O‘zLiDeP faoli ko‘magida Bekobodda xususiy MTM ochildi

29.05.2018, 15:42

O‘zLiDeP faoli ko‘magida Bekobodda xususiy MTM ochildi

Bekobodlik Ug‘uloy Mirzamurotova “Zulfiya-Bonu-Chevar” xususiy korxona rahbari. Ayni chog‘da u rahbarlik qilib kelayotgan korxonada 15 nafardan ortiq ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Lekin tinib-tinchimas bu tadbirkor ayol faoliyatini yanada kengaytirib, qo‘shimcha ish o‘rni ochish niyatida.    

Shu maqsadda u O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi tashabbusi bilan shahardagi “Jomiy” MFYda joylashgan 9 MTM binosini “nol” qiymatda xarid qilib, xususiy korxona daromadidan tushgan 150 mln. so‘m evaziga mazkur muassasani  qaytadan ta’mirladi.

– Yangi barpo etilgan xususiy MTMda 10 ta yangi ish o‘rni yaratildi, – deydi tadbirkor. – Shu bilan birga, bu yerda 30 nafardan ortiq bolajonlar tarbiyalanmoqda. Ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun esa o‘zbek, rus va ingliz tillari, gimnastika, raqs, shashka, rasm chizish to‘garaklari tashkil etilgan. Kelgusida ham rejalarimiz ko‘p. Tijorat bankidan 300 mln. so‘m kredit olib, MTMni yangi zamonaviy o‘yinchoqlar, o‘quv qurollari bilan ta’minlamoqchimiz.

A.TUYChIYEV, 

O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1904
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Сайера2019-04-11 19:58:25

Адрес каерда экан бекободни каерида


Олтинкўл туман кенгаши Ижрочи котиб Б.Тўхтасинов2018-05-31 08:47:05

Бу каби янги таьлим масканлари МТМ ларнинг очилиши келажак пойдеворлари бўлмиш ёш авлоднинг янада билимли бўлиб ўсишини таьминлайди.ЎзЛиДеП фаолларига ОМАД ёр бўлсин.


Yangibozor tuman kengashi a'zosi Sh. Örazmetova2018-05-30 16:53:28

Bugungi kunlari imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan tadbirkorimizga omad.


Сурхондарё вилояти Кенгаши Депутатлик бирлашмалари билан ишлаш бўлими мудири М.Мамадалиев2018-05-29 18:59:46

ЎзЛиДеП фаолларимизнинг бажараётган ишлари таҳсинга лойиқ. ЎзЛиДеП фаоллигига барчани чорлаймиз!


Хива туман Кенгаши депутати, 2-сон МТМ раҳбари С.Рузметова2018-05-29 17:40:34

Уғулой Мирзамуротовага партия депутати сифатида болажонларга таълим беришдек муқаддас вазифани олдига қўйган эканлар, ушбу эзгу ишларига ривож ва соғлиқ-саломатлик тилаб қоламан.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-29 16:31:03

Болажонларга ҳурсандчилик улашган ва уларга шу каби шарт-шароит яратишган O‘zLiDeP фаолларимизга миннатдорчилик билдирамиз.


Рахманова Дилрабо - O`zLiDeP Сурхондарё вилояти Кенгаши ходими2018-05-29 16:09:03

Бекободлик Уғулой Мирзамуротованинг ишларига улкан зафарлар тилаган холда муборакбод этаман.


Fikringizni qoldiring

+