Imtiyozlar faqat qonun yoki Prezident hujjati asosida beriladi

04.06.2018, 18:05

Imtiyozlar faqat qonun yoki Prezident hujjati asosida beriladi

Davlatimiz rahbarining “Imtiyozlar va preferensiyalar berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq endilikda soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar qonunlar va Prezident hujjatlari bilan umuman tarmoqlar, faoliyat sohalari, hududlar uchun taqdim etiladi. Ular aniq maqsadga ega bo‘lishi hamda aniq ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy natijalarga erishishni ta’minlashi zarur. Vaqtinchalik imtiyozlar ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi. Mamlakatimizning xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Individual imtiyozlar, alohida hollarda, xususiy sektor investitsiya kiritishdan manfaatdor bo‘lmagan tarmoqlarda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun, aniq ijtimoiy yoki iqtisodiy asoslar mavjud bo‘lganda yoxud xalqaro shartnomalarga muvofiq beriladi. Bu haqda ham Prezident hujjati chiqariladi.

Shuningdek, bojxona imtiyozlari bo‘yicha ham yangi tartib joriy etilmoqda. Xususan, imtiyozlar berishga, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar ro‘yxatlarini tasdiqlashga doir hukumat va idoraviy qarorlarni qabul qilish bekor qilinadi. Endi bunday ro‘yxatlar va ularga tuzatishlar, imtiyozlar berish to‘g‘risida qonun yoki Prezidentning hujjati mavjud bo‘lgan taqdirdagina, imtiyoz berilgan tashkilot tomonidan shakllantiriladi. Shakllantirilgan ro‘yxatlar Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” tomonidan tekshiriladi. Uning ijobiy xulosasi ro‘yxatdagi tovarlarni bojxona imtiyozlarini qo‘llagan holda import qilish huquqini beradi.

Umuman olganda, mazkur qaror bozorda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, faol tadbirkorlik rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, insofli raqobat prinsiplari amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Alisher RO‘ZIYEV,

 O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

raisi vazifasini bajaruvchi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1126
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

А.Раҳбаров-O‘zLiDeP Марғилон шаҳар Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари-аппарат раҳбари2018-06-07 09:07:27

Президентимиз томонидан “Имтиёзлар ва преференциялар бериш тартибини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори биз учун янги иш ўрни, янги бизнес, қўшимча импорт деганидир.


Андижон туман "Андижон Парфюм"МЧЖ бпт раиси Ш.Каримоа2018-06-05 15:43:42

Бугунги кунда тадбиркорларимизга яратилаётган шарт шароитлар учун минадормиз.Бундай фармон ва Конунлар Юртимизни янада гуллаб яшнашида хизмат килади.


Чилонзор туман Кенгаши Мўминова Нигора2018-06-05 09:11:43

Хозирда ишлаб чиқилаётган ва амалга қўлланилаётган кўплаб қонун ва қарорлар ахоли ва тадбиркорларнинг манфаатини ўйлаб амалга оширилмоқда.Шу жумладан ушбу қарор хам бозорларда тадбиркорларга янги шароит ва тадбиркорликни ривожлантиришга йўл очиб беради.


Fikringizni qoldiring

+