Jizzaxlik 50 nafar yigit-qiz O‘zLiDePning istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi

30.05.2018, 16:43

Jizzaxlik 50 nafar yigit-qiz   O‘zLiDePning istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan yoshlarni mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayoniga keng jalb etish, siyosiy jihatdan yetuk, yetarli bilim va malakaga ega bo‘lgan kadrlarni ishga qabul qilish uchun “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida tadbir tashkil etdi.

Unda partiya viloyat Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhlari a’zolari, “Yoshlar qanoti”  faollari, oliy ta’lim muassasalarining 80 nafar bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni va Prezidentimizning 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonida belgilab berilgan vazifalar mazmun-mohiyati hamda O`zLiDePning g‘oya va maqsadlari tushuntirildi.

Shuningdek, “Yoshlar qanoti” tomonidan yoshlar o‘rtasida amalga oshirilayotgan loyihalar, tanlovlar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi, “O`zLiDePda yoshlar kuni” loyihasi, “Yosh liberallar” klubi hamda uning “Kelajak deputatlari” va “Yosh tadbirkorlar muammolarini o‘rganish” guruhlari faoliyati to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Tadbir davomida partiya Jizzax viloyat Kengashi, Jizzax davlat pedagogika instituti va Jizzax politexnika instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumga muvofiq, O‘zLiDeP va Oliy ta’lim dargohlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik uzoq muddatli, teng huquqlilik tamoyillari asosida tashkil etilib, tomonlar bir birlarining normativ hujjatlarini tan oladilar hamda dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirishda bir birlarini qo‘llab-quvvatlaydilar.

Tadbirda mazkur memorandum doirasida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda tomonlar 2017-2018 o‘quv yilida oliy o‘quv yurtini tamomlayotgan 50 nafar bitiruvchi yoshlar O‘zLiDePning istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1098
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Олимжон Эргашев Фориш туман кенгаши депутати2018-05-31 20:26:22

Ёшларга бўлган бу каби эътибор албатта келгусида ўзининг ижобий самарасини беради. Юртимиз равнақи келажаги етук ёшларимизга боғлиқ.Уларнинг хар бир жабхада захирага олиниб ўз вақтида таёрланиб борилиши ва иқтисодиётимизнинг турли сохаларида рахбарлик лавозимларига тайинланиши давлатимиз келажаги учун фойдалидир.


Тошкент шахар Шайхантахур туман Халк депутати Расулев Бобиржон Атхамович2018-05-30 18:57:53

Жойларда ешларнинг ичидан енг етук, сиесий онги юкори даражада булган ешларни рахбарлик лавозимларга таерлаш, ва куйиш хозирги давр талаби. Албатта тажрибали кадрлар хам керак, лекин уларни урнига янги, еш ва интилувчан кадрларни тугри танлаш ва уз вактида таерлаш албатта уз самарасини бермай колмайди!


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-30 17:35:52

Тадбирда 2017-2018 ўқув йилида олий ўқув юртини тамомлаётган 50 нафар битирувчи ёшлар O‘zLiDePнинг истиқболли кадрлар захирасига олинганлиги ёшларимизга бўлган эътибор


Жиззах вилоят Зафаробод туман Молия булими БПТ раиси Г.Туймуродов2018-05-30 17:22:05

O‘zLiDeP Жиззах вилоят Кенгаши томонидан ёшларни мамлакатимизда ҳуқуқий демократик давлат ва кучли фуқаролик жамияти барпо этиш жараёнига кенг жалб этиш, сиёсий жиҳатдан етук, етарли билим ва малакага эга бўлган кадрларни ишга қабул қилиш учун “Янги авлод кадрлари” лойиҳаси доирасида ташкил этилган тадбир кутаринки рухда утибди. Халкимиз шуни билсинки O‘zLiDeP ёшлар такдирига бефарк эмас, улар учун бор куч гайратини сарифлашга доим тайёрдир!


Fikringizni qoldiring

+