Tayloqda uyushtirilgan sayyor qabulda 10 ga yaqin muammo joyida hal etildi

11.06.2018, 18:07

Tayloqda uyushtirilgan sayyor qabulda  10 ga yaqin  muammo joyida hal etildi

Sanobar Ochilova Tayloq tumani “To‘g‘ay” qishlog‘ida istiqomat qiladi. U yoz oylarida axlat chiqindilari bir haftalab uylarda to‘planib qolishidan xavotirda.

Shu sabab fuqaro ushbu muammoni O‘zLiDeP Tayloq tuman Kengashi tomonidan “O‘zbekiston” MFYda Xalq qabulxonasi mudiri, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida uyushtirilgan sayyor qabulda o‘rtaga tashlashga qaror qildi.

– Mahallamizga bir haftada bir marotaba mashina keladi, – dedi u. – Chiqindilar uyulib, turli hashoratlar ko‘payishi evaziga kasalliklar kelib chiqishi mumkin.

Fuqaroning mazkur murojaati mutasaddilar tomonidan joyida hal etildi. Tuman hokimi o‘rinbosari mahalladagi axlat chiqindilarni olib ketish uchun yoz oylarida haftasiga ikki marotaba mashina tashkil etish borasida “Toza hudud” DUK tashkiloti rahbariyatiga topshiriq berdi.

Shu hududda yashovchi Xayitmurod Xurramov tomonidan aholi xonadoni uchun suyultirilgan gaz balon kech kelayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ham shu yerning o‘zida hal etildi.

Sayyor qabulda  shuningdek, aholidan  qish oylarida hududdagi 33-maktabni tabiiy gaz bilan ta’minlash muammosi, yullarni asfalt qilish, kommunal to‘lovlarni budjet tashkilotlari ishchilari oylik maoshidan majburiy tarzda ushlanishini oldini olish  bo‘yicha 10 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga topshiriq berilib, muammolarni hal qilish vazifasi yuklatildi.

Qabul yakunida murojaatlar tahlil qilinib, amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

B.QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1102
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-06-13 00:04:22

Sayyor qabullarda ko'tariayotgan har bir muammoning echimini topilishi elektoratimiz oldida partiyamizga bo'lgan ishonchni yanada mustahkamlaydi


Н.Рузиева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани аппарат раҳбари2018-06-12 12:16:25

Ўтказилаётган сайёр қабуллардан фуқороларимиз муаммолари ижобий ечим топмоқда.


Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани ижрочи котиб2018-06-12 12:14:42

Шу каби самарали сайёр қабулларни қанча кўп ташкил этсак халқнинг партиямизга ва депутатларимизга бўлган ишончи янада ортади бу эса тарафдорларимиз сонини кўпайишига олиб келади деб ўйлайман.


I.Xusainov Sariosiyo tuman ijrochi kotib2018-06-12 12:03:29

Sayyor qabullar tufayli muammolar yechimi ketma-ket yechimini topmoqda


Навоий вилояти Ч.Раджабов 2018-06-12 09:16:36

O‘zLiDeP сайёр қабуллари ҳалқимизни муоммаларига ечим бўлаётгани қувонарли холдир.


Д.Акрамов Қува туман кенгаши партия фаоли , туман кенгаши депутати2018-06-12 08:57:15

Сайёр қабуллар депутатларни халқ олдида давлат органлари билан тенгма-тенг бўлиб муаммоларини ҳал этилишига халқни олдидаги ваколатларини бажаришга катта амалий ёрдам бўлмоқда.


З.Рахмонова Қува туман Кенгаши раис ўринбосари-аппарат рахбари, "Махалла" жамоат фонди БПТ раиси2018-06-12 08:52:29

Сайёр қабулларни ташкил этилиши худудлардаги муаммоларни кўпи жойида ҳал этилишига катта ёрдам бермоқда бу эса халқимизни давлат органларига нисбатан ишончини оширмоқда.


М.Абдиримов ЎзЛиДеП Ҳазорасп туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари - аппарат рахбари2018-06-12 08:41:02

Республикамизнинг шаҳар ва туманларида ўтказилаётга сайёр қабулларда ахолининг муаммолари ўрганилиб, Депутатларимиз тамонидан юборилган сўровлар натижасида ижобий хал қилинмоқда.


Fikringizni qoldiring

+