Bo‘lajak rahbarlar tanlov asosida saralanadi

31.05.2018, 15:47

Bo‘lajak rahbarlar tanlov asosida saralanadi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda bu borada tashkiliy, huquqiy vazifalar va uni amalga oshirish mexanizmlari aniq qilib belgilab berildi.

Xususan, endi 3 yilda bir marta istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovda tayanch oliy ma’lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan (45 yosh ham qo‘shilgan holda) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.  

E’tiborga molik jihati, tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi bazasida tegishli sohaga oid vazirliklar, idoralar, yirik kompaniyalar rahbarlari, mahalliy va xorijiy yuqori malakali mutaxassislar hamda olimlar ishtirokida o‘tkaziladigan, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida tanlovning tegishli nominatsiyalari yuzasidan stajirovka o‘tashni o‘z ichiga oladigan “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha Prezident dasturi”ga muvofiq uch oylik kurslarda o‘qiydilar. G‘oliblar uch oylik kurslarni o‘tagandan keyin tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadilar.

Albatta har tomonlama yetuk kadrlar mamlakat taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy omillardan sanaladi. Bunday kadrlarni tayyorlashda esa siyosiy partiyalarning ham alohida o‘rni borligini ta’kidlash joiz.

Prezidentimiz Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishida “Biz partiyalar safini bilimli, tashkilotchi va vatanparvar yosh kadrlar bilan to‘ldirishimiz lozim. Siyosiy partiyalar xodimlari partiya ishida toblanishi, shundan so‘ng davlat organlari va hokimliklar tizimidagi turli lavozimlarga, jumladan, deputatlik lavozimlariga asosiy zaxira bo‘lishlari darkor” deya oldimizda turgan aniq vazifalarni ko‘rsatib bergan edilar. Shundan kelib chiqib, O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” partiyamiz safini bilimli, tashkilotchi va vatanparvar yosh kadrlar bilan to‘ldirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Davlatimiz rahbarining navbatdagi qarori bu boradagi faoliyatimizga yangicha ruh bag‘ishlaydi. Zero, mamlakatni modernizatsiya qilish va zamonaviy jamiyatni barpo etish bilan bog‘liq murakkab vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan kadrlarning yangi avlodini tayyorlash masalasi kelgusida ham partiya faoliyatining eng muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

Bir so‘z bilan aytganda, davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan mazkur qaror istiqbolli boshqaruv kadrlarining tizimli asosda tanlab olinishini ta’minlash, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari tizimida ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga xizmat qiladi.

Sardor MARIPOV,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

 Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1321
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Yazdon Toshonov Kattaqurg'on tuman Kengashi apparat rahbari.2018-06-03 08:56:05

Yosh rahbarlarni tayyrtayyorlash davlatimiz oldida turgan juda muhim masalalardan biridir.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-06-01 09:12:31

Партиямиз сафини билимли, ташкилотчи ва ватанпарвар ёш кадрлар билан тўлдириш борасида тизимли ишларни амалга оширилмоқда


Олтибоев Ўрол Партиянинг Сурхондарё вилоят кенгаши Мафкуравий ташвиқот-тарғибот ишлари бўйича бўлим мудири2018-05-31 18:02:39

Жуда зарур қабул қилинган.


O`zLiDeP Сурхондарё вилоят Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими мудири Зебинисо Сапарова Давлат қизи2018-05-31 17:26:51

Президентимиз Шавкат Мирзиёев ташаббуси билан ишлаб чиқилган “Истиқболли бошқарув кадрларини танлов асосида танлаб олишнинг замонавий тизимини яратиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарорнинг қабул қилиниши кадрлар айниқса ёш кадрлар учун янги имкониятлар бериши шубхасиз. Партиямиз томонидан ҳам кадрлар масалаларига алоҳида эътибор қаратиб келинмоқда.


O`zLiDeP Cурхондарё вилоят Кенгаши СТМ рахбари Гулмира Амирова2018-05-31 16:47:32

Партиямиз сафини билимли, ташкилотчи ва ватанпарвар ёш кадрлар билан тўлдириш борасида тизимли ишларни амалга оширилмоқда. Шундай экан партиялар хар томонлама етук кадрларни етказиш маркази бўлиши шарт. Хурматли юртбошимиз эътроф этганларидек.


Сергели тумани М.Мансуров2018-05-31 16:42:49

Президентимиз Шавкат Мирзиёев ташаббуси билан ишлаб чиқилган “Истиқболли бошқарув кадрларини танлов асосида танлаб олишнинг замонавий тизимини яратиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарорда бу борада ташкилий, ҳуқуқий вазифалар ва уни амалга ошириш механизмлари аниқ қилиб белгилаб берилди.Бу каби Президентимизни қарорлари кўп кадрлар учун имкониятлар режасини беради.


Fikringizni qoldiring

+