O‘zLiDeP yosh sportchilarni taqdirladi

10.06.2018, 00:07

O‘zLiDeP yosh sportchilarni taqdirladi

O‘zLiDeP Angren shahar Kengashi tomonidan tumandagi 42-umumta’lim maktabida uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Sport – sog‘liq garovi” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar sportning shashka, shaxmat, tennis va boshqa  turlari bo‘yicha o‘zaro bahs olib borishdi.

 Tadbirda mamlakatimizda yosh avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va yuksak intellektual salohiyatli insonlar etib tarbiyalash, ularning zamonaviy bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani alohida  ta’kidlandi.                                                                                                                                     

– Mamlakatimizda ertamiz davomchilari uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilgan, – deydi O‘zLiDeP Angren shahar Kengashi apparat rahbari M.Narbayeva. – Ularning salomatligi, barkamol bo‘lib voyaga yetishi, ish bilan ta’minlanishi, baxtu-saodati hamisha davlatimiz e’tiborida. O’zLiDeP ham mazkur umummilliy ishda faol ishtirok etmoqda.

Tadbir so‘nggida g‘olib va sovrindorlarga O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi hamda “Shaxliya” MChJ tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 A.TUYChIYEV,

O‘zLiDeP Toshkent viloyati

Kengashi matbuot xizmati xodimi

  • Ko'rildi
    1231
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+