Mahmudjon Sobirov Xonobodning eng yaxshi yosh tadbirkori sifatida e’tirof etildi

11.06.2018, 18:25

Mahmudjon Sobirov Xonobodning  eng yaxshi yosh tadbirkori sifatida e’tirof etildi

O‘zLiDeP Xonobod tuman Kengashi tomonidan Xonobod servis ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda Xonobod shahridagi 20 nafar ishbilarmon yigit-qiz tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yigit-qiz o‘z biznes loyihalari bilan ishtirok etdi.

–Mazkur tanlovga ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni egallaganimdan xursandman, – deydi yosh tadbirkor Mahmudjon Sobirov. – Chunki bu kabi tanlovlar davomida  tengdoshlarim, yosh tadbirkorlar bilan tajriba almashish, yangiliklarni o‘rganish, malaka oshirish, yangi hamkorlar topish imkoniyatlariga ega bo‘lamiz.

Ta’kidlash kerak, M.Sobirov non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Xonobodim shirinliklari” MChJ rahbari. Yosh bo‘lishiga qaramay, nafaqat tumanda balki viloyatda ham nufuzli tadbirkorlar qatorida tilga olinadi. Tuman, viloyat, respublika miqyosidagi turli yarmarkalar, tanlovlarda o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etib xalqimiz e’tirofiga sazovor bo‘layotgan ishbilarmonlardan biri. Tanlovda Mahmudjon Sobirovdan tashqari, milliy hunarmandchilik yo‘nalishida yangiliklar yaratayotgan Marhaboxon Abdurahmonova va yog‘ochga ishlov berish va mebelsozlik yo‘nalishi bo‘yicha Isroiljon Akbarovlar ham faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

G‘olib va sovrindorlar partiya shahar Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Mansurbek MUSAYEV,

O‘zLiDeP Xonobod shahar Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1101
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани ижрочи котиб2018-06-12 16:03:14

Ёшларда ғоялар, шижоат ва ўз навбатида имкониятлар ҳам кўп десам асло муболаға бўлмайди. Фақат бу имкониятлардан унумли фойдаланиб ҳаракат қилган ёшлар юксак марраларни забт этишига ишонаман.


Гулматова Мухаррам Мархамат туман Кенгаши ижрочи котиби2018-06-12 09:01:56

Хонабод шахар Кенгаши томонидан ўтказилган "Йилнинг энг яхши тадбиркори" кўрик танловини туман босқичида фахрли биринчи ўринни олган ёш тадбиркор Махмуджон Собировга олиб бораётган ишларида хамда ёш коллеж битирувчиларини иш билан таъминлашда куч кувват тилайман.


Fikringizni qoldiring

+