 18:50:43

Bunaqangi loyihalarni ko‘paytirsa yoshlarimiz orasida ixtirochilari yoshlarimiz yanayam ko‘payadi yurtimiz rivojlanishiga oz bo‘lsada hissasini qo‘shadi deb o‘ylayman


Саримсақова Манзура Қува тумани "Ғалаба" БПТ раиси2018-05-28 16:47:45

Тадбир ёшларга куч-қувват бағишлайди уларни янги чўққиларга етаклайди


Х.Хожиматов Қува туман Кенгаши раиси, халқ депутатлари туман Кенгаши депутаи2018-05-28 16:45:58

Мен партия фаоли, раиси, депутат сифатида бу кўрик-танлов ташкил этилганидан ғоят мамнунман ташкилотчиларига рахмат!


Pахмонова Зиёдахон Қува туман Кенгаши раис ўринбосари-аппарат рахбари2018-05-28 16:43:28

“Ёш инновациячи” кўрик-танлови жуда кўп иқтидорли ёшларни юзага чиқаради бу ёшлар Ўзбекистонни келажакда дунёга танитади уларни хамиша қўллаб-қувватлаймиз


Fikringizni qoldiring

+