Shayxontohurda O‘zLiDeP deputati tashabbusi bilan bolalar maydonchasi foydalanishga topshirildi (FOTO, VIDEO)

04.06.2018, 12:55

Shayxontohurda O‘zLiDeP deputati tashabbusi bilan bolalar maydonchasi foydalanishga topshirildi (FOTO, VIDEO)

Bugungi izchil islohotlarning namunasi sifatida aholining ijtimoiy hayotini yaxshilash, hududlarda mahallalarning yangicha ko‘rinishdagi guzarlarini bunyod etish bo‘yicha ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilayotganini aytish mumkin. Shuningdek, bu borada Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishi belgilab o‘tilgan.

Prezident farmoni ijrosi doirasida Toshkent shahrining Shayxontohur tumani “Ipakchi” mahallasida Xalq deputatlari tuman kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Lutfilla Ubayev tashabbusi bilan bolalar maydonchasi qurib, foydalanishga topshirildi, deya xabar bermoqda KUN.UZ.

“Bolalarimiz – bizning kelajagimiz. Biz mana shu kelajagimizning poydevorini to‘g‘ri qo‘ysak, ko‘zlagan oliy maqsadlarimizga so‘zsiz yetamiz. Bu bolalar yurtda bo‘layotgan o‘zgarishlarni hozirdanoq his eta borishlari kerak, ana shunda ularning qalbidan joy oladigan Vatan tuyg‘usi hech qachon so‘nmaydi. Mazkur tashabbus 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bayram sovg‘asi bo‘ldi”,  - deydi O‘zLiDeP deputati Lutfilla Ubayev.

Mahalla fuqarolarining ta’kidlashicha, bolalar maydonchasining avvalgi holati achinarli ahvolda bo‘lgan. Endlikda yangi maydonchada “Ipakchi”ning 100dan ortiq bolasi sport bilan shug‘ullanishi mumkin.

FOTO:

VIDEO:

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1602
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Яккасарой туман Кенгаши Некбаев А.Т.2018-06-08 14:21:17

Тадбиркорларнинг ривожланиши давлатимиз, халқимиз ва жамиятимизга катта ютуқларлар келтиришига ишонаман.


Яккасарой туман Кенгаши Аслонов М.2018-06-08 14:18:26

“Маҳалла институтини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги фармони ижросини таъминлаётган тадбиркорларни қуллаб қуватлаёмиз


Яккасарой туман Кенгаши Норматова Д.2018-06-08 14:16:42

Хайрли ишлар қилиб давлатимиз ривожига ўз хиссасини қушаётган тадбиркорларимизга ривож тилайман.


Яккасарой туман Кенгаши Агзамходжаев С.2018-06-08 14:15:12

Тадбиркорларимиз фаолиятига омад тилаймиз


Яккасарой туман Кенгаши Камилов Д.2018-06-08 14:14:29

Тадбиркорларимиз томонидан бундай хайрли ишларни амалга оширилиши тахсилга сазовор


Тургунова Дилфузахон Нумоновна2018-06-07 14:03:48

Партиямиз депутатларини булаётган жараёнларда фаол иштироклари хаммамизни кувонтиради.Шундай жонкуяр фаоларимиз купаяверсин.


Toshkent shahar Yoshlik shaharchasi markaziy kengashi a'zosi Ramazonov Sherbek2018-06-05 00:21:02

Deputat bu xalq vakili bunday savobli ishlarni bugungi kunda har bir deputatimiz albatta amalga oshirishi kerak bu xayrli ish bolalar uchun bo'lsa ayniqsa quvonarli


Toshkent shahar Yoshlik talabalar shaharchasi kengashi faoli Hamroyev Sobirjon2018-06-05 00:04:53

Hozirgi kunda qurilyatotgan bolalar maydonchasi asosan jismonan sog' bolalar uchun. Menda shunaqa taklif bor. Shunday dam olish maskanlari jismonan nuqsoni bor bolalar uchun ham ularni harakatlari inobatga olib bunyod etilsa. Bu bilan ularni hayotga bo'lgan qiziqishi yanayam kuchayarmidi.


М.Умаров O`zLiDeP Навоий вилоят Кармана туман аппарат раҳбари2018-06-04 17:35:27

Депутат ва фаолларимизнинг қилаётган ишларига омад тилаб қоламиз


ЎзЛиДеП Термиз шаҳар кенгаши аппарат раҳбари Ойтуганов Абдухамид2018-06-04 17:13:36

Болаларимиз учун қанчалик шароит яратиб берсак ,шунча кам.Чунки улар бизнинг келжагимиздир. Фидоий одамларимиз кўп бўлсин.


Fikringizni qoldiring

+