Viktor Pak: «Mamlakatlarimiz xalqlari tashrifdan ko‘p natijalarni kutmoqda»

22.11.2017, 05:59

Viktor Pak: «Mamlakatlarimiz xalqlari tashrifdan ko‘p natijalarni kutmoqda»

Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga tashrifi — Mun Chje Inning davlat rahbarligiga saylanganidan so‘ng ushbu mamlakatga uyushtirilgan birinchi yuqori darajadagi tashrif bo‘lib, mazkur tashrifdan juda ko‘p natijalar kutilmoqda, dedi Viktor Pak.

Koreya Respublikasi va O‘zbekiston xalqlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning 22-25 noyabr kunlari mazkur mamlakatga uyushtiradigan davlat tashrifidan ko‘p natijalarni kutmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston koreys madaniyat markazlari assotsiatsiyasi raisi Viktor Pak "Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

«Bu Mun Chje Inning may oyida prezidentlikka saylanganidan so‘ng Koreya Respublikasiga uyushtirilayotgan birinchi davlat tashrifidir va mazkur tashrifdan juda ko‘p natijalar kutilmoqda», -dedi Viktor Pak.

Tashrifdan bir ozgina avval O‘zbekistonda koreyslarning ushbu mamlakatda yashashni boshlaganiga 80 yil to‘lishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 200 ming nafardan ziyodni tashkil etuvchi koreys diasporasini «ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining ajralmas qismi» deb atagan edi.

«Mamlakatda istiqomat qilayotgan barcha koreyslar juda ta’sirlandi. O‘zbekistonda o‘tkazilgan tadbirlarda va O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifi arafasida Koreya Respublikasida bo‘lganimizda ham uning aks-sadosini his etdim. Men parlament deputatlari, tadbirkorlar, oddiy odamlar bilan uchrashdim. Ularning barchasida koreyslar o‘z vatani deb hisoblovchi, ta’lim olish, ishlash, davlat lavozimlarida faoliyat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston haqida juda iliq fikrlarni bildirishdi», - dedi Viktor Pak.

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1413
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Носирова Шоира Навоий вилояти Кармана туман Кенгаши депутати2018-12-30 20:11:18

Юртимизда яшаётган ҳар қайси инсон миллати, тили ва динидан қатъи назар, эркин, тинч ва бадавлат умр кечириши, бугун ҳаётдан рози бўлиб яшаши – бизнинг бош мақсадимиздир, бу сўзлар айни ҳақиқат экани кунлик ҳаётимизда кўриниб турибди.


Даврон Темиров uzlidep Бўка туман кенгаши ижрочи котиби2018-12-30 11:44:13

Мамлакатимиз миллатлараро тотувлик ва диний бағрикенглик анъаналарига доимо содиқ бўлиб келди ва шундай бўлиб қолаверади. Президентимизнинг узоқни кўзлаган оқилона сиёсатлари туфайли бутун дунё , айниқса қардош -қондош қўшни мамлакатлар билан сиёсий, иқтисодий, маданий ҳамкорликлар мисли кўрилмаган даражада ўсгани,биз бу йўлдан ҳеч қачон оғишмасдан илгарилаб боришимиздан далолатдир. Юртимизда турли миллат ва диний конфессия вакиллари ўртасида ўзаро ҳурмат, дўстлик ва аҳиллик муҳитини мустаҳкамлашга биринчи даражали эътибор қаратилади. Бу – бизнинг энг катта бойлигимиз ва уни кўз қорачиғидек асраб-авайлаш барчамизнинг бурчимиздир.


Fikringizni qoldiring

+