Jizzaxlik deputatlarga muammolarni O‘zLiDeP fraksiyasi orqali hal etish mexanizmlari o‘rgatildi
05.06.2018, 17:51
O‘zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi Jizzax viloyatida partiya viloyat, tuman (shahar) Kengashlari apparat rahbarlari, deputatlik guruhi ijrochi kotiblari va deputatlik guruhi rahbarlarining malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etdi.
Seminarda deputatlarga mahalliy budjet shakllanishi, taqsimlanishi va sarflanishi, sayyor qabullarda ko‘tarilgan muammolar ustidan deputatlik nazoratini o‘rnatish, mavjud muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuborish, deputatlik so‘rovi orqali hal etilmagan ayrim muammolarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi orqali hal etish mexanizmlari o‘rgatildi.
– Tan olish kerak, bugungi kunda partiya hududiy kengashlarida olib borilayotgan ishlarni qoniqarli deb bo‘lmaydi, – deydi Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi ijrochi kotibi Bobomurod Egamov. – Shu sababli bo‘lib o‘tgan o‘quv kurslari davomida olgan bilim va ko‘nikmalarimiz ish faoliyatimizni tubdan takomillashtirishda, yangi g‘oyalar va tashabbuslar bilan rivojlantirishda asqotishi shubhasiz.
Seminarda ishtirokchilarning faoliyatini samarali olib borishga to‘sqinlik qilayotgan kamchiliklar va galdagi vazifalar muhokama qilindi.
Saida UMARALIYEVA,
O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
matbuot kotibi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Ona tilim o‘lmaydi
18.10.2023, 17:36
-
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya o‘qitilmoqda, o‘rganilmoqda
05.09.2023, 16:36
-
Referendumda O`zLiDePdan ishtirok etadigan kuzatuvchilar uchun o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda
18.04.2023, 17:28
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
-
O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08
Bildirilgan fikrlar
Шоира Хасанова Жиззах вилояти Аёллар қаноти2018-06-07 09:09:54
Мана шундай ўқув-семинарлар ўз касбимизга бўлган маъсулиятни янада оширади.Замон билан хамнафас, илғор фикрлайдиган O‘zLiDeP ходимларининг билим ва салоҳиятини оширишга хизмат қиладиган ўқув-семинарлар тез-тез ўтказилиб турилса.