Partiya faollarining uyma-uy yurishi issiqxonalar sonini ko‘paytirmoqda

10.06.2018, 10:45

Partiya faollarining uyma-uy yurishi issiqxonalar sonini ko‘paytirmoqda

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida “Do‘stlik” va “Samarqand” mahallalari aholisi uchun amaliy muloqot tashkil etdi.

Muloqot davomida partiya viloyat Kengashidagi BPT a’zolari, tajribali tadbirkor va ishbilarmonlar, fermer xo‘jaligi rahbarlari tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida yurgan xonadon egalariga zarur ko‘rsatmalar va tavsiyalar bermoqda.  

– Hududimizda tomorqadan samarali foydalanayotgan xonadonlar ko‘p, – deydi “Samarqand” MFY raisi Xolbo‘ta Murodov. – Ochig‘ini aytish kerak, ularning aksakriyati ekin-tekin ekishni bilmaydi, tomorqadan foydalanish sir-asrorlaridan xabari yo‘q. Partiya faollarining xonadonma-xonadon yurib, tomorqaga ekin ekish borasida taklif va tavsiya berayotganidan xursandmiz. Chunki targ‘ibot ishlari davomida ko‘plab xonadon egalari o‘z hovlisida isssiqxona tashkil etmoqda, tomorqadan samarali foydalanishni o‘rganmoqda.

Ta’kidlash kerak, mazkur loyiha doirasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari natijasida yoshlar va xotin-qizlar bandligi ta’minlanib, ishsizlar soni kamaymoqda.

Xolbek ASATOV,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash

guruhi rahbari

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    33
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-06-11 17:15:46

Томорқа - қўшимча даромад манбаидир


Б.Саидолимов Хўжаобод туман Кенгаши2018-06-11 12:17:55

Ўзбекистон Республикаси Президнтининг Андижон вилоятига ташрифи давомида "Хар бир оила тадбиркор" лоихасини илгари суриши натижасида хар бир оилага тадбиркорлик фаолиятларини бошлашлари учун тумандаги банклар тамонидан кредит маблағлари ажратилиши режалаштирилмокда. Кўп қаторида мен хам томоркамга иссикхона курмоқчиман. Мутахасисларнинг фикрича иссикхона анча сердаромад экан.


С.Турғунов Қува туман кенгаши "Улуғбек" ММТП БПТ раиси, туман кенгаши депутати 2018-06-11 09:18:16

Томорқадан фойдаланиш инсонни лоқайдликдан, дангасаликдан қутқаради, кишини мехнатни қадрлашга ўргатади, биз халқимизга томорқадан фойдаланишни ўргата олсак боқимандаликдан чиқишга кўмаклашган бўламиз шу билан биргаликда тирикликни ўзи бахт эканлигига, шукрона қилишга ўргатамиз


И.Умирзақов Қува туан кенгаши "Акбаробод" ҚФЙ БПТ раиси, туман кенгаши депутати2018-06-11 09:09:48

томорқадан фойдаланишда хамма хам миришкорлик қилавемайди шунинг учун уларга ўргатиш керак дехқончилик сир-асрорларини илмини ўргатишимиз керак.


Fikringizni qoldiring

+