Kattaqo‘rg‘onda 5 mingta issiqxona tashkil etiladi

11.06.2018, 18:03

Kattaqo‘rg‘onda 5 mingta  issiqxona tashkil etiladi

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi rahbari v.v.b N.Shakarovning hisoboti tinglandi.

N.Shakarovning aytishicha, davlatimiz rahbarining joriy yil 16-17 mart kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlariga muvofiq, jami 8175 ta ish o‘rni yaratish belgilangan. Bu borada sohalar kesimida yangi ish o‘rinlari yaratish reja-grafigi ishlab chiqilgan hamda ular tizimli ravishda bajarib kelinmoqda.

– Joriy yilda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish yo‘nalishida mahsulotni tayyorlash, saralash, sovitish va jo‘natishni o‘z ichiga olgan logistika markazi tashkil etilib, 50 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, – deydi N.Shakarov – Ushbu logistika markazi majmuasida 7,4 gektar intensiv uzumzor barpo etiladi. Mazkur loyiha “Kishmish vostoka” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga Yangiobod massivi hududida “Kattaqo‘rg‘on uzum eksport” korxonasi tomonidan uzumchilikka asoslangan meva-sabzavot klasterini tashkil etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilyapti. Qolaversa, lalmi yer maydonlarini o‘zlashtirish hisobidan har biri o‘rtacha 5 gektardan jami 3.5 ming gektar maydonda eksportbob kishmish yetishtirishga ixtisoslashgan 700 ta fermer xo‘jaliklari tashkil etilib, 3.5 mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratiladi. Bundan tashqari, aholi xonadonlarida jami 10 ming sotix maydonda har biri 2 sotixdan iborat bo‘lgan 5 mingta issiqxonalar tashkil etiladi va 5 ming kishining bandligi ta’minlanadi.

Yig‘ilish kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samaqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1702
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Н.Рузиева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани аппарат раҳбари2018-06-12 15:49:12

Агар Каттақўрғон туманида анашу режадаги ишлар амалга оширилса биринчи навбатда ишсизлик сони камайишига эришилади.


Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани ижрочи котиб2018-06-12 15:47:05

Ҳаммамизга маълумки ҳозирги кунда ҳурматли Президентимиз ҳам қишлоқ хўжалиги соҳасини ривожлантиришга алоҳида урғу бермоқда. Ҳар бир хонадон ўзига тегишли бўлган ер майдонидан унумли фойдаланиб даромадга эга бўса оила фаровонлигиги эришилади деб ўйлайман.


A.Ishmatov Sariosiyo tuman Kengash Deputati2018-06-12 12:08:27

Yirik isiqxona va ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan issiqxona egalari tomonidan o'z faoliyatlari hamda kasbiy tajribalari haqida ma'lumot tayyorlab biz bilan o'rtoqlashishlarini tilab qolamiz


У.Боймуродов Косон туман аппарат раҳбари 2018-06-12 09:44:02

Деҳқон хўжаликлари ва томорқа ер эгаларининг ер участкаларидан мақсадли ва самарали фойдаланилиши иссиқхоналар ташкил этиш чорва ва паррандаларни кўпайтириш ҳисобига янги иш ўринлари ташкил этилади. Оила бюджетига катта фойда олиб келади.


Навоий вилояти Ч.Раджабов 2018-06-12 09:22:44

Қишлоқ хўжалиги соҳасини ривожлантириш йўналишида маҳсулотни тайёрлаш, саралаш, совитиш ва жўнатишни ўз ичига олган логистика маркази ташкил этилиб, 50 та янги иш ўрни яратилади. Бу эса ишсиз фуқароларни бандлиги таъминланишидир. Юртимизда тадбиркорларимизнинг ишларига одамлар тилаймиз.


Хива туман аппарат раҳбари Ш.Атажанов2018-06-11 18:17:51

Давлатимиз раҳбари кўрсатмалари билан туманда қишлоқ хўжалиги соҳасини ривожлантириш йўналишида маҳсулотни тайёрлаш, саралаш, совитиш ва жўнатишни ўз ичига олган логистика маркази ташкил этилиб, 50 та янги иш ўрни яратилибди бу жуда яхши натижа албатта.


Fikringizni qoldiring

+