Zaif eshituvchi bolalarga sport maydonchasi qurib berildi (video)

01.06.2018, 16:45

Zaif eshituvchi bolalarga sport  maydonchasi qurib berildi  (video)

Bugun 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Ana shu munosabat bilan O‘zLiDeP Olmazor tuman Kengashi hamda deputatlik guruhi a’zolari O‘zbekiston karlar jamiyatining Toshkentdagi 1-sonli o‘quv ishlab chiqarish korxonasiga qarashli yotoqxonasida bayram tadbiri tashkil etdi.

Dastlab, zaif eshituvchi fuqarolarning murojaatidan kelib chiqib, eshitish va gapirishida nuqsoni bor 80 nafarga yaqin bolajonlar tor doiradagi shifokor va surdotarjimonlar ishtirokida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘riklarda aniqlangan kasalliklar bo‘yicha davolanish uchun tibbiy yo‘llanmalar berildi.

Tadbir davomida jamiyatga qarashli yotoqxona hovlisida bunyod etilgan sport maydonchasi ham foydalanishga topshirildi. Bu esa bolajonlar uchun bayramga munosib sovg‘a bo‘ldi.

Bayram tadbiri davomida zaif eshituvchi bolajonar ishtirokidagi sport musobaqalari, kuy va qo‘shiqlar bayram tadbiriga o‘zgacha zavq bag‘ishladi. Rasm chizish musobaqasida esa zaif eshituvchi bolajaonlar o‘z mahoratlarini namoyon etishdi.

Tadbir so‘nggida 1-sonli o‘quv ishlab chiqarish korxonasida istiqomat qiluvchi bolajonlarga bayram dasturxoni yozilib, homiylarning esdalik sovg‘alari, dori-darmon va sport anjomlari ulashildi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    608
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Сурхондарё вилояти Кенгаши Депутатлик бирлашмалари билан ишлаш бўлими мудири М.Мамадалиев2018-06-04 17:15:50

1 июнь - Халқаро болалар куни муносабати билан ёшларга берилаётган юксак ғамхўрлик, меҳр, мурувват, катта эътибор болаларимизни руҳлантиради.


Шовот туман Кенгаши аппарат рахбари2018-06-04 11:49:23

Шовот туманида ҳам болалар куни муносабати билан хайрия тадбири ўтказилиб, ногирон болаларга партия туман Кенгаши ва хомийлар тамонидан совғалар топширилди


Миришкор туман Марказий шифохона БПТ раиси Шербобоев Бахтиёр2018-06-04 08:52:02

1 июнь - Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни муносабати билан ана шундай замонавий болалар ўйингохлари қуриб ишга тушурилиши ва болаларга кўрсатилаётган этибор нафақат болаларнинг қувончига – қувонч балки катталарга ҳам ўзгача қувонч бағишлайди бунда O‘zLiDeP депутат ларнинг иштироки тақсинга сазовор


Xudayberdiyeva Mohidil Norboevna O‘zLiDeP Zarafshon shahar bo‘limi ijrochi kotibi2018-06-02 16:14:59

O‘zLiDeP deputatlari tashabbuslaridan yana biri ushbu tadbir ham, yurtimizning kelajagi bo‘lgan yoshlarimizga bo‘lgan e‘tibor va mehr -muruvvat nishonasidir.Bizning mamlakatimizda hech kim mehr va e‘tibordan chetda qolmagan.O‘zLiDeP deputatlarining savobli ishlari bardavom bo‘lsin.


N.Ruziyeva Navoiy viloyati Uchquduq tumani2018-06-02 12:59:25

Nogironlar uchun sport maydonchasining qurib berilishida deputatlar jonbojlik ko'rsatgani uchun o'zinnadorchiligimni bildiraman. Savob ishni har kim har kuni qilishi kerak.


Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-06-02 12:56:06

O'zbekistonda ijtimoiy himoyaga davlat siyosati darajasida qaralishi hech kimga sir emas. Shu kabi savobli ishlarda deputatlarimiz bosh-qosh bo'layotganligu hammamizni quvontiradi albatta.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-06-02 10:47:46

Азиз болажонларимиз доим бизнинг эътиборимизда


Яккасарой туман Кенгаши Камилова М.2018-06-01 18:52:26

Болажанларимиз бизнинг келажагимиз 1 июнь - Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни билан уларни табриклайман


Яккасарой туман Кенгаши Норматова Д.2018-06-01 18:50:00

1 июнь - Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни болажонларимизга ғамхурлик қилиш байрами


Яккасарой туман Кенгаши "МАР" БПТ2018-06-01 18:36:56

Тадбиркорларимиз томонидан болажонларга, ёшларга берилаётган юксак ғамхўрлик, меҳр, мурувват, катта эътибор тинмасин болаларимиз байрами муборак булсин


Fikringizni qoldiring

+