O‘zLiDeP fraksiyasi: hisobot davrida 33 mlrd. so‘mlik budjet intizomi buzilgan

30.05.2018, 17:59

O‘zLiDeP fraksiyasi: hisobot davrida 33 mlrd. so‘mlik budjet intizomi buzilgan

30 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolatiga kiruvchi bir qator masalalar deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.

Yig‘ilishni fraksiya a’zolari dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2017 yil yakunlari va 2018 yilning birinchi choragi yakunlari ijrosi to‘g‘risidagi masalani muhokama qilishdan boshladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining joriy yil birinchi choragidagi ijrosi 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni va rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish, mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlari va makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlangan. Mamlakatning rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish Davlat budjeti parametrlarida belgilangan yo‘nalishlar doirasida o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilgan.

Joriy yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 5,1 foizni tashkil etgan, xususan, qurilish – 12,2 foiz, xizmatlar ko‘rsatish – 4,4 foiz, savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 1,1 foiz, tashish va saqlash, axborot va aloqa xizmatlari – 7,1 foiz o‘sgan.

2018 yilning birinchi choragida mamlakat tashqi savdo aylanmasi 7,9 mlrd. dollarni, uning ijobiy saldosi 249,4 mln. dollarni tashkil etgan.

«Mamlakatda olib borilayotgan valyuta siyosati va tashqi savdo faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha hukumat tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ishlarni tashkil etish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda, – deydi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Murodilla Tursunov.

– Hisobot davrida mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, xususan zamonaviy xizmat turlarini kengaytirish, turizm salohiyatini oshirish, kichik biznes sub’ektlari salmog‘ining ortishi hisobiga mikrofirma va kichik korxonalardan Davlat budjetiga tushumlar miqdori 518,7 mlrd. so‘mni tashkil qilib, 2017 yilning ushbu davriga nisbatan 30,1 foiz o‘sgan».

Mamlakat o‘rta sinfini – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning faoliyati uchun qulay muhit yaratilishi natijasida 2017 yilda 38,2 mingdan ortiq kichik biznes sub’ektlari tashkil etilishiga erishilgan.

2018 yilning birinchi choragi davomida ko‘chmas mulk ob’ektlarini va yer maydonlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish natijasida soliq bazasi kengayib, resurs to‘lovlari va mulk solig‘i bo‘yicha Davlat budjetiga 2,4 trln. so‘m mablag‘ kelib tushgan yoki ushbu ko‘rsatkich 2017 yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobardan ko‘pga oshgan.

Band bo‘lmagan aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga keng jalb qilish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Jamoat ishlari jamg‘armasi tashkil etilishi hamda unga Davlat budjetidan 2018 yilning birinchi choragida 70 mlrd. so‘m mablag‘ moliyalashtirilishi evaziga band bo‘lmagan 104,5 ming aholiga qariyb 46 mlrd. so‘m ish haqi to‘lanishiga imkoniyat yaratgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet mablag‘larini boshqarish bo‘yicha mustaqilligini oshirish, budjet ijrosining markazga bog‘liqligini keskin kamaytirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini kafolatlangan moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilgan islohotlar natijasida 2018 yilning birinchi choragida mahalliy budjetlarga 874,0 mlrd. so‘m qo‘shimcha daromadlar tushgan, bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,6 baravarga ko‘p bo‘lgan. Ushbu mablag‘lar o‘z navbatida mahalliy budjetlar hisobidan moliyalashtirilishi lozim bo‘lgan xududlarda mavjud muammolarni va yechimi kutayotgan masalalarni xal etishga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shu bilan birga, Davlat budjeti mablag‘larining maqsadli ishlatilishida va ularning samaradorligini ta’minlashda xali ham xatoliklarga, jumladan hisobot davrida 33 mlrd. so‘mlik budjet intizomi buzilishiga, 5,1 mlrd. so‘m miqdorida o‘zlashtirish va talon-tarojlikka, 24,8 mlrd. so‘mlik mablag‘larni noqonuniy sarflashga hamda 9,2 mlrd. so‘mlik moliyaviy xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Yig‘ilishda so‘z olgan fraksiya a’zolari Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosini ko‘rib chiqish va muhokama qilish amaliyotidan samarali foydalanish O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining saylovoldi Dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lish bilan birga, iqtisodiyotimizni liberallashtirish va bozor munosabatlarini yanada chuqurlashtirish – xalqimiz farovonligini ta’minlashga qaratilganligi hamda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida parlament nazoratini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdilar.

Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan fraksiya vakolatiga kiruvchi yana bir qator masalalar ham ko‘rib chiqildi. Munozaralar yakunida kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha fraksiyaning pozitsiyasi ishlab chiqildi va tegishli qarorlari qabul qilindi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1270
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Сергели тумани фаоли М.Мансуров2018-05-31 16:33:42

O‘zLiDeP фракцияси аъзоси Муродилла Турсунов кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни ривожлантиришни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш ва рағбатлантириш, уларнинг фаолияти учун қулай шарт шароит яратилиши тўғрисида гапириб ўтди. Албатта тадбиркорлар учун жуда катта имконият.O‘zLiDeP партиясига омад тилайман


Д.Рахманова-УзЛиДеП Сурхондарё вилояти Кенгаши 2018-05-31 15:17:22

қуйи палата томонидан давлат бюджети маблағларининг мақсадли ишлатилишида ва уларнинг самарадорлигини таъминлаш бўйича назоратини кучайтирилишига омадлар ёр бўлсин.


Қарши туман Кенгаши депутати П.Гельдиев2018-05-31 13:47:02

Маҳаллий бюджетлар ҳисобидан молиялаштирилиши лозим бўлган худудларда банд бўлмаган аҳолини ҳақ тўланадиган жамоат ишларига кенг жалб қилиш Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги ҳузуридаги Жамоат ишлари жамғармаси ҳудудий бўлимлари ходимларини уйқудан уйғотиш керак ҳамда ҳудудларда кўпчилик бекор юрган аҳолини ишга жалб этиш лозим. O‘zLiDeP фракциясининг Давлат бюджети маблағларининг мақсадли ишлатилиши ва уларнинг самарадорлигини таъминлаш юзасидан олиб борган йиғилишини тўлиқ қўллаб қувватлайман.


Туребаева Зухра УзЛиДеП Кунгирот тумани Кенгаши 2018-05-31 11:51:45

Ха албатта, назорат бор жойда тартиб интизом ва ривожланиш булади. Фракция ишларига омад тилаймиз!


Хайтбаева Сохиба Хоразм вилояти Урганч тумани Якка тарбиркор2018-05-31 11:46:22

O‘zLiDeP фракцияси аъзоси Муродилла Турсунов кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни ривожлантиришни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш ва рағбатлантириш, уларнинг фаолияти учун қулай муҳит яратилиши тўғрисида гапириб ўтди. Албатта тадбиркорлар учун жуда катта имконият.O‘zLiDeP партиясига омад тилайман


Шовот туман Кенгаши 2018-05-31 11:17:47

Қуйи боғинларда назоратни кучайтириш,Бюджет маблағларини мақсадли йўналтирилишини таъминлаш лозим


O`zLiDeP Сариосиё туман Кенгаши ижрочи котиби Хусаинов Илхом Исматуллаевич2018-05-31 10:58:30

Мамлакатимизда олиб борилаётган ислохотларга депутатларимиз томонидан тўғри, одилона, хақиқий бахо берилиши халкимиз манфатларини ўйлаб олиб борилаётган ислохатлар бежизга эмас


O`zLiDeP Олтинсой туман Кенгаши депутати А.Мажидов2018-05-31 10:53:51

Давлат бюджети маблағларининг мақсадли ишлатилишида ва уларнинг самарадорлигини таъминлашда депутатлар ўрни катта.


Ч. Абдураимов ЎзЛиДеП Денов туман Кенгаши аппарати тахбари2018-05-31 10:04:05

Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ЎзЛиДеП фракциясининг куни кеча бўлиб ўтган йиғилишида Давлат бюджетининг ва Давлат мақсадли жамғармалари бюджетларининг бажаралиши юзасидан бўлиб ўтган музокараларда мамлакатимизда олиб борилаётган ислохотларга депутатларимиз томонидан тўғри, одилона, хақиқий бахо берилиши биз каби партиядошларини қувонтирди.


Рахматов Алибек Қашқадарё вилоят Кенгаши БПТ билан ишлаш гуруҳи раҳбари2018-05-31 09:57:59

Маҳаллий давлат ҳокимияти органларининг бюджет маблағларини бошқариш бўйича мустақиллигини ошириш, бюджет ижросининг марказга боғлиқлигини кескин камайтириш, ҳудудларни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш дастурларини кафолатланган молиялаштириш манбалари билан таъминлаш бўйича олиб борилган ислоҳотларда иришилган натижалар қувонарли. Бу натижаларни янада яхшиланишига ишонамиз.


Fikringizni qoldiring

+