Andijonda 10 nafardan ziyod yoshlar istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi
31.05.2018, 17:15
O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi Andijon davlat universitetida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etdi.
Tadbirda globallashuv sharoitida va siyosiy partiyalar o‘rtasida raqobat kuchayib borayotgan bir davrda partiyaning markaziy, hududiy va tuman (shahar) Kengashlariga ishga qabul qilish uchun siyosiy jihatdan yetuk, kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qo‘yish ishlarini yanada takomillashtirish, zamonaviy fikrlaydigan yosh kadrlarni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga tavsiya etish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
– Kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning malakasini oshirish, partiyaning munosib faollarini davlat xizmatiga tavsiya etish ishlari har doim ham talab darajasida tashkil etilmagan, – deydi O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Elyorbek Avulov. –Siyosiy partiyalarga kadrlar qayerdan kelmoqda, ularning bilimi, saviyasi, tajribasi, jamoatchilik o‘rtasidagi obro‘si xususida keng va batafsil o‘rganishimiz zarur. Partiyalar safini bilimli, tashkilotchi va vatanparvar yosh kadrlar bilan to‘ldirishimiz lozim. Kadrlar avval siyosiy partiya ishida toblanishi, shundan so‘ng davlat organlari va hokimliklar tizimidagi lavozimlarga tayinlanishi kerak.
Tadbirda siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 10 nafardan ortiq yoshlar istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi.
Odinaxon TURG‘UNOVA,
O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi
Tashkiliy-partiyaviy ishlar bo‘limi mudiri
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Dehqonobodlik deputatlar bilan muloqot qilindi
25.04.2024, 11:50
-
Byudjet mablag‘lari hisobidan ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik lozim
25.04.2024, 11:46
-
Kasbida aholi daromadlarini oshirish borasida qilinayotgan ishlar o‘rganildi
25.04.2024, 09:15
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
Bildirilgan fikrlar
Шамшод Жафаров 2018-06-01 16:27:31
Бугунги кун талаби, ёшларни янги техналогиялар таништириш, уларни чет тилларини ўрганишлари, тадбиркорликка жалб қилиш хисобланади. Бу талаблар асосида тарбияланаётган ёш авлод қайси ташкилотда фаолият бошламасин албатта,яхши бўлади.
Райҳонова Шаҳризода Обидвой қизи O`zLiDeP Зарафшон шаҳар бўлими ҳузуридаги "Келажак депутатлар " гуруҳи раҳбари2018-06-01 12:08:52
Бундай лойиҳаларнинг ўтказилиши партиямиз ҳузурида ташкил этилган "Келажак депутатлари" ва "Ёш тадбиркорларни муаммоларини ўрганиш гуруҳи" лари аъзоларининг сафлари кенгайишига хизмат қилади.
Усмонов Сардор2018-06-01 09:40:10
Ёшлар келажагамиз пойдевори
Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-06-01 09:17:39
Партиямиз сафини билимли, ташкилотчи ва ватанпарвар ёш кадрлар билан тўлдириш борасида тизимли ишларни амалга оширилмоқда
Худайбердиева Моҳидил Норбоевна O`zLiDeP Зарафшон шаҳар бўлими ижрочи котиби2018-05-31 17:46:09
Ёш кадрлар заҳирасини шакллантиришда асосий эътиборни партиямизга содиқ ва дойим партиямиз мақсад ва вазифаларини қуллаб-қўвватловчи, ўзининг мустақил фикрига эга, билимга чанқоқ ёшлар партиямиз равнақини янада ривожланишига пойдевор бўлади.
Ангор туман раисининг Ёшлар масалалари бўйича раис ўринбосари Э.Бобоқулов2018-05-31 17:31:14
Хозирда юртимизда қанчадан қанча истедотли билимли ва меҳнаткаш ёшларимиз жуда хам кўп биз бу ёшларни танлаб ЎзЛиДеП сафига қабул қилиб истиқболли кадрлар захирасига олсак. Келажакда ЎзЛиДеП сафи етук кадрлар билан бойитилган хисобланади.