Vetnam texnologiyasi asosida Chinobodda baliqchilik va uni qayta ishlash majmuasi ishga tushdi

05.06.2018, 16:31

Vetnam texnologiyasi asosida Chinobodda baliqchilik va uni qayta ishlash majmuasi ishga tushdi

Prezidentimiz o‘tgan yili Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jumladan, baliq yetishtirish va uni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish borasida o‘z tavsiyalarini bergan edi. Shundan ko‘p o‘tmay, vetnamlik mutaxassislar bilan hamkorlikda Xiva tuman Chinobod  qishlog‘idagi 400 gektarlik “Eshonrabot” tabiiy suv havzasi negizida intensiv usulda baliq yetishtirish va uni qayta ishlash ishlari boshlab yuborildi.

Vetnamdan tajribali mutaxassislar taklif etilib, 10 gektar reproduktor sun’iy havzalar barpo qilindi. Intensiv usulda bu tarzda baliq yetishtirish mahsulot yetkazib berish hajmini odatdagidan o‘n hissa oshirish imkonini yaratadi.

Shu tariqa “Xorazm baliq sanoat agro” MChJ tashkil etilib, Ipoteka bank hamkorligida umumiy loyiha qiymati 10,8 mlrd. so‘mni tashkil etuvchi baliq yetishtirish va uni qayta ishlash majmuasi, uning tarkibida mahsus omuxta yem sexi va konserva zavodi barpo etildi. U yiliga 500 tonna baliq mahsulotlarini qayta ishlab konserva va baliq sosiskalari ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Yaqinda xalqimizni va xorijlik buyurtmachilarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ana shu korxona tantanali tarzda foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan bu yerga viloyat rahbarlari, baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.

– Xorijlik hamkorlar bilan tajriba almashish jarayonida bir narsani aniq bilib oldik. Baliqchilikda yuqori samaradorlik, eng avvalo, uning ozuqa tarkibi va sifatiga bog‘liq ekan, – deydi O.Ollaberganov. –Yangi ishga tushgan soatiga 6 tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega seximiz orqali baliqchilikka ixtisoslashgan boshqa xo‘jaliklarni ham ozuqa bilan ta’minlash imkoniga egamiz. Eng muhimi, hamqishloqlarimizdan 50 nafari doimiy ish bilan ta’minlandi.

Yig‘ilganlar konserva zavodi va omuxta yem sexi ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Shu joyning o‘zida viloyatdagi baliqchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda mutaxassislari, bank va boshqa qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Viloyat hokimi o‘rinbosari O‘.Masharipov raisligida bo‘lib o‘tgan anjumanda baliqchilik va  qishloq xo‘jaligining boshqa sohalaridagi dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Otabek Ismoilov,

Xalq deputalari Xiva tuman Kengashidagi

O‘zLiDePdeputatlik guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    880
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Bekzod2019-05-26 21:40:02

Vetnamga o'qish yoki ishlash uchun borish imkoniyatini yaratib berish kerak.Yo'llar qachon ochiladi ? Vetnam-Uzbek borib kelish


U.Xudoyqulov Sariosiyo tuman apparat rahbari2018-06-08 18:25:44

“Эшонработ” табиий сув ҳавзаси негизида интенсив усулда балиқ етиштириш ва уни қайта ишлаш ишлари бошланиши хозирда юртимизда энг долзарб масалалардан бирининг ечими демакдир


Дурдона Қобулова Партия фаоли 2018-06-07 18:16:03

Балиқ луқмаи ҳалол, деб бежизга айтилмаган. “Хоразм балиқ саноат агро” МЧЖ ишларига ривож тилаймиз. Ўйлайманки Хоразмда Президентимиз илгари сурган ислоҳотлар давом этиб, барча соҳада ўсишлар юзага келади. Ҳалол ва ташаббускор, ғайратли электорат вакилларимиз сони яънада ортади


Ю.Салимов Косон туман кенгаши ижрочи котиби2018-06-06 10:55:45

Балиқчилик ва уни қайта ишлаш мажмуаси бу янги иш ўрини демакдир ёшларни иш билан бандлигини таминлаб иқтисодиётининг ўсишига хисса қўшади.


Шовот туман Кенгаши 2018-06-06 09:14:29

Хива туманида Вьетнам технологияси асосида ишга тушган балиқчилик ва уни қайта ишлаш мажмуаси нафақат вилоятимиз балки республика иқтисодиётининг ўсишига хисса қўша олишига ишонамиз. Мажмуанинг имкониятлари кенг, махсулотлар четга експорт қилинади..


Fikringizni qoldiring

+