Urganchlik Shokirjon Xudoyberganov o‘z tomorqasida yetishtiryotgan mahsulotlarni xorijga eksport qilmoqchi

11.06.2018, 18:10

Urganchlik  Shokirjon Xudoyberganov o‘z tomorqasida yetishtiryotgan mahsulotlarni xorijga eksport qilmoqchi

Urganch tumani Chakkasholikor qishlog‘i “Shermatlar” mahallasida yashovchi Shokirjon Xudoyberganov bir necha yillardan buyon o‘z tomorqasida dehqonchilik qilib barakali hosil olib kelayotgan omilkorlardan biri. O‘tgan yili tadbirkor o‘z tomorqasida tashkil etgan issiqxonasida pomidorning serhosil navlarini ekib, bir tup pomidordan 6 kilogramm hosil olgandi. Bu yil esa hosilni 10 kilogrammga yetkazish harakatida.

Yaqinda O‘zLiDeP Urganch tuman Kengashi tomonidan “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorligini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida Shokirjon aka xonadonida amaliy muloqot tashkil etildi.

– Issiqxonamizni ming metr maydonda tashkil qilganmiz. Bu yil 10 tonna pomidor hosili olishni va daromadimizni 60 million so‘mdan oshirishni mo‘ljallayapmiz, – deydi tadbirkor. – Mahsulotimizning asosiy qismini tuman Iqtisodiyot bo‘limi bilan maslahatlashgan holda eksportga chiqarishni rejalashtirganmiz.

Muloqot davomida tomorqadan unumli foydalanish borasida taklif-tavsiyalar berildi.

                                                                                                        Guliston ADAMBAYEVA,

O‘zLiDeP Urganch tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1066
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Шовот туман Кенгаши 2018-06-12 16:30:43

Тадбиркорларнинг фаоллиги кундан кунга ошиб бормоқда, уларнинг ишларига ривож тилаймиз.


Н.Рузиева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани аппарат раҳбари2018-06-12 15:42:05

Шокиржон Худойберганов! Сизнинг бир туп помидордан 10 клограмм ҳосил олишга эришишингизга ишонаман. Омад!


Навоий вилояти Ч.Раджабов 2018-06-12 14:29:06

Юртимизда ўз томорқасида етиштирётган маҳсулотларни хорижга экспорт қилмоқчи бўлган тадбиркорларимизнинг кейинги ишларига куч-қувват тилаймиз.


Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-06-12 12:03:17

Томорқасидан фойда олиб ўз оиласига даромад келтираётган деҳқонларимиз сони тобора кўпаймоқда. Шокиржон Худойбергановнинг режасидаги 10 тонна помидор етиштиришида куч-қувват тилайман.


U.Xudoyqulov Sariosiyo tuman Kengashi apparat rahbari2018-06-12 11:59:47

Sizga o'xshagan faol tadbirkorlar ko'payaversin


Fikringizni qoldiring

+