Muzrobotlik deputatlarimiz hokim o‘rinbosari hisobotidan qoniqdi

05.06.2018, 17:11

Muzrobotlik deputatlarimiz  hokim o‘rinbosari hisobotidan qoniqdi

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Prezidentimizning 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari Komiljon Salimovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, 2017 yilda tumanda 1116 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Joriy yil davomida belgilangan loyihalarni amalga oshirish evaziga 1746 ta yangi ish o‘rinlarini  yaratish ko‘zda  tutilgan. Xususan, sanoat sohasida 551 ta, xizmat ko‘rsatish va servis sohasida 579 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida 616 ta ish o‘rni yaratish belgilangan.

– Ushbu loyihalarning  82 tasi bank kreditlari va 4 tasi xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladi, – deydi Komiljon Salimov. – Xususan, sanoatda umumiy qiymati 3 mlrd. 100 mln. so‘mga  teng bo‘lgan  11 ta loyihaga bank kreditlari ajratilgan  bo‘lib, 58 ta  yangi ish o‘rinlari  yaratiladi. Shundan, 2 mlrd. 30 mln. so‘m tijorat banklarining kredit mablag‘lari  hisobidan  va 1 mlrd. 70 mln. so‘m korxonaning o‘z mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi.

 Yig‘ilishda O‘zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan tumanning mavjud resurslardan samarali foydalanish orqali eksport salohiyatini yanada kengaytirish, qishloq  xo‘jaligi, xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarning o‘z o‘rnida bajarilishiga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

                                                          Shuhrat ABILOV,

O‘zLiDeP Muzrabot tuman

Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1181
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Д.Рахманова-УзЛиДеП Сурхондарё вилояти кенгаши2018-06-08 11:04:52

Бугунги кунда депутатларимизнинг фаоллиги янада ошиб борилаётганлиги қувонарли ҳол, Президентимиз томонидан берилган қўшимча ваколатлардан оқилона фойдаланишига, фаолликка чорлаб қоламиз.


Абдурахмонова Фотима Махмудовна2018-06-07 13:59:54

Рахбарларнинг хисоботини эшитиш натижасида барча ташкилот рахбарлари янада маъсулиятлирок булиши кузатиляпти.Бугунги кун шуни талаб килади.


O’zLiDeP Миришкор туман Кенгаши раиси Искандар Рўзиев2018-06-06 16:57:44

Депутатлар Ташкилот раҳбарларини ҳисоботини эшитиши раҳбарларни ўз ишига бўлган муносабатини ўзгартирибгина қолмай ўз ишига бўлган масулиятини оширади.


O‘zLiDeP Олтинсой туман Кенгаши аппарат рахбари Тиркашов Абдурасул 2018-06-06 11:47:43

O‘zLiDeP депутатлик гуруҳи томонидан мутасади ташкилотларнинг хисоботини эшитиш ташкилот рахбарларининг маъсулиятини оширади.


Матлуба Жўраева Сурхондарё вилоят Кенгаши "Аёллар қаноти" бўлим мудири 2018-06-06 11:19:03

Депутатларимиз томонидан ташкилот рахбарларининг хисоботларини эшитиб, худудларда қиланаётган ишлар билан яқиндан танишмоқда.


Д.Вафоева -Қашқадарё вилоят Кенгаши депутатлик гуруҳи ижрочи котиби2018-06-06 11:11:51

Депутатлик гуруҳи йиғилишида раҳбарларнинг ҳисоботини эшитиш натижасида, уларнинг ишга бўлган маъсулияти янада ошади.


O`zLiDeP Сурхондарё вилоят Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими мудири Зебинисо Сапарова Давлат қизи2018-06-06 10:49:09

Халқ депутатлари Музработ туман Кенгашидаги O‘zLiDeP депутатлик гуруҳининг навбатдаги йиғилишида жуда муҳим масаланинг ҳисоботи эшитилган.


Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-06-05 19:34:34

Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tuman hokimlarining o'rni nihoyatda katta.


А.Ishmatov Sariosiyo tuman deputati2018-06-05 18:27:23

Хозирги замон шиддати Депутатларни иш фаолиятини янада тухтовсиз харакатланишга ундаяпти.


Олтибоев Ўрол,Сурхондарё. партиянинг Мафкуравий,ташвиқот-тарғибот ишлари бўйича бўлим мудири2018-06-05 18:03:46

Депутатларнинг фаоллиги юрт тараққиётига хизмат қилади.


Fikringizni qoldiring

+